Tavsiya etamiz
O‘quv yili yakunida ko‘pchilik o‘quvchilar ijaraga berilgan darsliklarni yo‘qotib qo‘yishgani ma’lum bo‘ladi. Ota-onalarni va ayniqsa sinf rahbarlarini qiziqtirgan savolga javob izladik.
Demak, o‘quvchilar tomonidan ijaraga berilgan kitoblar yo‘qotib qo‘yilsa, yetkazilgan zarar kim tomonidan qoplanishi kerak?
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va bir qator hamkor tashkilotlarning 2014 yil 20 martdagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan nizomning 51-bandida darsliklar yoki o‘quv metodik qo‘llanmalardan (O‘MQ) foydalanish usulidan qat’i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar zararni xuddi shunday darslik yoki O‘MQlar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘laydi:
1-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va (yoki) O‘MQlari uchun — uning bir baravari miqdorida;
2-4-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va (yoki) O‘MQlari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
5-11-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va (yoki) O‘MQlari uchun — uning to’rt baravari miqdorida;
Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari nashr etildi.
Matemetika va Geometriya fanlaridan ma’lumotnoma formulalar to’plami.