Tavsiya etamiz
Kollej va texnikumlarga qabul bir yilda ikki marta tashkil etiladi, davlat granti ulushi oshiriladi.
Davlat dasturi loyihasida 2023-yilning avgust oyiga qadar professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra:
🗄 kollej va texnikumlarga oʻquvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etiladi;
🗄 texnikumlarda mutaxassislik yoʻnalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkaziladi;
🗄 xususiy sektorning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yoʻlga qoʻyiladi.
📌 Ma’lumot uchun professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.
👉 Loyiha bo‘yicha taklif qoldirish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071