Magistraturaga kirolmaganlar uchun qoʻshimcha imkoniyat

Magistraturaga kirolmaganlar uchun qoʻshimcha imkoniyat berildi.

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq joriy oʻquv yilida faqatgina davlat oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga С1, В2 milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatiga ega boʻlib, hujjat topshirgan, ammo kvota doirasida talaba boʻlolmaganlarga belgilangan bazaviy toʻlov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi toʻlov asosida magistraturada oʻqish imkoniyati yaratildi.

Oʻqish istagini bildirganlar oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin.

Tavsiya etamiz