Magistraturaga qabul 2021 boshlandi tartibi

Tavsiya etamiz

Diqqat, magistraturaga qabul boshlandi bu haqda oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

2021 yil 5 iyuldan Respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

2021/2022 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Eslatma:

Magistraturaga qabul imtihonlari ikki bosqichda, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangan tartib bo‘yicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz: Talabalar o‘qishini ko‘chirishning quyidagi yangi tartibi joriy etildi.