Jahonda va o`zbekistonda basketbolni rivojlanish tarixi.

Tavsiya etamiz

Jahonda va o`zbekistonda basketbolni rivojlanish tarixi.

Mundarija

Reja

1.1. Basketbolning rivojlanish bosqichlari

1.2. Xalqaro Basketbol Asossiatsiyasining (XBA) tashkil etilishi

1.3. O’zbekistonda basketbolning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi

Basketbolga o’xshab ketadigan o’yin to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan avvalgi VII asrga oiddir. Meksikadagi ilk qabilasiga mansub bo’lgan indeeslar “pok-to-pok” deb atalgan o’yinni qiziqib o’ynashgan. Ushbu o’yinning butun mohiyati o’yinchilarning to’pni halqa ichiga tushirishdan iborat bo’lgan “to’p” o’rnida kauchukdan tayyorlangan dumaloq shardan foydalanishgan, uni halqaga “tushurish” uchun faqat tirsaklar bilan yoki son bilan sharni urish lozim bo’lgan. Bunga halqaning xiyla baland joyiga o’rnatilganligini va buning ustiga yerga nisbatan tik ya’ni perpendekulyar tarzda joylashtirilganligini qo’shadigan bo’lsak, u holda halqaga tushirilgan birgina “to’p” – shar butun o’yinning taqdirini hal qilgan bo’lsa kerak.

Oradan ancha vaqtlar o’tib, eramizning XVI asriga kelganda meksikalik “basketbolchilar” bu o’yinni takomillashtirdilar. O’yin ijodkorlari zilday og’ir kauchukdan tayyorlangan to’p-sharni devorga o’rnatilgan tosh halqa orqali o’tkazishni ko’zda tutgan edilar. Muvaffaqiyatli harakat qilib to’pni halqaga tushirgan o’yinchi tomoshabinlarning istalgan birining libosini o’ziga “sarupo” qilib olish huquqiga ega bo’lar edi. O’yinda yutkazgan jamoaning kapitani esa ko’pincha shafqatsiz jazoga mahkum etilar, uning boshini tanasidan judo qilar edilar.

1603 yilda Bryuis tomonidan ishlangan gravyurada basketbolga o’xshagan o’yin aks ettirilgan, Vet esa “Sport ensiklopediyasi” (1818 y.) degan kitobda Floridada odamlar qiziqib o’ynaydigan o’yin bayon etilgan: kimki savatchaga ko’proq tushirsa o’sha yutgan hisoblangan, savatcha esa baland ustunning eng uchiga mahkam o’rnatib qo’yilgan.

Ancha keyinroq basketbolning hozirgi zamon o’yinini esalatadigan to’p bilan o’ynaladigan o’yin turi paydo bo’lgan.

Masalan, Spartada shunga o’xshagan “episkirus” deb atalgan o’yin, Qadimgi Rimda – “xarpastum” deb atalgan o’yin, Italiyada – “halqaga tushirish” o’yinlari o’ynalgan.

Qadim-qadim zamonlardan beri to’p bilan o’ynaladigan ko’hna o’yinlar yer sharidagi juda ko’p xalqlar hayotida alohida o’rin egallab turgan.

Ilk jamoa tizimi paydo bo’lgan dastlabki davrlarda o’yinlar zamonning og’ir turmush sharoitiga chidash uchun odamlarni jismoniy chiniqishiga yaxshi yordam bergan, ularning mehnat faoliyatida ham va maishiy turmushida ham bunday o’yinlar muhim ahamiyat kasb etgan.

Keyinchalik odamlar qabila-qabila bo’lib yashaydigan davrlarga kelib, turli o’yinlar, ayniqsa, koptok – to’p bilan o’ynaladigan o’yinlar asta-sekin mehnat faoliyatidan ajralib chiqqan hamda turli ko’ngilochar o’yinlar, raqslar, bayram tantanalari artibutlari qatoridan o’rin olib, marosim tadbirlaridan biriga aylanadi.

Turli o’yinlar, shu jumladan, basketbol o’yini ham umumiy xususiyatlari bilan ajralib turgan, lekin odamlar o’rtasidagi turlicha qarashlar, cheklangan kritaktlik singari mahdudlik ko’rinishlari salbiy ta’sir ko’rsatib o’yinlarning keng miqyosda rivojlanishiga imkon bermagan.

Hozirgi zamon basketbol o’yinining rivojlanish tarixi 1891 yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSH, Massachusets shtati) xristian – ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolledji)ning anatomiya va fiziologiya o’qituvchisi doktor Djeyms A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg’ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o’yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan iborat bo’lgan o’sha o’yinning dastlabki qoidalari 1892 yil 15 yanvarda “Uchburchak” (“Triugolnik”) degan gazeta sahifalarida bosilib chiqadi. Neysmit yangi o’yin uchun futbol to’pini tanlaydi, chunki bu to’pni qo’l bilan ilib olish oson bo’lib, uni oshirish qiyin hamda yerga urilgan vaqtda to’p yerdan doimo yuqoriga otilib o’ynashi unga ma’qul bo’lgan.

Bunday o’yinning avj olishi hozirgi zamon basketboli ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o’sha zamonlarda ham o’yinning nomi xuddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga mo’ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o’rnatib qo’ygan, savatchaning yonidagi narvon ustida farrosh o’tirgan. Uning vazifasi muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to’pni savatcha ichidan olib, pastga o’yinchilarga uzatib turishdan iborat bo’lgan.

1891 yil 21 dekabrda Springfild kolledjining gimnastika zalida basketbol bo’yicha birinchi match o’tkaziladi. Matbaa manbalari bu o’yinning uch xil tug’ilish sanasini qayd etadilar: 1891 yil 21 dekabr, 1892 yilning 15 va 20 yanvari. “O’yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891 yilning “rojdestvo” bayrami oldidan o’tkazilgan ekan.

Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o’yinda har biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O’yin ko’pchilikka shu qadar ma’qul bo’ldiki, tez orada o’yin qoidasidan nusxa ko’chirib berishni so’rab Neysmitni xoli-joniga qo’yishmadi. Keyinroq, 1892 yilda u o’z o’yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo’lib, ularning ko’pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilmoqda. Prinsip jihatdan u “Qoidalar”ning hozirgilaridan farqi to’pni “olib yurish” qoidalari deb hisoblash mumkin.

Neysmit o’yinda ishtirok etuvchilar sonini qat’iy ravishda cheklab qo’ymagan. Uning ta’rificha, o’yinda uch kishidan boshlab 40 kishigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Holbuki, eng maqbul mezon har jamoada 9 kishi bo’lishi edi. Futbol o’yinidan nusxa ko’chirib o’yinchilarni uchta xujumchiga uchta ximoyachiga ajratib qo’yilgan edi. Ularga faqat o’z “zonalarida” o’ynashga ruxsat berilgan edi.

1892 yil 11 martda mana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar xuzurida o’yin o’tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to’plandi. Talabalar o’z o’qituvchilari bilan o’ynaydilar va 5:1 hisobida g’olib chiqtilar. Shunday keyin o’yin keng miqyosida rivojlanib ketdi va xuddi 1892 yilning o’zida Meksikada ham basketbol o’ynala boshladi. Oradan biroz vaqt o’tgach Lyu Allen Xartford shahrida noqo’lay savatchalarni – shaftoli terishga mo’ljallangan ushbu savatlarni simdan to’qilgan silindr shaklidagi og’ir savatchalar bilan almashtirdi.

O’yin yildan-yilga rivojlanib borib, uning qoidalari ham ancha takomillashtirildi. Chunonchi, 1893 yilda birinchi marta o’chitga tegib qaytadigan va to’pni tomoshabinlar orasiga borib tushishdan saqlaydigan qurilma va unga to’r xalta biriktirilgan temir halqa o’rnatildi. Shchitning kattaligi 3,6×1,8 m bo’lgan. Oradan bir yil o’tgach, to’pning kattaligi oshirilib aylanasining uzunligi 30-32 dyuymga (76,2-81,8 sm)ga etkazildi. 1895 yilga kelib o’yin qoidalariga jarima to’pi tashlash kiritildi. Jarima to’pi 15 fut (5,25 sm) masofadan turib tashlanar edi.

Oradan ko’p o’tmay savatcha hozirgi zamon shaklini oladi, lekin shchit esa o’zining hozirgi kattaligiga 1895 yilda erishadi. Ayni maxalda o’chitni oq rangga bo’yab qo’yganlar, 1909 yilga kelib esa o’chitni yaltiroq plastinadan tayyorlay boshlaganlar. Maydonda to’pni olib yurish qoidasi 1896 yilda kiritilgan. To’pni tortib olish ham unga qiyin emas edi. Oradan uch yil o’tgach, basketbolda foydalanilayotgan futbol to’pi maxsus tarzda tayyorlangan basketbol to’piga almashtirildi.

O’yin texnikasining tez takomillashishi va o’yinchilar harakatchanligining ortib borishi shunga olib keldiki, 1896 yilda jamoalar tarkibini 5,7 yoki 9 o’yinchi bilan cheklab qo’yish to’g’risida bir bitimga kelishildi. O’yinda necha kishilik jamoa ishtirok etishi o’yin maydonining kattaligiga bog’liq bo’lgan. Tez orada jamoadagi o’yinchilar soni butunlay standart xolgan keltirildi: ya’ni bir vaqtning o’zida 5 kishidan ortiq o’yinchi qatnashishiga ruxsat etilmaydigan bo’ldi.

1892 yilning mart oyida ushbu o’yinni “ilk ixtirochi”lari jamoalari o’rtasida dastlabki o’yin o’tkaziladi. Ular Bekingem maktabining o’qituvchilari va stenografistlari edi. Jamoadagi o’yinchi qizlardan biri Mod Sherman bu o’yinda o’z baxtini ham topdi – u Djeyms Neysmitga turmushga chiqdi.

1893 yil 22 martda juda ko’p tomoshabinlar xuzurida Smit kolledjining birinchi kurs qizlari bilan ikkinchi kurs qizlari o’rtasida birinchi rasmiy o’yin o’tkazildi. Unda katta qizlar 5:4 hisobi bilan g’alaba qildilar. Qizig’i shundaki, o’yinni tomosha qilgan tomoshabinlar ishqibozlar orasida birorta ham erkak bo’lmagan. Buning sababi erkaklarga zalga kirish man etilgan bo’lib sababi basketbolchilar kalta yubkalarda o’yinga tushgan edilar.

1896 yilda qizlarning Xristian assosiasiyasi ushbu o’yinni kam harakat va qizlar uchun qulayroq qilish maqsadida basketbol bo’yicha o’yin qoidalarini qayta ko’rib chiqadi. O’sha paytdan boshlab basketboldan xoli ravishda “netbol” /net – to’r, bol — to’p/ o’yini rivojlana boshlaydi.

Shu yilning o’zida AQSHda basketbol bo’yicha rasmiy musobaqalar bo’lib o’tadi. Oradan 6 yil o’tgach birinchi bor studentlarning mintaqalararo o’yini tashkil etiladi. Xuddi o’sha yili Buffalo shahrida tashkil etilgan Panama – Amerika qo’shma ko’rgazmasida basketbol o’yini “eksponat” sifatida ko’rsatildi.

