Tavsiya etamiz
Ko‘p kvartirali uylar va yakka tartibdagi uy-joylarda ham davlat bog‘chalari tashkil etilishi mumkin.
2023 yil 1 apreldan boshlab yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etilsin;
Natijada, maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etishda bino va inshootlar tanqisligini bartaraf etish imkoni yaratiladi.
Masalan, bitta 150 o‘rinli davlat bog‘chasini qurish uchun o‘rtacha 6 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi. Bundan tashqari, yangi bog‘chani qurish uchun yer masalasi og‘irligicha qolmoqda. Shu bilan birga, bitta 3 xonali kvartirada 25 nafar bola uchun bog‘cha tashkil qilish mumkin.
150 nafar bola uchun 6 ta kvartirani xarid qilish va jihozlashga o‘rtacha 4 mlrd so‘m talab etiladi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini
qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha
garovga qo‘yishga oid cheklovlar bekor qilinsin;
Natijada, maktabgacha ta’lim bilan qamrovni oshirishda xizmat qilayotgan va zarur moliyaviy resurslarga muhtoj bo‘lgan 594 ta tadbirkorga qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi. — farmon loyihasi.