Mundarija
8-dekabr Konstitutsiya haqida sherlar
1992 yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Har yili yurtimizda 8-dekabrni katta bayram qilib nishonlaymiz. Konstitutsiya baxtimiz.qomusimiz haqida sara sherlar to’plamini qabul qiling.
Konstitutsiya baxtimsan
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo’lim nurafshon bo’ldi,
Ko’nglim zavqlarga to’ldi.
Sahifangni o’qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
Konstitutsiya kitobi
Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o‘qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo‘l ko‘rsatib charog‘on,
Sizni qilay farovon.
Sendan topdim baxtimni,
Huquqimni ahdimni.
Yo‘lim nurafshon bo‘ldi,
Ko‘nglim zavqlarga to‘ldi.
Sahifangni o‘qisam,
Asarlar bor biz uchun.
Kelajak himoyangda,
Bundan ortiq baxt qayda?
-O‘qib olsang kundan – kun,
Fikring bo‘ladi durkun.
Huquqlaring bilib ol,
Hayotda yur bemalol!
A’lo bo‘lsang har ishda,
Dono bo‘lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o‘tadi, sen kutma!
O‘qi, bedor bo‘lsang ham,
Hayotda bo‘lmaysan kam.
– Haq gaplaring muloyim,
Esdan chiqmaydi doim.
Qo‘limdan hech qo‘ymayman,
O‘qiyverib to‘ymayman!
Hamrohimsan, baxtimsan,
Ko‘nglimdagi ahdimsan!
-Iqbolimiz ko‘zlagan,
Adolatdan so‘zlagan.
Bu bizning “Baxtnomamiz”,
Yayrab undan qonamiz!
Baxtimizga yo‘l ochgan,
Iqbol urug‘in sochgan,
Qomusimiz bir jahon,
Dovrug‘i bo‘lsan doston!
– Mo‘tabar ona – Vatan,
Sadqa bo‘lsin jonu – tan.
Bizning konstitutsiya!
Eng sara qonunlardan,
Qomusim-oftobro’ya,
Yozilgan tilla harfdan,
Bizning konstitutsiya!
Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsiya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.
Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madaniyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!
Bizning Konstitutsiya
Qonunlarning a’losi,
Mustaqillik asosi,
Vatan mehri giyosi,
Bizning Konstitutsiya!
Faxrimiz, g’ururimiz,
Sha’nimiz, shuurimiz,
Baxtimiz sururimiz
Bizning Konstitutsiya!
Tinchligimiz tayanchi,
Farovonlik ishonchi
Fuqarolar quvonchi,
Bizning Konstitutsiya!
O’qi, mehnat qil deydi,
Yurtni aziz bil deydi,
Huquqing komil deydi,
Bizning Konstitutsiya!
Qonunlarni bilamiz,
Shu yurt faxri bo’lamiz,
Jonu dildan sevamiz,
Bizning Konstitutsiya!
Konstitutsiya
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u.
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oily hakam!
Qomusim
Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan
G‘amxo‘rdir Vatanim bizga mehribon
Baxtimizga baxt qo‘shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo‘lim nurafshon,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu so‘llarim.
Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!
Hur zamon
Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
Bolalar bor: oq, sariq, qora,
Lekin qalbi toza beg‘ubor.
Ular dili orzuga to‘la,
Gard qo‘nmasin, qo‘nmasin zinhor!
Jajji qalblar intilar tinmay
Poyoni yo‘q koinot tomon.
Yuragiga o‘kinch tushmasin,
Kelajagi bo‘lsin hur zamon.
Ushbu sahifadan ham yana Konstitutsiya haqida sherlar berilgan marhamat.