Tavsiya etamiz
Ushbu sahifada Mardlik va nomardlik haqida maqollar keltirilgan
Аdashganni yoʼlga solgan mard.
Аybiga iqror mard kishi,
Yashirmoq — qoʼrqoq ishi
Аrslon bolasi arslon boʼlur,
Sichqon bolasi — sichqon.
Аrslon ogʼzidan ov olinmas.
Аsirlikdan oʼlim yaxshi.
Baliq suvning chuqurini,
Mard ishning qiyinini izlar.
Baxshining qadrini xalq bilar,
Xalqning qadrini mard bilar.
Bir erga navbat, bir — sherga.
Gunohning uzri gunohdan ogʼir.
Goʼngqargʼa boʼlib ming yil yashagandan,
Sher boʼlib bir yil yashagan afzal.
Darmon bor yerda dard boʼlmas,
Erman bor yerda er oʼlmas.
Doʼst kulfatda sinalar,
Mard — kurashda.
Doʼstga zor qilma,
Nomardga — muhtoj.
Yer ekma, er ek.
Yomon odam yovdan qochar,
Nomard odam siring ochar.
Jondan kechmay, daryo kechilmas.
Joʼmard yoʼqligini bildirmas,
Tulpor ochligini bildirmas.
Ziyrakning aqli tosh yorar,
Nomardning mushti bosh yorar.
Zolim ishi shafodir,
Mardning ishi vafodir.
Ilikni mard qoqib, nomard yemasin.
Yigit borki, yetti pushtigacha nomi qolar,
Yigit borki, yetti kunda nomi yoʼqolar.
Yigit — yigitning koʼzgusi.
Yigit soʼzi — bitta.
Yigit — soʼzidan,
Qoʼy — boʼgʼzidan.
Yigitga yigʼi yarashmas.
Yigitga mardlik yarashar.
Yigitni bir soʼzlik bezar.
Yiqilsang, kuchlidan yiqil.
Yiqilsang ham tuyadan yiqil,
Birov senga kulmasin.
Yoʼlbars
Tulki izidan yurmas.
Yoʼqdan qochma, yomondan tonma.
Kallangni olsa, mard olsin.
Kek xotinga yarashar.
Kim mard boʼlsa soʼziga,
Oydir elning koʼziga.
Kurashda otangni ayama.
Mard aytmas,
Аytsa qaytmas.
Mard berib xursand boʼlar,
Nomard — olib.
Mard bilan gurunglashgan
Mard boʼlar.
Nomard bilan hiringlashgan
Part boʼlar.
Mard bir yil och,
Nomard hamisha och.
Mard bir marta oʼlar,
Qoʼrqoq — yuz marta.
Mard boshini qilich kesmas.
Mard yetimga yeng boʼlar,
Boʼlmaganga — boʼy.
Mard ish ustida bilinar,
Nomard — osh ustida.
Mard ishi — mard,
Nomardniki — dard.
Mard yigit izini sotar,
Nomard yigit — oʼzini.
Mard yigitga sevgi sinov.
Mard yigitning dod degani — oʼlgani,
Dod demasdan bet uchirgani — qoʼrqqani.
Mard yiqilsa, maydonda qolar.
Mard yoʼlida gʼov qolmas.
Mard yigitning labi yogʼliq,
Dangasaning boshi qonlik.
Mard — kurashda, doʼst — tashvishda,
Dono gʼazabda sinalar.
Mard maydonda bilinar,
Nomard — ishda.
Mard mardni deydi,
Nomard — nomardni,
Mard muhtoj beshigi,
Elga ochiq eshigi.
Mard nomardga tiz choʼkmas.
Mard oro bilan soʼzlar,
Nomard — pora bilan.
Mard tuzar, nomard buzar.
Mard xotinin qaritmas.
Botir otin horitmas.
Mard oʼzidan koʼrar,
Nomard — oʼzgadan.
Mard oʼlar, nomi qolar.
Mard qalbi — gul,
Nomardniki — kul.
Mard qiyinni yengar,
Nomard boʼynini egar.
Mardga manzil koʼp.
Mardga taqlid et,
Nomardni tanqid et.