AQSHda tuzilgan basketbol o’yini oradan kun o’tmay Xitoy, Filippin, Angliya, Fransiya, Italiya singari dunyoning ko’p mamlakatlariga tarqalib ketadi.

1.1. Basketbolning rivojlanish bosqichlari

I bosqich. 1891-1918 yillarni o’z ichiga olib, basketbolning yangi o’yin sifatida shakllanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga gimnastika darslarini biroz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-sekin sport o’yiniga aylanib, uning o’ziga xos barcha xususiyatlari shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy o’yin qoidalari yaratiladi. Uning o’yin teknikasi va taktikasi shakllanadi. O’yinda ishtirok etayotgan jamoa a’zolarining har biri uchun muayyan funksiya vazifalar belgilab beriladi.

II bosqich. 1919-1931 yillardan iborat bo’lib, bu davr milliy basketbol federasiyalari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa basketbolning sport o’yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xuddi shu davrda dastlabki basketbol bo’yicha halqaro turnir – musobaqalar o’tkaziladi.

III bosqich. 1932-1947 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr butun dunyo bo’yicha basketbol o’yini har tomonlama rivojlanganligi bilan xarakterlidir. Bu davrda basketbol o’yini federatsiyasi (FIBA) tashkil etiladi. Bu xodisa unutilmas voqea bilan basketbolni sportning Olimpiya turidagi o’yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo’ladi. Shu davrda sobiq sovet basketbolchilari ham halqaro maydoniga chiqadilar. Basketbol texnikasi va taktikasiga yangiliklar kiritiladi.

IV bosqich. 1948-1965 yillarni o’z ichiga oladi. Bu yillarda butun dunyoda basketbol o’yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay, muayyan sakrashlar tarzidagi taraqqiyot va sport maxoratining o’sishi ham ana shu davrga to’g’ri keladi. To’pni bir qo’l bilan otish qoidasipaydo bo’ladi, raqibning xujumiga qarshi o’zini himoya qilish texnikasi va taktikasida ancha murakkab priemlar paydo bo’ladi. Mini-basketbol o’yini vujudga kelib, dunyo buylab tarqala boshlaydi.

V bosqich. 1986-1990 yillarda milliy Federasiyalar soni ortadi. Milliy professional basketbol uyushmalari (NBA) paydo bo’ladi. Basketbolchilarning halqaro aloqalari mustahkamlanadi, o’yin texnikasi va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar qoidasi va hakamlik metodikasi takomillashtiriladi.

1.2. Xalqaro Basketbol Asossiatsiyasining (XBA) tashkil etilishi

Basketbol rivojlanishiga rahbarlik qilish vazifasini o’z zimmasiga olgan birinchi halqaro tashkilot (IAAF) Halqaro havaskor yengil atletikachilar federatsiyasi bo’lgan edi. 1926 yilning avgust oyida IAAFning gaaga shahrida bo’lib o’tgan ushbu federasiya doirasidagi VIII kongressida to’p bilan qo’lda o’ynaladigan barcha o’yinlar ustidan nazorat qilish ishlarini olib borish uchun maxsus komissiya tashkil etiladi. IAAFda bunday o’yinlarga qiziqish paydo bo’lganiga sabab shu ediki, ko’pgina mamlakatlarda qo’l bilan o’ynaladigan to’p o’yinlari qish oylarida yengil atletikachilar trenirovkasining oddiy elementiga aylanib qolgan edi.

1928 yil avgustida Amsterdam shahrida bo’lib o’tgan IX Olimpiada o’yinlari vaqtida qo’lda o’ynaladigan to’p o’yinlari komissiyasi bazasida qo’l to’pi o’yinlarining mustaqil halqaro havaskorlar federatsiyasi (IAGF) tashkil etiladi. Uning tarkibiga sportning har xil turlari bo’yicha (shu jumladan basketbol bo’yicha) uchta texnik komissiya kiritiladi. Fransuz K.Bopyunni basketbol bo’yicha komissiyaning raisi, kotibi etib esa – uning vatandoshi M.Barillni saylaydilar. Mana shu komissiya basketbol rivojlanishiga rahbarlik qilish uchun tuzilgan birinchi halqaro tashkilot edi. Lekin u bor-yo’g’i 6 yil mavjud bo’ldi. Aslini olganda u o’z zimmasiga yuklatilgan vazifani – tuzilgan dasturni bajara olmadi. Shuning uchun 1934 yilning sentyabrida IAGF jaxon basketboliga rahbarlik qilishga da’vat etilgan yagona tashkilot bu FIBA dir, deb tan olishga majbur bo’lgan edi.

20 yillarning oxirida ko’pchilik mamlakatlarda milliy basketbol tashkilotlari faoliyat ko’rsata boshlagan edi. Lekin ular IAGF rahbariyati Shveysariyaning futbol va yengil atletika bilan ham mashg’ul bo’ladigan basketbol assotsiatsiyasiyani tan olmaydi. Bunga sabab o’z zimmasiga basketbolning rahbarlik qiluvchi organi rolini olgan ushbu tashkilot basketbol bo’yicha biror marta ham match musobaqa o’tkazmagan edi.

Mana shunga o’xshagan noxushliklar sababli bir qancha mamlakatlarning basketbol assosiasiyalarining vakillari “o’z” halqaro federasiyalarini tuzish uchun bir erga to’planishga qaror qildilar.

