Tavsiya etamiz
Savol: Maktab o‘quvchilariga oltin medal’ berish shartlari qanday?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 apreldagi 154-sonli qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tacdiqlangan.
Unga ko‘ra, oltin medal’ umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
Kumush medal’ umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
Bilimlar.uz telegram kanaliga obuna bo’ling.
Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari to‘plamlari nashr etildi.
DTM umumta`lim fanlaridan milliy test tizimi uchun namunaviy test topshiriqlari to’plami yuklab olish
Biologiyadan fanidan barcha mavzulardan masalalar to’plami va yechish usullari.