Tavsiya etamiz
2021-2022 o’quv yili uchun OTMlarga o’qishga qabul qilishda hehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha qabul 2021 kvotalari ko‘rsatkichlari taqsimoti bilan tanishing.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun respublika bo‘yicha jami 1 580 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:
- kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 137 ta;
- sirtqi ta’lim shakli uchun – 377 ta;
- kechki ta’lim shakli uchun – 66 ta.
Qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda Yuklab olish tanishish mumkin.
my.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun batafsil tushuncha va yo’riqnoma: >> O’TISH.