Shu maqsadda 1932 yilning 10 iyulida II mamlakatning vakillari Jeneva shahriga to’plandilar. Ular Simeri Bern (AQSH) rahbarligi ostida – uning raisligida yangi federasiya ustavini va federasiyaning asosiy ish tamoyillari tasdiqlash to’g’risida qaror qabul qiladilar: unda yagona halqaro qoidalar ishlab chiqish, rasmiy halqaro birinchiliklarga, turnirlarga, havaskor jamoalar uchrashuviga rahmonalik qilish va ularni qo’llab-quvvatlash, basketbolni rivojlantirishda milliy federasiyalarga yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan edi.

XBN raxnamoligida o’tkaziladigan birinchi yirik musobaqa bu birinchi Yevropa chempionati deb hisoblanadi (Jeneva, 1935 y.).

FIBAning va hatto ushbu federasiyaning XOQ tomonidan tan olinishi – bu hali basketbolni XI Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritiladi degan ma’noni anglatmas edi. Argentina basketbol federatsiyasining tegishli ravishda qilgan qat’iy talablaridan keyin basketbol o’yini XOQ qarori bo’yicha bir necha yillar mobaynida sportning Olimpiada turlari ro’yxatiga kiritib kelindi. Biroq, mana shu faktning o’zi yaqin orada o’tkaziladigan Olimpiada dasturiga basketbolni avtomatik ravishda kiritilishi uchun etarlidir, deb oldindan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Bu masalani Berlinda o’tkaziladigan Olimpiada o’yinlari tashkiliy komiteti hal qiladi.

Basketbol masalasini hal etish uchun yana bir vaziyat to’siq bo’lishi mumkin: XI Olimpiada o’tkaziladigan mamlakat bo’lmish Germaniyada aslini olganda basketbol to’g’risida tasavvur ham yo’q, chunki bu mamlakatda basketbolga o’xshab ketadigan, lekin mutlaqo boshqa bir o’yin-karbol o’yini keng tarqalgan.

Shunga qaramay, aftidan basketbolning bayat yulduzi porlaydiganga o’xshaydi. Stokgolmdan Rimga borayotgan V.Djons yo’l-yo’lakay Berlinga o’tkaziladigan XI  Olimpiada o’yinlarini o’tkazish komitetining besh sekretari Karl Diem bilan uchrashdi. Bu kishi uni yaxshi biladigan va  bir vaqtlar o’tishda unga ustolik qilgan kishi edi. Baltik dengizi osha paromda narigi qirg’oqqa o’tilayotgan vaqtda “tomonlar” bu to’xtamga keldilapr. 1934 yilning 19 oktyabrida komitet basketbolni Olimpiada o’yinlari dasturiga  kiritish to’g’risidagi taklifni (buni qarangki, o’shanda xali XBA XOQ tomonidan tan olinmagang edi)  ma’qullash yuzasidan  o’zining yalpi majlisida qaror qabul qiladi.

Shundan keyin 1935 yilning 28 fevralida XOQning Oslo shahrida bo’lib o’tgan sessiyasi basketbol sportning Olimpiada turniriga kiritilganligi rasmiy ravishda tan olinadi.

XBA o’zi tashkil etilganidan keyin oradan 3 yildan kamroq vaqt ichida to’la mustaqillikka erishadi, hamda XOQ tomonidan sportning olimpiada turlariga kiruvchi o’yinlar federatsiyasi oilasida o’zining munosib o’rnini egallaydi.

XBA ustavi 1932 yilda Rim shahrida qabul qilingan edi. O’sha har 4 yilda bir marta o’tkaziladigan federasiya kongresslarida tegishli o’zgartishlar kiritilib turiladi.

1947 yildayoq 50 mamlakat FIBAga a’zo bo’lib kirgan edi. O’zining 50 yilligi nishonlayotgan kunda (1985 y.) FIBA besh qit’adagi 157 mamlakatni o’z saflarida birlashtirish edi.

XBAning bosh organi – kongress bo’lib, u har 4 yilda bir marta chaqiriladi. Kogresslar o’rtasidagi davrda kongress  vakolatlariga ega bo’lgan markaziy byurosinung rahbar organi hisoblanadi. U ikki yilda bir marta o’z mamlakatlariga – sessiyasiga to’planib turadi. Markaziy byuro sessiyalari o’rtasida uning vazifasini 7 kishidan iborat ijroiya komissiyasi bajarib turadi.

Yevropa qit’asida Yevropa chempionatlari kubogi uchun o’tkaziladigan o’yinlar juda mashhur bo’lib o’tgan (ularda milliy birinchilik uchun o’tkaziladigan o’yinlarning chempionatlari ishtirok etadi) shuningdek, kubok egalari kubogi uchun o’ynaladigan o’yinlar ham keng tarqalgan (ularda mamlakat chempionatlarining ikkinchi jamoalari yoki Kubok egalari qatnashadi) hamda bundan ko’pgina musobaqalar ham ommalashib ketgan.

1.3. O’zbekistonda basketbolning paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi

O’zbekiston sportchilarini “basketbol” degan o’yin bilan birinchi marta Moskva instruktorlar va chaqiriq yoshidagi yigitlarni harbiy xizmatga tayyorlash maktabining bitiruvchisi Turkiston o’lkasiga xizmat safariga yuborilgan umumta’lim vakili L.Barxash tanishtirgan. U 1920 yilning aprel oyida Skobalev (hozirgi Farg’ona) shahrida instruktorlardan va harbiy xizmatga chaqiriq yoshiga etayotgan o’smirlardan iborat basketbol jamoasi tashkil etadi. Ularga o’yin qoidasini tushuntirib namunaviy o’yinni o’ziga o’tkazib ko’rsatadi. 28×16 metrli maydonchada o’rtasidan ikkita uzunasiga chiziq tortilgan chegara qo’yib, har birida 9 nafardan o’yinchi bo’lgan ikki jamoa uchrashadi.

Toshkent shahrida basketbol jamoasini tuzgan kishi harbiy xizmatga chaqirish yoshiga yetayotgan katta yoshli o’smirlar harbiy-jangovar maktabining o’qituvchisi S.Stariy bo’lgan edi. Bu erda Umumta’lim hovlisida tashkil etilgan basketbol maydonchasida 1920 yilning sentyabr oyida birinchi o’yin bo’lib o’tgan edi. Unda har bir jamoada besh nafardan o’yinchi bo’lib to’p o’rnida futbol to’pidan foydalangan edilar. Halqa o’rniga sport maydonchasining har ikki chekkasidagi ustunlarga osib qo’yilgan tagi teshik eski chelaklardan foydalanilgan edi.

Tashkil etilgan mana shu dastlabki namunaviy o’yinlar mahalliy yoshlarga va jismoniy tarbiya instruktorlariga ma’qul bo’lib, ularda katta taassurot qoldiradi. Toshkentda o’tkazilgan o’sha birinchi basketbol o’yini qatnashchisi M.D.Mogilevskiyning xikoya qilishiga, yigitlar har kuni kiyib yurgan egnilarida o’yinga tushishgan va ko’plari yalang oyoq o’ynashgan. O’yin boshdan-oyoq bir-biriga to’p otish va qo’liga tushgan to’pni osib qo’yilgan eski chelakka tashlashdan iborat bo’lgan. Bu yerda o’yinning eng oddiy qoidalariga rioya qilinmaganligiga qaramasdan, yangi o’yin odamlarga kuchli hayajon uyg’otgan, vaziyatning tez-tez o’zgarib turishi bu erda to’plangan o’smirlar va yoshlarning diqqatini o’ziga tortgan.

1920 yilning yozida va kuzida bir necha ko’rgazmali uchrashuvlar o’tkazildi. Yangi o’yinga qizlar ham qiziqa boshlashdi. Shu yili Andijonda jismoniy tarbiya instruktori I.Bluskiy rahbarligi ostida ayollar basketbol jamoasi tashkil etildi. Qizlar unga “Lochin” nomini berishdi.

Basketbol jamoalarining tashkil etilishi mashg’ulotlar uchun joy ko’rish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 1921 yilda Toshkentda, Qo’qonda, Andijonda, Farg’onada komsomolning tashabbusi bilan va profsoyuzlarning faol qo’llab-quvvatlashi natijasida basketbol maydonchalari qurildi. Qayta qurilgan maydonlarning o’ziga xos tomoni shunda ediki, bunda o’chitlar va halqachalar yaratilgan edi. O’sha yiliyoq basketbol bo’yicha ikkita musobaqa o’tkazildi: “ikki haftalik” va “Chaqiruvchiga bo’lganlar haftaligi”.

1921 yilning iyulida Toshkentda II O’rta Osiyo olimpiadasi o’tkazilayotgan vaqtda Farg’ona, Samarqand, Chernyayevning eng yaxshi ayollar basketbol jamoalari birinchi rasmiy musobaqalarni o’tkazdilar. “Doprizivnik” jurnali Farg’onalik qizlarning yaxshi tayyorgarlik ko’rganligini ta’kidlagan edi. Olimpiada basketbolning yanada rivojlanishi uchun yangi turtki berdi. Lekin yagona qonun-qoidalarning yo’qligi, metodik va sport xarakterdagi axborotning yomon etkazilishi, basketbol o’yinining texnika va taktikasini yaxshi biladigan instruktorlik tarkibining yo’qligi basketbol jamoalarining mahoratini o’sishini to’xtatib turardi.

  1923 yilda Turkiston MIK qoshida jismoniy tarbiya bo’yicha o’lka Soveti tuzildi. Jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining davlat boshqaruv fanlari paydo bo’lishi bilan jamoat tashkilotlarining sport o’yinlari, jumladan, basketbolni tashkil etishdagi faoliyati aktivlashadi. Zavodlar, fabrikalar, o’rta va oliy o’quv yurtlarida sport to’garaklari ochila boshladi.

1924 yilning avgustida Farg’ona, Poltorask, Toshkent, Sirdaryo va respublika poytaxti oliy o’quv yurtlarining terma jamoalari I – Butun Turkiston jismoniy tarbiya bayrami musobaqalarida uchrashdilar. Jismoniy va texnik tayyorgarligi o’z raqiblarinikida ustunroq bo’lgan Toshkentning erkaklar va ayollar jamoalari ushbu musobaqalarning g’oliblari bo’ldilar. Musobaqalarda taxminan 60 kishi ishtirok etdi. Musobaqalar “Moskva qoidalari” bo’yicha o’tkazildi. Yuzasi 26×15 m va to’g’ri to’rt burchak shaklida bo’lgan maydonchada o’ynashgan. Yuzaviy deb ataladigan qisqa chiziqlarning o’rtasida vertikal o’chitlari bo’lgan tirchaklar o’rnatilgan bo’lib, uning o’lchamlari 180×205 sm bo’lgan va er yuzasidan 270 sm balandlikda o’rnatilgan. O’chitning pastki chegarasidan 30 sm masofada unga gorizontal  ravishda kronshteynga radiusi 18 sm bo’lgan temir halqa o’rnatilgan edi. Har biri 20 daqiqadan bo’lgan  2 taym o’ynalar edi. O’yin davomida halqaga tashlangan to’p – 2 ochko, jarima to’pi sifatida tashlangan to’p esa – 1 ochko keltirar edi. O’z raqibi halqasiga ko’proq to’p tushira olgan jamoa mutloq g’olib hisoblanar edi.

Hech qanday kombinasiyalar bo’lmasdi, himoyachilar muayyan xujumchilarning yo’lini to’sar edilar, bunda chap himoyachi raqibning o’ng xujumchisini to’sar edi, markaziy o’yinchi esa faqat markaziy o’yinchi bilan shug’ullanar edi. Daqiqalik tanaffuslar bo’lmasdi. O’yin vaqtida o’yinchi almashtirish mumkin emasdi (baxtsiz tasodiflardan tashqari) kamida 4 kishiga o’ynash ruxsat etilar edi. Markazdan o’yin boshlaydigan o’yinchi bir qo’lini orqasiga qilib olishi kerak edi.

To’pni markazda o’ynatish vaqtida har ikkala jamoaning xujumchilari o’z raqiblarining maydonchasida zarur edi.

O’sha zamon qoidalariga ko’ra, o’yinchi to’pni bir joyda 2 soniyadan ortiq ushlab turishiga ruxsat berilmas edi. Bu to’pning bir o’yinchidan ikkinchisiga o’tib, doimo harakatda bo’lishiga va tez-tez uzatilishiga imkon berar edi. O’yinchilar nomerlanmas, protokollar tuzilmas edi. O’yinga bir kishi xakamlik qilar edi va hisob qanday bo’lganini tushirilgan har bir to’pdan keyin e’lon qilib turar edi. Erga tushgan to’pni 2 qo’llab olib savatchaga tushirish va havodagi to’pni bir qo’llab otib nishongna tushirish eng keng tarqalgan usullardan hisoblangan. Maxsus murabbiylar bo’lmagan. O’yin paytida to’pni albatta boshdan oshirib tashlaganlar, lekin ko’p hollarda ikki qo’llab to’p tashlash va uni erdan olib pastdan yuqoriga birdan ko’tarib savatchani nishonga olish ko’proq rasm bo’lgan.

Bora-bora basketbol yoshlar orasida keng tarqalib keta boshladi. 1927 yilda u 1 Butun O’zbekiston Spartakiadasining dasturiga ham kiritildi. Ungacha esa shahar musobaqalari bo’lib o’tdi. Toshkent shahar birinchiligi uchun basketbol bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda 20 dan ortiq jamoa ishtirok etdi, Farg’onada 8 ta, Samarqandda 12, Andijonda 6 ta jamoa ishtirok etidi. Ularning ayrimlari klublar bo’yicha tuzilgan bo’lib, matbaachilar (Toshkent) – 3 ta jamoa temiryo’lchilar (Samarqand, Andijon) — har biri 2 tadan, profinternchilar (Toshkent) — 3 tadan jamoa tuzib o’ynaganlar.

1928 yilning avgust oyida Moskvada 1 Butunmamlakat Spartakiadasi bo’lib o’tadi. Unda tarkibida 193 kishi bo’lgan. O’zbekiston sport delegasiyasi ham sportning spartakiada dasturiga 7 turi bo’yicha ishtirok etadi.

Basketbol bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda O’zbekiston terma jamoalari moskvaliklarga yutkazadilar va Zakavkaze Federatsiyasi sportchilarini yutadilar. Final o’yinlarida mamlakat jamoasiga yutkazb, umumiy hisobga IV o’rinni egallaydilar. Shu yerning o’zida basketbol jamoalari Fransiya ishchilar Federatsiyasi jamoalari bilan Halqaro o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkaziladilar. Bunda erkaklar jamoasi 49:12, xotin-qizlar jamoasi 24:12 hisobida g’olib chiqadilar.

1930 yil noyabr oyida bo’lib o’tgan kasaba soyuzlarining jismoniy tarbiya bo’yicha I Butunmamlakat konferensiyasi jismoniy tarbiya tugaraklarini bevosita zavod va fabrikalarda hamda o’quv yurtlarida tashkil etiladigan jamoalarga hamda o’quv aylantirish to’g’risida qaror qabul qiladi.

Quyidagi faktlar o’sha davrda basketbol tobora ommaviylashib borganligini ko’rsatadi: u II Butun o’zbek kasaba uyushmalari Spartakiadasining (1935 yil, iyun), Samaraqandda o’tkazilgan xotin-qizlar jismoniy tarbiya bayrami (1935 yil, avgust), Toshkentda o’tkazilgan idoralararo spartakiada (1935 yil, sentyabr) dasturlariga kiritiladi. Farg’ona, Qo’qon, Andijon, Buxoro shaharlarida alohida birinchiliklar o’tkaziladi. Xuddi o’sha yili “Spartak”, “Lokomotiv”sport jamiyatlari tuzildi. Ushbu jamoalarda o’quv-trenirovka jarayoni bilan shug’ullanadigan murabbiylar paydo bo’ladi. Chunonchi “Lokomotiv” jamiyatida M.Fedorov, “Spartak”da A.Kirillov, “Dinamo”da I.Konstantinov murabbiylik vazifasini bajaradilar. O’zbekiston erkaklar terma jamoasining birinchi murabbiyi K.K.Morozov bo’lgan edi.

Chambar halqalarni (1936 yil sentyabr oyida)  doira shaklida temir halqalar bilan texnik jihatdan ancha takomillashtirilgan halqalar almashtirilishi to’pni ko’krakdan ikki qo’llab va elkadan bir qo’llab har harakat vaqtida ham turgan joyidan halqaga tushirish imkonini berdi (to’pni uzatish va olib yurish texnikasi yaxshilandi).

1937 yildan boshlab terma jamoalar o’rtasida basketbol bo’yicha Respublika musobaqalari o’tkazila boshladi, sport jamiyatlari jamoalari g’oliblari o’zaro shahar, viloyat birinchiligi o’tkaza boshladilar. G’olib chiqqan jamoaga “chempion” unvoni berilib, ularga Butunmamlakat musobaqalarda O’zbekiston tarafini himoya qilish huquqi ham beriladigan bo’ldi.

