Fan o’qituvchilari kundalik.com tizimida qanday tartibda 4-chorakni yopishlari kerak barcha sinflar uchun.
1-9- sinflar:
a) 0.5 va 1 soatlik darslar uchun:
👉3-4-chorak o’rtacha ballarining o’rtacha bahosi 4-chorak ustuniga kiritiladi;
👉yillik bahoga 2 va 4-chorak baholarining o’rtacha bahosi ko’chiriladi;
👉natija ustuniga yillik bilan imtixon bahosining o’rtacha bahosi natija ustuniga qo’yiladi.
b) 2 va undan ortiq soatli dars uchun:
👉4-chorakda «Kundalik» elektron sinf jurnalida ko’rsatilgan o’rtacha ballga asoslangan holda o’rtacha baho yillik ustuniga qo’yiladi;
👉imtixon yo’q fanlar barchasi imtixon ustuniga «X» belgisini qo’yishadi;
👉natija ustuniga yillik ustunidagi baho ko’chiriladi. Imtixon bo’lsa, yillik bilan imtixon bahosini o’rtacha bahosi qo’yiladi.
10-11-sinflar:
a) 0.5 va 1 soatlik darslar uchun:
👉3-4-chorak o’rtacha ballarning o’rtacha bahosi 4-chorak ustuniga kiritiladi;
👉2-yarim yillik ustuniga 4-chorak baholari ko’chirib qo’yiladi
yillik ustuniga birinchi va ikkinchi yarim yillik baholarning o’rtacha bahosi qo’yiladi;
👉imtixon yo’q fanlardan imtixon ustuniga «X» belgisi qo’yiladi;
👉imtixoni bo’lsa, yillik bilan imtixon bahosining o’rtacha natija ustuniga qo’yiladi;
👉natija ustuniga yillik ustunidagi baho ko’chiriladi.
b) 2 va undan ortiq soatli dars uchun:
👉3-4-chorak baholarining o’rtacha bahosi 2-yarim yillik ustuniga kiritiladi;
👉yillik ustuniga birinchi va ikkinchi yarim yillik baholarning o’rtachasi qo’yiladi;
👉imtixon yo’q fanlardan imtixon ustuniga katta «X» belgisi qo’yiladi;
👉imtixon bo’lsa, yillik bilan imtixon bahosini o’rtacha bahosi natija ustuniga qo’yiladi;
👉natija ustuniga yillik ustunidagi baho ko’chiriladi.
Msnba: @e_baza_ishreja