Tavsiya etamiz
Mundarija
Mandat.dtm.uz Test natijalari 2022 bilish tartibi
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari bilish tartibi bilan tanishing.
Test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
Telegram botlari orqali
Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
my.dtm.uz shaxsiy kabinet orqali
my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
Mandat.dtm.uz sayt orqali
mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
Mandat dtm uz saytga o’tish uchun mandat.dtm.uz
Abituriyent ruxsatnomasining QR-kodi orqali
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
Tavsiya etamiz abituriyent ruxsatnomasi yuklab olmaganlar uchun tartibi bilan tanishing.