Kollej va Texnikumlarga mandat 2023 yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.
🖥 Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida e’lon qilib borildi.
✅ Bugun esa professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Kollej va Texnikumlarga mandat 2023 bilish

Shaxsiy kabinetga telefon raqam va parol bilan kiramiz.

Ochligan oynadan Professional ta’lim muassasalariga qabul bo’limiga kiramiz.
Xizmatdan foydalanishni bosamiz.
Ochilgan oynadan Natijani olish tugmasini bosasiz.

Marhamat natijangizni ko’rib oling.

Natijani yuklab olish uchun Natija tugmasini bosing.
❕ Eslatma: test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4-oktabr kunlari) professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Manba: Tavsiyalar.uz