Kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari 2021 sanasi belgilandi

Kollej va texnikumlarga 10-20-noyabr kunlari  KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun test sinovlari oʻtkaziladi.

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Yoshlar hamda mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan xodimlarni kasb yoki mutaxassisliklar egallashini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021/2022-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga SIRTQI, KECHKI va DUAL taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Kollej va texnikumlarga test sinovlari kunlari

📌 2021/2022-oʻquv yili qabulida kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik)larga Davlat test markazi tomonidan 2021-yil 10-20-noyabr kunlari test sinovlari tashkil qilinadi.

Test sinovlari professional taʼlim muassasalarining binolari va viloyat markazlarida tayyorlangan katta sigʻimli bino va inshootlarda oʻtkaziladi.

Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarning manzili va test sinovlarida ishtirok etish boʻyicha ruxsatnomalarni taqdim etish vaqti qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting.

Tavsiya etamiz:
➡️ Kollej va texnikumlarga kirish uchun test sinov topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishing
➡️ Kollej va Texnikumlarda qabul parametrlari kvotalar yuklab oling

Tavsiya etamiz