Tavsiya etamiz
Inson orgaznmi uchun qanday quyidagi odatlar immunitetga ziyon yetkazuvchi odatlar hisoblanadi.
Uyquga to‘ymaslik
Agar uyquga to‘ymasangiz, immun tizimingiz samarali ishlamaydi. Immunitetingiz yaxshi bo‘lishini istasangiz, sutkasiga 7-8 soatdan kam uxlamasligingiz kerak.
O‘troq hayot tarzi
Kamharakat insonlar jismoniy faol kishilarga qaraganda o‘rtacha 42 foizga ko‘proq nafas yo‘llari kasalliklariga uchraydi. Kun davomida jismoniy mashqlarga oz bo‘lsa-da vaqt ajrating.
Spirtli ichimliklar
Muntazam ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish oq qon tanachalarining virus va infeksiyalar bilan kurashish samaradorligini kamaytiradi.
Antibiotiklar
Antibiotiklar iste’moliga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Ular immun tizimingiz va bakteriyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni buzadi.
Bilimlar.uz telegram kanaliga obuna bo’ling.