Tavsiya etamiz
Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalaridagi psixologlarning ish hujjatlari ro`yxati
- O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, qonunosti huquqiy-normativ hujjatlari yig`ma jildi (“Ta’lim to`g`risida”gi Qonun, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`quvchilarni psixologik- pedagogik qo`llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to`g`risida” 2019 yil 12 iyundagi 577-son qarori).
- Psixologning yillik ish rejasi.
- Psixologning ish rejasi bo`yicha metodikalar to`plami yig`ma jildi (O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan amaliyotda foydalanish uchun tavsiya etilgan).
- Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog`lom turmush tarzini va ijtimoiy ko`nikmalarni rivojlantirish qo`llanmasi. (O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi va YUNISEF xalqaro tashkiloti hamkorligida chop etilgan va amaliyotga tatbiq etilgan).
- Maktab fan o`qituvchilarining darslarini, o`tkazgan tadbirlarini kuzatish va tahlillari yig`ma jildi.
- Psixologning ish daftarlari (psixologik-pedagogik tashxis, psixologik korreksiya, psixologik profilaktika, psixologik maslahat).
Maktab psixologi ish hujjatlari va daftarlar namunasini – yuklab oling