Qonunchilikka ko‘ra, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lanadi.
🔰 Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha:
➖ ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) so‘nggi 12 oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM – 920 ming so‘m)dan oz bo‘lmagan miqdorda;
➖ ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida;
➖ ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida.