Kimyo va matematika fanlaridan test natijalari e’lon qilindi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

2021-yil 9-iyun kuni kimyo va matematika fanlaridan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Mazkur test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan nsfla.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetida tanishishlari mumkin.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Eslatib o‘tamiz, natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 5 ish kuni mobaynida apellatsiya arizalarini berishlari mumkin.

My.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun ushbu sahifada batafsil tushuncha berilgan: OTMlarga onlayn hujjat topshirish bo’yicha batafsil yo’riqnoma O’TISH.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting