Maktab direktori o‘rinbosarlari moddiy rag‘batlantirib boriladi tartibi

Maktab direktori o‘rinbosarlari moddiy rag‘batlantirib boriladi

Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi Isroil Tillaboyevga ko‘ra, MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan navbatdagi qo‘shma qaror imzolangan.

Unga ko‘ra, maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida moddiy rag‘batlantirish mukofot pullari berib boriladi.

Maktab direktori o‘rinbosarlari moddiy rag‘batlantirib tartibi

Maktab direktori oʻrinbosari lavozimiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Qo’shma qaror yuklab olish

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga ko‘ra,

Respublika boʻyicha 200 nafargacha direktor oʻrinbosari har chorakda (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi;

Direktor oʻrinbosari umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktori hamda tuman(shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi.

Shuningdek, direktor oʻrinbosari lavozimiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

Taʼlim muassasalari yoshlarining maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida tanlov va tadbirlarni tashkil etish, toʻgaraklar faoliyatini muvofiqlashtirish;

Tavsiya etamiz  Ko‘p kvartirali uylar va yakka tartibdagi uy-joylarda ham davlat bog‘chalari tashkil etilishi mumkin

4-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari faoliyati haqida targʻibot ishlarini olib borish;

mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda maktablarda “Yoshlardaftari”da yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisidagi targʻibot ishlarini tashkil etish.

Batafsil ma‘lumotga ega bo‘lish uchun qo‘shma qaror bilan tanishing.

Прокрутить вверх