Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma

2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi DTM xabar bermoqda.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

✅ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Tavsiya etamiz  OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi? so‘rovnomada qatnashing
Прокрутить вверх