1939 yil yanvaridan boshlab yangi qoidalar joriy etila boshlandi: zahirada o’yinchilarga ega bo’lishga ruxsat berildi. “O’yinchiga sof vaqt ajratish” qoidasi joriy etildi, “uch sekund” qoidasi mavjud edi. Man shu punktning joriy etilishi bilan o’yin ancha dinamik xarakter kasb etadi. Bunga yana qoidalarning to’pni to’xtamasdan doira chizig’idan to’g’ridan-to’g’ri to’pni halqaga tushirilgan hollarda (o’yinni har safar markazdan boshlamasdan) o’yinni to’xtatmasdan to’pni o’yinga kiritishga ruxsat beradigan boshqa bir punkt ham o’yin dinamikasini oshirdi. Ilgari bir o’yinchi tomonidan shaxsan yo’l qo’yish mumkin bo’lgan xatolarning soni 4 xato bilan chegaralanib quyildi, jarima to’pini tashlash huquqi aziyat chekkan o’yinchining o’ziga beriladigan bo’ldi. O’sha qoidalar bo’yicha basketbol halqasining aniq o’lchovlari ham belgilab qo’yildi (diametri 45 sm, to’pning og’irligi 600-650 gr) hamda barcha basketbol maydonchalari uchun yagona o’lchovlar 26×14 m tarzida belgilab qo’yildi. 1939 yilning qish davri mobaynida ko’rgazmali hakamlik o’yinlari o’tkazildi.

Ulug’ Vatan urushi boshlanishi bilan O’zbekiston jismoniy tarbiya tashkilotlari o’z ishlarini urush davri talablari asosida qayta tashkil etdilar. Respublikada umumiy harbiy ta’lim joriy etildi, harbiy o’quv punktlari tuzildi.

1943 yilga kelib jismoniy tarbiya – ommaviy ishlar, shu jumladan, basketbol ham asta-sekin tiklana boshlaydi. Shu yili basketbol bo’yicha shahar birinchiliklari bo’lib o’tadi. Shahar birinchiligidan keyin Respublika birinchiligi uchun musobaqalar tashkil etilib unda “Dinamo” (Toshkent) jamoasining o’yinchilari ayollar o’rtasida chempion bo’ladilar. Markaziy armiya klubi (Toshkent) jamoasi erkaklar o’rtasida chempion bo’ladi.

1944 yili avgust oyida Tbilisida basketbol bo’yicha XI mamlakat birinchiligi o’yinlarining bayrog’i ko’tarildi. Bu erda DKA O’zbekiston ayollar jamoasi ishtirok etadi. Lekin u muvaffaqiyatli chiqa olmaydi va to’qqizinchi o’rinni egallaydi.

1945 yilda Respublika spartakiadasi o’tkaziladi. U tamombo’lganidan keyin O’zbekiston jamoalari Frunze shahrida o’tkazilgan O’rta Osiyo va Qozog’iston spartakiadasida ishtirok etadilar. Unda O’zbekiston sportchilari basketbol bo’yicha va sportning boshqa turlari bo’yicha birinchi o’rinni egallab g’olib chiqadilar.

1946 yilda O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport  ishlari komiteti Toshkent shahrida sport bo’yicha birinchi instruktorlar maktabini ochadi.

1947 yilda o’yin qoidalariga o’zgarishlar kiritiladi. Protokollarga 12 kishini kiritishga ruxsat beriladi. Musobaqalarning shiddat bilan o’tkazilishi har bir o’yinga ikkitadan hakam tayinlash zaruriyatini tug’diradi.

1947 yilda Butunmamlakatparadi o’tkazilganidan keyin O’zbekiston basketbol bo’yicha birinchiligi uyushtirildi. Unda 8 ta erkaklar jamoasi uch guruhdagi Butunmamlakat musobaqalarida ishtirok etib, V o’rinni egallaydi.

1948 yilda aprel oyining oxirlarida O’rta Osiyo respublikalari poytaxtlaridan uchrashuvlari tashkil etildi. Bunda O’zbekiston ayollar jamoasi barcha tengdoshlaridan g’olib chiqib I o’rinni egallaydi. Erkaklar jamoasi esa faqat Olma-ota shahar jamoasiga yutkazib II o’rinni oladi.

1949 yil yoz davrida O’zbekiston terma jamoalari mamlakat birinchiligi uchun o’tkazilgan o’yinlarda qatnashdilar. Unda erkaklar XVIII o’rinni, ayollar esa XX o’rinni oldilar.

1950 yilda Frunze shahrida basketbol bo’yicha O’rta Osiyo respublikalarining III an’anaviy musobaqalari o’tkaziladi. Unda o’zbek basketbolchilari g’olib chiqadilar.

1951 yilda o’smirlar o’rtasida O’rta Osiyo chempionati birinchi marta o’tkaziladi. Unda Toshkentlik yigit-qizlar I o’rinni egallaydilar.

Respublikamiizning terma jamoasi Xarkov shahrida o’tkazilgan Mamlakat terma jamoalari o’rtasida o’tkazilgan o’yinlarda qatnashib, VII o’rinni egallaydi.

O’sha kezlarda matbuotda tez-tez metodik mazmundagi maqolalar paydo bo’la boshlaydi. 1958 yilning birinchi yanvardan boshlab basketbol bo’yicha yangi qoidalar, yangi sport klassifikasiyasi amal qila boshlaydi. Yangi sport klassifikasiyasidagi yosh talablari sport natijalarini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Huddi shu yili o’smirlar jamoalari o’rtasida, O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari poytaxt terma jamoalari o’rtasida an’anaviy musobaqalar bo’lib o’tadi. Shuningdek, musobaqa o’tkazish soxasida ham o’zgarishlar sodir bo’ladi: endi musobaqalar ikki yosh guruhlari bo’yicha o’tkaziladigan bo’ladi. Shu bilan bizning yigit-qizlarimiz Dnepropetroovsk shahrida bo’lib o’tgan Butunmamlakat musobaqalarida ishtirok etadilar. Hamda qizlar IX o’rinni, yigitlar XI o’rinni egallaydilar.

