Mevalar haqida eng sara topishmoqlar to’plami

Mevalar haqida eng sara topishmoqlar. Barcha topishmoqlar javobi bilan. Eng sara topishmoqlar to’plami.

Yong’oq haqida topishmoqlar

1. Kichkina qozonning oshi totli.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

2. Kichkina dekcha,
Ichi mazaliqcha.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

3. Kichkina qozon,
Jingla palov.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

4. Kichkina qozon,
Jikr palov.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

5. Kichkina tandircha,
Ichi to‘la kulcha.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

6. U yog‘i tog‘,
Bu yog‘i tog‘,
O‘rtasida
Sarig‘ yog‘.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

7. Qo‘shaloq tovoq,
Ichi to‘la yog‘.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

8. Usti zahar, ichi tosh,
Toshning ichi asal.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

9. Po‘sti qalin, qovoqday,
Beli bog‘li tanobday,
Mevasi sarig‘ yog‘day.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

10. Beli bog‘li, cho‘tir choldir,
Qo‘ynida bor bujur kampir.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

11. Kichkina xotin shoshaqon,
Kichkina qozon toshaqon.

Topishmoqning javobi
(Yong‘oq)

Bodom haqida topishmoqlar

12. Ikki tog‘ning orasida
Bir tup yantoq.

Topishmoqning javobi
(Bodom)

13. Qo‘tir tosh,
Ichida osh.

Topishmoqning javobi
(Bodom)

O’rik haqida topishmoqlar

14. Osh ichida tosh,
Tosh ichida osh.

Topishmoqning javobi
(O‘rik)

15. U yog‘i tosh, bu yog‘i tosh,
O‘rtasida nishgan osh.

Topishmoqning javobi
(Danak mag‘zi)

16. Pastu baland ko‘p xotin,
Ko‘ylaklari oq, gulgun.

Topishmoqning javobi
(O‘rik guli)

Shaftoli haqida topishmoqlar

17. O‘zi shirin, tukligina,
Mazasi bor, totligina.

Topishmoqning javobi
(Shaftoli)

18. Bodom kabi yaprog‘i,
Sollanadi butog‘i.

Topishmoqning javobi
(Shaftoli)

Behi haqida topishmoqlar

19. Past-past bo‘yi bor,
Malla to‘ni bor.

Topishmoqning javobi
(Behi)

20. Mallagina to‘ni bor,
Nordongina ta’mi bor.

Topishmoqning javobi
(Behi)

21. Dum-dumaloq bo‘yi bor,
Palovda obro‘yi bor.

Topishmoqning javobi
(Behi)

Jiyda haqida topishmoqlar

22. Bir qop un,
Ichida ustun.

Topishmoqning javobi
(Jiyda)

23. Qopcha,
Qopcha ichida uncha,
Uncha ichida ustuncha.

Topishmoqning javobi
(Jiyda)

24. Ichi un-un,
Tashi gulgun.

Topishmoqning javobi
(Jiyda)

25. Tashi qizil anorday,
Ichi oq — unday,
O‘tirishi gulday.

Topishmoqning javobi
(Jiyda)

26. Osmondan tushdi bir tugun,
Usti baxmal, ichi un.

Topishmoqning javobi
(Jiyda)

27. Igna tegmasdan qon,
Tegirmon bermasdan un,
Tesha tegmasdan ustun.

Topishmoqning javobi
(Jiyda)

Uzum haqida topishmoqlar

28. Otasi bukri xo‘ja,
Onasi yoyma chalpak,
Bolasi shirin-shakar.

Topishmoqning javobi
(Tok bargi, uzumi)

29. Bir onadan yuz bola,
Yuzovi ham bo‘z bola.

Topishmoqning javobi
(Tok, uzum)

30. Chorpoya ustida
Shirin-shirin shox soqqa.

Topishmoqning javobi
(Tok, uzum)

31. Bo‘g‘un-bo‘g‘un, bo‘g‘unchoq,
Tugun-tugun, tugunchak,
Etmish qizning onasi
Hali ham bo‘lsa kelinchak.

Topishmoqning javobi
(Tok, uzum)

32. Ota-onasidan bolasi shirin.

Topishmoqning javobi
(Tok, bargi, uzumi)

33. Qora ho‘kizim og‘ilga kirishda dumini yulib qoldim.

Topishmoqning javobi
(Qora mayiz)

34. Eshagim quduqqa tushib ketdi,
Dumidan ushlasam, yulinib ketdi.

Topishmoqning javobi
(Qora mayiz)

Anor haqida topishmoqlar

35. Kichkina dekcha,
Ichi to‘la mixcha.

Topishmoqning javobi
(Anor)

36. Sariqqina to‘ni bor,
Ichi to‘la doni bor.

Topishmoqning javobi
(Anor)

37. Qirq hujrada qizil qizlar.

Topishmoqning javobi
(Anor)

38. Kichkina gumbaz ichida
Qizlar aylabdi makon.
Yuzlarida parda tutig‘lik,
Har birining bag‘ri qon.

Topishmoqning javobi
(Anor)

Anjir haqida topishmoqlar

39. Gulsiz bo‘lar mevasi,
Shirin-shirin donasi.

Topishmoqning javobi
(Anjir)

40. Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq.

Topishmoqning javobi
(Anjir)

41. Daraxt ustida langar.

Topishmoqning javobi
(Anjir)

Do’lana haqida topishmoqlar

42. Qamchi dasta,
Qamchi dastada marjon.

Topishmoqning javobi
(Do‘lana)

43. Tepdim, sandiq ochildi,
Erga bodom sochildi.

Topishmoqning javobi
(Do‘lana)

Olma haqida topishmoqlar

44. O‘zi ko‘m-ko‘k,
Yuzi qip-qizil.

Topishmoqning javobi
(Olma)
Прокрутить вверх