Tavsiya etamiz
MAGISTRATURA uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini yuklab oling va sinchkovlik bilan tanishib chiqing.
2021/2022 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalariga MAGISTRATURAsi bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.
Magistratura qabul kvotalari parametrlari yuklab olish
Eslatib o’tamiz:
2021 yil 5 iyuldan Respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.
2021/2022 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Magistraturaga qabul imtihonlari ikki bosqichda, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.
My.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun ushbu sahifada batafsil tushuncha berilgan: OTMlarga onlayn hujjat topshirish bo’yicha batafsil yo’riqnoma O’TISH.