Marddan ot qolur,
Nomarddan — dod.
Mardlik yiqitmoq emas, turgʼizmoq.
Mardlik — kishining husni.
Mardlik — mangulik.
Mardlik sotib olinmas.
Mardni maqtamasang ham — mard,
Nomardni maqtasang ham — dard.
Mardni mehnat yengolmas.
Mardni xor etma,
Nomardga zor etma.
Mardni el sevar,
Nomardni kirn sevar.
Mardni oʼldirar firoq,
Nomarddan nomus yiroq.
Mardning ishi — mehnatda,
Nomardning kuchi — ogʼzida.
Mardning noni — butun.
Mardning oʼligi — nomardning tirigi.
Mardning qoʼli boqadi,
Nomard qoʼli yoqada.
Maslahatni marddan soʼra.
Maʼraka — mardniki,
Ziyofat — xalqniki.
Mergan ovda kerak,
Mardlik — yovda.
Mol — mard, egasi — nomard.
Noligan — nomard,
Bir gapirgan — mard.
Nolish bilan ish bitmas,
Mard nomardga tiz choʼkmas.
Nomard boʼlib koʼpga kirguncha,
Mard boʼlib oʼlgan yaxshi.
Nomard dushman koʼrsa, gʼussadan oʼlar.
Nomard doʼstdan mard dushman yaxshi.
Nomard yovga yalinar,
Mard kuchiga suyanar.
Nomard ishing bilmasin,
Bilib bagʼring tilmasin.
Nomard non ustida ham nolishini qoʼymas.
Nomardga zor boʼlgandan,
Qora daryoga gʼarq boʼl.
Nomardga ishi tushmagan
Mardning qadrini bilmas.
Nomardga soʼz berguncha,
Mardga koʼz ber.
Nomardga yalinguncha,
Joʼmardga yalin.
Nomardga yalinma,
Bir baloga chalinma.
Nomardda nomus boʼlmas.
Nomarddan yordam soʼrama,
Yuzingga solar.
Nomarddan najot kutma,
Itdan — hojat.
Nomardning koʼprigidan oʼtgandan,
Daryoda gʼarq boʼlgan yaxshi.
Nomardning palovidan,
Mardning yovgʼon oshi yaxshi.
Nomardning xotini boʼlguncha,
Mardning bevasi boʼl.
Olgan mard emas,
Bergan — mard.
Ot kuchini karvonda koʼr,
Mard kuchini — maydonda.
Ota oʼgʼil rahmat olur.
Otni ham maydonda sina,
Erni ham maydonda sina.
Ogʼir yukka nor kerak,
Yov talashda er kerak.
Ogʼir yukni nor koʼtarar,
El ogʼirin er koʼtarar.
Piyozni mard artsin,
Sabzini — nomard.
Suv keltirar mard kishi,
Ekin ekar har kishi.
Suv keltirgan mard,
Suv bermagan nomard.
Suxan dur boʼlar,
Аslning gapi bir boʼlar.
Tangri berganning oʼgʼli toʼrt boʼlar,
Biri nomard boʼlsa, biri mard boʼlar.
Togʼ arqon bilan egilmas,
Mard nomardga teng boʼlmas.
Ur deganda nomard qochar,
Mard qolar maydon ichida.
Urishsang, mard bilan urish.
Chigit boʼlsang ham, yigit boʼl.
El tutganni er tutar.
Er yigit el aybini ochmas.
Er qaerda boʼlsa, sher panjasi oʼsha yerda.
Yuz nomarddan yuz qaytar,
Bir mardni har kirn maqtar.
Yaxshi it oʼligini koʼrsatmas.
Yaxshilikka yaxshilik —
Har kishining ishidir.
Yomonlikka yaxshilik —
Mard kishining ishidir.
Oʼz aybini bilgan — mard.
Oʼldirsa ham, mard oʼldirsin.
Qildan qiyiq axtarma.
Qochganni quvlovchi boʼlma.
Qoʼlingni ber, mard boʼlsang,
Qocha ber, nomard boʼlsang.
Gʼolibning nomi oʼchmas.
Gʼolibning yarasi tez bitar.