Ishni samarali tashkil etishning sinalgan usullari

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

1980-yillarda Francesco Cirillo tomonidan yaratilgan «Pomodoro Technique» bugungi kunimizning eng samarali «time managment» metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metodni sizning ish yoki o’qish faoliyatingizga to’g’ri kelish-kelmasligini ushbu maqolamizni o’qigach bilib olasiz.

Mundarija

Aslida pomidor texnikasi o‘zi nima?

Pomodoro Technique yoki Pomidor Texnikasi – vaqtdan samarali foydalanish metodi bo’lib, belgilangan vazifaga maksimum diqqat e’tibor bilan, ortiqcha ruhiy bosimlarsiz erishish uchun ishlab chiqilgan.

Agar siz qisqa vaqt ichida ma’lum bir belgilangan maqsadga ortiqcha aqliy va jismoniy zo’riqishlarsiz erishmoqchi bo’lsangiz, unda bu metod aynan siz uchun.

Jarayon juda sodda: belgilangan loyihaga sarflamoqchi bo’lgan vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik «davr»larga bo’lib olasiz va xar bir shunday davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya’ni, 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Xar bir 25 daqiqa «pomodoro» deb ataladi.

Bu so’z italyanchasiga pomidor degani bo’lib, bu metodni yaratgan Francesco Cirillo dastlab pomidor shaklidagi oshxona soatidan foydalangani uchun shunday atalgan. Keyinchalik bu butun jarayon nomiga aylanib ketgan. Xar 4 ta «pomodoro» keyin, kattaroq, 15-20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib chiqiladi.

Pomidor texnikasi samaradorligi qayerda?

  1. Tadqiqotlarga ko’ra, biror bir loyihani amalga oshirishda eng katta to’siq bu o’z-o’zini nazorat qila olmaslik hisoblanadi. Yuqoridagi metod orqali siz qisqa vaqt ichida kichik vazifalarni bajarishingiz kerak. Bu esa odatdagi zo’r berib ishlashdan ancha osonroq va nazorat qilishga qulay.
  2. Ish jarayonida sizga xalal beruvchi va chalg’ituvchi mayda detallar aslida siz o’ylaganizdan ko’proq vaqt va diqqatingizni olib qo’yadi. Pomidor texnikasi orqali siz tashqi chalg’ishlarni ham nazorat qilishingiz mumkin. Timerni 25 daqiqaga qo’yib ishga kirishganizda o’zi shundoq ham kam vaqt sizga boshqa tashqi omillarga chalg’imaslik kerakligini eslatib turadi. Xar bir «pomodoro» dan keyin qilinadigan 5 daqiqalik tanaffus esa, diqqatingizni yana ishga jamlab olish uchun sharoit yaratib beradi.
  3. Bu metod sizni vaqtni qadrlashga o’rgatadi. Shuningdek, bu jarayon orqali siz o’z imkoniyatlaringiz haqida chuqurroq bilib olasiz. Bir necha kunlik mashg’ulotlar natijasida ma’lum bir ishni udallash uchun sizga nechta «pomodoro» kerak bo’lishini aniq bilib olasiz.
  4. Pomidor texnikasi-sizni mukammallikka o’rgatadi. Bunda har bir «pomodoro» yangi bir imkoniyat, avvalgisida qilgan kamchilik va xatolarni keyingisida to’g’irlab, samaradorlikni yanada oshirib borishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz: Biznesda yo‘l qo‘yib bo‘lmas 7 ta xarakter va xususiyat

Yuqoridagi metod sizning ish uslubingizga yoki ish jarayonni o’ziga mos kelmasligi mumkin. Lekin ko’p holatlarda bu sizga kundalik vazifalarni bajarishda va to do-listingizni yengillashtirishda qo’l kelishi mumkin.

Eng asosiysi esa, bu mutlaqo tekin! Albatta, agar siz pomidor shaklidagi oshxona soatini sotib olishga pul sarflamoqchi bo’lsangiz bemalol. Lekin, timer uchun smartfoningiz yoki istalgan turdagi vaqtni ko’rsatuvchi qurilma to’g’ri keladi.

Pomodoro texnikasi uchun eng yahshi timerlardan birini mana bu linkdan topishingiz mumkin. Dastur mutlaqo bepul bo’lib, metodning barcha elementlarini o’zida jamlagan. Yoqimli ish jarayoni hamrohingiz bo’lsin!

Manba uzbaza.uz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting