Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish tartibi

Tavsiya etamiz

2021-2022 o‘quv yili uchun Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalariga qabul joriy yilning 10 iyunida boshlanib, 10 iyulga qadar davom etadi.

Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalari 5- va 7-sinflariga qabul uchun saralash tanlovlarida qatnanish istagida bo‘lgan talabgorlar my.maktab.uz sayti elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz: Prezident maktablari uchun namunaviy savollar to’plami

Shu kunga qadar 73 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilar mazkur saralash tanlovida ishtirok etish istagida ro‘yxatdan o‘tdilar.

Shoshiling, elektron ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 10 iyul’ kuni (shu kuni ham) yakunlanadi.

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalariga o‘qish istagida bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilarni ushbu tanlovda ishtirok etishlariga chaqiramiz.

Eslatib o‘tamiz, saralash tanlovlari Davlat test markazi tomonidan joriy yilning 12-30 iyul sanalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Elektron ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Tavsiya etamiz: Prezident maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi qanday?