Matematika fanidan PISA testlar to’plami

Tavsiya etamiz

O’qituvchilar va o’quvchilar uchun 5-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11- sinflar uchun matematika fanidan PISA testlar to’plamini yuklab oling.

Mazkur PISA testlar o’quvchilarning PISA savollar haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda namuna vazifasini o’taydi.

✅ 5-sinf-matematika fanidan-pisa-testlar

✅ 6-sinf-matematika fanidan-pisa-testlar

✅ 7-sinf-matematika-pisa-test

✅ 8-sinf-matematika-pisa-test

✅ 9-sinf-matematiaka-pisa-test

✅ 10-sinf-matematika-pisa-test

✅ 11-sinf-matematika-pisa-test

Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun o’quvchilarni matematik savodxonligini oshirishga yo’naltirilgan topshiriqlar to’plami.
Hozirgi davrda maktab bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi qanday bo’lishi lozimligi haqidagi qarashlar o’zgarib bormoqda. Maktab o’quvchilarining fanlar bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda o’z bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qo’llay olish malakasini rivoljantirishni ta’minlash zarur. Kelajakda bu malakalar maktab bitiruvchisining jamiyat hayotida faol qatnashishiga, butun hayoti davomida bilimini oshirib borishga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi «Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risidagi»gi 997-sonli qarorida PIRLS (boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash), TIMSS (4 va 8-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash), PISA (15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash), TALIS (rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitish va ta’lim olish muhitini hamda o’qituvchilarning ish sharoitlarini o’rganish) kabi xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish belgilangan.
Mazkur to’plam o’quvchilarni tanqidiy tahlil, kreativ fikrlash, mustaqil izlanish, yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirishga hamda matematik savodxonligini oshirishga yo’naltirilgan topshiriqlardan iborat.
Matematik savodxonlik – bu shaxsning matematik fikrlash va real hayotdagi turli muammolarni echishda ularni matematik ifodalash, qo’llash va sharhlay olish qobiliyatidir.
U hodisalarni tasvirlash, tushuntirish va oldindan aytish uchun matematik tushunchalar, jarayonlar, dalil va vositalardan foydalanishni o’z ichiga oladi.
Matematik savodxonlik insonlarga matematikaning hayotiy ahamiyatini tushuntirishga, asosli fikr bildirishga hamda amaliy va faol fikrlovchi fuqaro uchun zarur bo’lgan qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Asosiy e’tibor turli vaziyatlarda mushohada va intuisiyani talab qiluvchi turli xil yondashuvlardan foydalanib matematik bilimlarni qo’llashga qaratiladi. Buning uchun odatda maktabda o’rganiladigan ancha-muncha matematik bilimlar zarur bo’ladi.
Tadqiqotda o’quvchilarga asosan darslikdagi emas, balki hayotga xos bo’lgan (tibbiyot, uy-joy, sport va boshqa) amaliy vaziyatlar taklif etiladi. Ko’p hollarda nafaqat matematikadan, balki fizika, biologiya fanlarining turli mavzu va bo ‘limlaridan bilim hamda ko’nikmalarini ishlatish talab etiladi.
Matematika-fanidan-topshiriqlar-to’plami – yuklab oling.

Manba: baxtiyor.uz