Tavsiya etamiz
Klinik ordinatura uchun chet tilidan test natijalari e’lon qilindi.
Bu haqda Davlat test markazi e’lon qildi.
2021-yil 30-sentabr kuni klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
30-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini magistr.dtm.uz sayti orqali bilishlari mumkin.
Natijani bilish tartibi
Bunda test natijasini bilish uchun magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.