Milliy estrada san’ati institutiga qabul boshlandi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga o’qishga kirish uchun qabul boshlandi.

Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 9-son bayoni bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Mazkur bayonga muvofiq Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Milliy estrada san’ati institutiga Ro‘yxatga olish tartibi

Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 16-noyabrga qadar davom etadi.

Abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar Madaniyat vazirligi tomonidan 18-24-noyabr kunlari, test sinovlari esa Davlat test markazi tomonidan 26-27-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting