Mandat.dtm.uz saytidagi ma’lumotlar yangilandi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Mandat.dtm.uz saytidagi ma’lumotlar yangilandi.

🖥 Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Saytga o’tish uchun 👉 mandat.dtm.uz

👨🏻‍💻 Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini ko‘rishlari mumkin.

✅ Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari;
👉 OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
👉 ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
👉 davlat granti asosidagi qabul rejasi;
👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
👉 ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
👉 tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).

❇️ Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.

Tavsiya etamiz abituriyent ruxsatnomasi yuklab olmaganlar uchun tartibi bilan tanishing.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting