Kasb-hunar maktablari qabul kvotalari 2021

Tavsiya etamiz

2021/2022 o‘quv yiliga kasb-hunar maktablari uchun tasdiqlangan qabul parametrlari bilan tanishing.

Bu haqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Kasb-hunar maktablari qabul kvotalarini — Yuklab olish.

Eslatib o‘tamiz, hozirda respublikamiz bo‘yicha 339 ta kasb-hunar maktablariga ONLAYN QABUL davom etmoqda.

Qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining www.kasb.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Hujjatlarni qabul qilish 25 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Kasb-hunar maktablari bitiruvchilari kelgusida ishlash va oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish huquqini beradigan davlat namunasidagi DIPLOM oladilar. O‘qish 100% bepul.

Tavsiya etamiz: Kasb-hunar maktablariga hujjat topshirish bo’yicha videoqo’llanmani ko’rish uchun ushbu sahifaga o’ting.