Koronavirusga chalingan abituriyentlar diqqatiga

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida koronavirusga chalinib, to‘liq sog‘aygan abituriyentlarga qayta test sinovi tashkil etiladi.

Mazkur test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar yoki ularning vakillari ushbu ariza shaklini to‘ldirib, 16-avgustga qadar covid@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.

Bunda ariza bilan birga “Abituriyent ruxsatnomasi” va abituriyent koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etishning to‘liq tartibi bilan ushbu sxema orqali tanishishingiz mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting