Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli boʻyicha oʻqish 17-oktabrdan boshlanadi

Tavsiya etamiz

Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli boʻyicha oʻqish 17-oktabrdan boshlanadi.

Maʼlumki, 2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual taʻlim shakllari boʻyicha Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Yuqoridagi tartibda oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar uchun taʻlim jarayonlari 2022-yil 17-oktabrdan boshlanadi.

Maʻlumot oʻrnida, 2022/2023-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga:

— sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 36 140 nafar;
— kechki taʼlim shakli boʻyicha 1 596 nafar;
— dual taʼlim shakli boʻyicha 4 870 nafar abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtgan.

👤 Oʻqishga kirgan abituriyentlar tegishli taʼlim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari soʻraladi.