Tavsiya etamiz
Abiturientlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda kollej va texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish muddati 2021 yil 25 sentyabrga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bermoqda.
Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga www.kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirildi.
✅ Kollej va texnikumlarga elektron platforma orqali qo‘yidagi hujjatlar qabul qilinadi:
1️⃣ Elektron ariza;
2️⃣ Pasport (elektron) nusxasi
3️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
4️⃣3×4 fotosurat.
Avval xabar berganimizdek abituriyentlar texnikumlarda ham ikki xil shaklda kunduzgi hamda sirtqi ta’lim olishlami mumkin. Texnikum qabul 2021 kvotalari bilan tanishing O»TISH.