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, o’sha kezlarda ko’pchilik jamoalarning tarkibi yosh-yosh o’yinchilar hisobiga kengaytirildi va yangilandi, ko’pchilik jamoalarning texnik tayyorgarlik darajasi yuksaldi. Chunonchi, erkaklar jamoalarining o’yinchilari Toshkent shahridagi eng yaxshi basketbolchilarning o’yin taktikasini mohirlik bilan qo’llab boshladilar. “Tez yorib o’tish” usuli bo’yicha o’ynab raqibning yo’lini to’sish metodlari qo’llanib raqib o’chiti yonida markaziy o’yinchini chalg’itish kombinasiyalari qo’llanilib o’ynalganida o’yinchini shaxsiy o’imoyalash yo’llaridan ham tez-tez foydalaniladigan bo’ldi.

1955 yil – bu sobiq mamlakat xalqlari Spartakiadasiga tayyorgarlik yili bo’ldi. Bir yili ichida 10 ta sport masteri, 348 ta razryadchi sportchilar tayyorlandi. Huddi shu yili Jismoniy tarbiya instituti tashkil etildi. Shu yili yana Toshkent shahar Oliy o’quv yurtlari birinchiligi uchun musobaqalar o’tkazildi. Uning g’oliblari Butunmamlakat talabalar o’yinida ishtirok etadilar.

1956 yilning avgust oyida Moskvada sobiq mamlakat xalqlarning Spartakiadasi ochildi, unda o’zbek basketbolchilari V o’rinni egalladilar.

1958 yilda basketbol bo’yicha XXR va O’zbekiston o’rtasida birinchi marta halqaro uchrashuv o’tkazildi. Unda mehmonlar g’olib chiqdilar.

1959 yilda X O’zekiston spratakiadasi bo’lib o’tdi. Spartakiada tamom bo’lganidan keyin Respublika terma jamoasi Moskva, Leningrad, Tallin, Riga shaharlarida safarda bo’ldi. Bu shaharlarda o’zining jismoniy, texnik-taktik tayyorgarligini o shirish uchun terma jamoamiz mamlakatning eng kuchli jamoalari bilan bo’lgan uchrashuvlarda katta tajriba to’pladi.

1964 yildan boshlab o’zbek basketbolchilari “A” klassi bo’yicha oliy liga jamoalari bilan baravor mamlakat chempionatida ishtirok etib g’olib jamoalar jadvalida 10-12 o’rinni egalladi.

1970 yildan 1990 yilgacha bo’lgan davrda o’zbek basketbolchilarining “Universitet” erkaklar jamoasi “SKIF” xotin-qizlar jamoasi Butunmamlakat turnirlarida, mamlakat chempionatlarida, “Burevestnik” O’zbekiston sharafini himoya qiladi. O’yinchilarimiz orasidan ko’pgina mashhur basketbolchilar etishib chiqdi. R.Salimova, A.Jarmuxamedova, E.Tornikidu shular jumlasidan bo’lib, ular mamlakat terma jamoasining a’zolari edilar.

1991 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’ldi. Halqaro maydonda o’zbek sportchilarining chiqishlari uchun ba’zi bir qiyinchiliklar vujudga keldi. 1992 yil yanvarida O’zbekiston Milliy Olimpiya Komiteti qayta tashkil etiladi, huddi shu yili O’zbekiston Halqaro Olimpia Qo’mitasi (XOQ) ga a’zo bo’lib kiradi. O’zbekiston basketbolchilari shundan keyin tez-tez qatnasha boshlaydilar. Masalan, 1996 yilda bizning xotin-qizlar jamoamiz Pokistonda o’tkazilgan ayollar turnirida ishtirok etib, II o’rinni egallaydi. Erkaklar jamoamiz 1995 yilda Seul shahrida o’tkazilgan XVIII Osiyo chempionatida ishtirok etib, IX o’rinni egallaydi. 1996 yilda AQSHda Armiya klublari o’rtasida musobaqalar o’tkaziladi. Bu yerda bizning miliy jamoamiz SSKA (MHSK) VII o’rinni egalladi. 1997 yilda Malayziyada erkaklar jamoalari o’rtasida Halqaro turnir o’tkazildi. Bu erda o’zbek basketbolchilari uch g’alabaga erishib, yarim final o’yinlarida Rossiya jamoasiga yutkazib quydilar va umumiy hisobda III o’rinni egalladilar.

O’zbekiston Respublikasini o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng 3 ta halqaro toifadagi 12 ta milliy toifadagi hakamlar tayyorlandi. Har yili erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida basketbol bo’yicha Respublika Kubogi va birinchiligi o’tkaziladi. “MHSK” jamoasi 16 karra Respublika birinchiligida g’alaba qozonib shohsupaning yuqorisiga ko’tarilgan. 1991-1995 yillar oralig’ida ayollar jamoalari o’rtasida “SKIF” jamoasi Respublika birinchiligida g’olib bo’lgan bo’lsa, 1996 yildan hozirgi kungacha Navoiyning “Nika” jamoasi birinchilikni hech kimga bermay kelmoqda. Har yili g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoa o’yinchilaridan 20 dar ortiq o’yinchiga sport ustasi unvoni berilib kelinmoqda.