Tavsiya etamiz
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!
🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun talabgorlar chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlari lozim.
✅ Hozirda Davlat test markazi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari har oyda 2 marotaba tashkil etilmoqda.
🖥 Ayni vaqtda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihonlar uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangan bo‘lib, dekabr oyi uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda.
👨🏻💻 OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish istagini bildirgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📆 Bunda dekabr oyining birinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 29-noyabrga qadar, ikkinchi yarmi uchun 5-dekabrga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz: Ingliz tili Multilevel test sinovi gapirish qismi imtihoni topshirish video yo’riqnomasi