Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining bilim olish imkoniyatlari kengaytiriladi bu haqda huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
Hukumat qarori (523-son, 16.08.2021 y.) bilan Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘qishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizomga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb topilgan oilalar farzandlarining umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi tegishlicha quyidagi jamg‘armalar tomonidan qoplab beriladi:
👉 “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi;
👉 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi;
👉 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi.
✅ Bunda, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari har yili:
🔸 1 avgustgacha maktablarda ta’lim olayotgan kam ta’minlangan oila farzandlarini aniqlaydi;
🔸 5 avgustgacha umumta’lim muassasalarining kuni uzaytirilgan guruhlarida o‘qish istagida bo‘lgan hamda to‘lov to‘lashdan ozod etilmagan kam ta’minlangan oilalar farzandlari ro‘yxatini shakllantiradi;
🔸 ro‘yxatlarni 10 avgustgacha tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining bo‘limi bilan kelishadi va xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi.
📝 Umumta’lim muassasasi kengash qarori kelib tushgan kundan 3 kun ichida tegishli o‘quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan shartnoma tuzadi.
📌 Shartnomalar bir o‘quv yili uchun tuziladi.
💰 Shunga ko‘ra, to‘lov har bir bolaga o‘quv yili davomida bir oy uchun BHMning 25 foizigacha (61 250 so‘mgacha) miqdorda qoplab beriladi.