Tavsiya etamiz
Kutubxonalarda Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishi tashkil etiladi bu haqda huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida“gi Prezident qarori (PQ–46-son, 07.02.2023 y.) qabul qilindi.
🔰Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
✅ Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.
📁 2023 yil 1 iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy ta’lim tashkilotlarining aniq ro‘yxati shakllantiriladi.
🗓 2023 yil 1 iyundan boshlab har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovasiyalar” milliy tanlovi o‘tkazib boriladi.
☑️ Shuningdek, 2023 yil 1 martdan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.
❕2023 yil 1 maydan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari (soatlari) joriy qilinadi.
📚Qarorga ko‘ra shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishi tashkil etiladi.
⚖️ 2023 yildan Konstitusiya qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda ayollar, bola va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishi ta’minlanadi.