Kechki yoki sirtqi taʼlimda oʻqiyotgan xodimlar imtihon topshirish vaqtida oylik maoshi saqlanib qoladimi

Tavsiya etamiz

Kechki yoki sirtqi taʼlimda oʻqiyotgan xodimlarga sessiya topshirish uchun oylik saqlangan holda beriladi.

Oliy ta’lim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o‘quv ta’tillari beriladi: (https://t.me/uztdi/6750)

👉 OTMda kechki ta’limda o‘qiyotgan 1-2-kurs talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;

👉 OTMda kechki ta’limda 3-4-kurslarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.