Kimyo fanidan 11-sinf imtihon biletlari javoblari.

Tavsiya etamiz

O’quvchilar uchun 2020/2021 o’quv yili uchun Kimyo fanidan 11-sinf Imtihon biletlar javoblarnii yuklab oling.

Mundarija

 1-bilet.

1.oziq zanjiri va oziq to’ri.

2.Ekologiyaning rivojlanishi,bo’limlari,metodlari.

3.Jadvalni to’ldiring.

Quyosh spektrning tarkibiy qismlari. Hayvonlar uchun ahamiyati O’simliklar uchun ahamiyati.
Ultrabinafsha nurlar. Uzun to’lqinli ultra binafsha nurlar ta’sirida teri pigmenti –melanin ko’z to’r pardasi pigmenti va D vitamin sintezlanadi.  
Ko’rinadigan nurlar. Kunduzgi hayvonlar ko’rinadigan nurlar yordamida oziq izlaydi,yashash uchun qulay joy axtaradi. Fotosintezlovchi o’simliklar va sianabakteriyalar xlorofill pigmenti yordamida  qabul qilinadi.
Infraqizil nurlar. To’qimalari tomonidan yutiladi va organizmlar tanasini qizdirib to’qima va organlarda issiqlik almashinuvini tezlashtiradi,tana qoplami orqali suv bug’lanishni kuchaytiradi. o’simliklarning barg og’izchalari orqali  korbanat angidrid gazining yutilishida ham ahamiyatga ega.

 

Javoblar;

1.  Oziq zanjiri bu bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchi bo‘g‘in (iste’molchi)ga moddalar va energiya o‘tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi sanaladi. «Oziq zanjiri» atamasi ingliz olimi – zoolog va ekolog Ch. Elton tomonidan 1934-yilda taklif etilgan. Oziq zanjiri bir necha bo‘g‘indan iborat. Zanjirning birinchi bo‘g‘ini, asosan, yashil o‘simliklardan iborat, undan keyingi bo‘g‘inlarni o‘simlikxo‘r hayvonlar (umurtqasizlar, umurtqali hayvonlar, parazit o‘simliklar), so‘ng yirtqichlar va parazitlar tashkil etadi.

Tabiatda ko‘pgina turlar bir turdagi oziq bilan oziqlanmaydi, balki turli xil oziq manbalaridan foydalanadi. Shunday ekan, oziq xiliga qarab har qaysi tur bitta oziq zanjirining turli trofik darajalarini egallashi mumkin. Masalan, sichqonlarni tutib yeyishi bilan qirg‘iy uchinchi trofik darajani, ilonlarni tutib yeyishi bilan esa to‘rtinchi trofik darajani egallaydi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida ular turli oziq zanjirlarining bo‘g‘inlari bo‘lishlari ham mumkin. Bir turning o‘zi turli xil oziq zanjirlarining bo‘g‘ini sifatida ularni o‘zaro bog‘lab turadi. Masalan, qirg‘iy turli oziq zanjirlariga mansub bo‘lgan kaltakesak, quyon yoki ilonni yeyishi mumkin. Natijada trofik zanjirlar bir-biri bilan chalkashib, ekosistemada trofik (oziq) to‘ri – bir necha oziq zanjirlaridan iborat bo‘lgan murakkab to‘rni hosil qiladi.

  1. Ekologiya fan sifatida. XX asrning boshlarida biologiya fanining yangi tarmog‘i – ekologiya vujudga keldi. Bu fan yuqorida keltirilgan muammolarni 7

hal etishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. «Ekologiya» (yunoncha «oikos» – uy, boshpana, «logos» – fan, ta’lim berish) atamasi birinchi marta fanga 1866-yilda nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan.

XX asrning boshlarida botanika, zoologiya va boshqa tabiiy fanlarda ekologiya yo‘nalishi shakllandi. Asta-sekin tabiatni o‘rganishga ekologik yondashuv katta ahamiyat kasb eta boshladi.

Ekologiyaning rivojlanishida ingliz olimi A.Tensli shakllantirgan ekotizim konsepsiyasi va rus olimi V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi muhim o‘rin tutadi

Ekologiya biologik tizimlar turiga qarab quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: autekologiya (faktorial ekologiya), demekologiya (populatsiyalar ekologiyasi), sinekologiya – (jamoalar ekologiyasi), biogeotsenologiya (ekotizimlar ekologiyasi), global ekologiya (biosfera ekologiyasi), evolutsion ekologiya, tarixiy ekologiya

Autekologiya organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, hayotiy sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilarni o‘rganadi.

Demekologiya – populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyada individlar sonining o‘zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi bo‘lim.

Sinekologiya – har xil turga mansub organizmlar jamoalarining o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi

Biogeotsenologiya biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganadi.

Evolutsion ekologiya – sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan birga ekologik sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi.

Tarixiy ekologiya – insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit davridan hozirgi davrgacha yuz bergan ekologik o‘zgarishlarni o‘rganadi.

Atrof-muhitni o‘rganish metodlari. Atrof-muhitni o‘rganishda qo‘llaniladigan barcha metodlar uchta katta guruhga bo‘linadi.

Dala metodi. Ekologik tajribalar metodi. Matematik modellashtirish metodi

Barcha biletlar javoblari

Barcha Imtihon javoblarini yuklab oling doc formatda —>>

[wpfa icon=»download» color=»#336699″ size=»2x»] 11-sinf kimyo imtihon javoblari

Barcha fanlardan imtihon javoblar —>> yuklab oling

Barcha fanlardan testlar to’plami—>> yuklab oling

Bilimlar.uz telegram kanaliga —>> obuna bo’ling.