Miriqib uxlash, buning uchun nima qilish kerak?

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Agar inson uyqudan so‘ng o‘zini tetik his etmasa, bu juda ko‘ngilsiz ekanligiga ko‘pchilik hayoti mobaynida amin bo‘lgan. Qanday qilib uyquni maroqli qilish mumkin ?

Kun davomida BIR OZ MIZG‘IB OLISh maqsadga muvofiqdir. 20 daqiqalik uyqu ishlash qobiliyatini 2 baravarga oshiradi. Muhimi faqat bu davolovchi uyquni bir vaqtda bo‘lgani yaxshi. Shu bilan birga, bu uyqu me’yordan oshmasligi kerak. 
UYQUDAN OLDINGI DOIMIY TARTIB. Yo‘q-yo‘q, qiyin ishlar to‘g‘risida o‘ylamang. Masalan, uxlashdan avval iliq dush qabul qilish, hovlida ozgina sayr qilish yoki 10-15 sahifa kitob o‘qish. Ushbu ro‘yxatga yana ko‘p narsani kiritish mumkin. Eng muhimi, bu ish o‘zingizga manzur bo‘lsin va uni chin dildan, og‘rinmasdan amalga oshiring.
KO‘RPA-YOSTIQ TO‘G‘RI BO‘LSIN. To‘shak – qattiq va tekis, yostiq esa yelka balandligida bo‘lsin. Aks holda tunda boshingiz notekis bo‘lib, bo‘yin va orqangiz muskullari haddan tashqari zo‘riqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor.
CHARCHOQ BO‘LISHI SHART. Ha, bu yozilmagan qonun. Yaxshi dam olish uchun yaxshi ishlash ham kerak. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, jismoniy charchoq haqida boryapti. Yana ishdan so‘ng piyoda yurish orqali sayr qilish, aqliy yuklamalar, albatta, har qanday insonni charchatadi. Biroq shu o‘rinda charchoq bo‘lmasa uxlash uchun bo‘lar-bo‘lmas fikrlar uyquga xalal beradi.
YOTOQXONADA TOZA HAVO.  Toza havo – uxlatuvchi eng yaxshi vosita. Dimiqqan xonadagi uyqu foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi. Yelvizakdan qo‘rqasizmi? Ko‘chada sovuq deysizmi? Hatto ayozli qish kunlarida ham uyquga yotishingizdan avval  xonani yarim soat shamollating, so‘ngra mazza qilib uxlang.
TUNGI LISBOS HAM MUHIM. Tungi ko‘ylagingiz, asosan, ipli matodan va doimiy o‘lchamingizdan ikki o‘lcham katta bo‘lsin. Ana shunda tanangiz ham orom oladi.
Bir stakan MINERAL SUV UYQU DORIDAN AFZAL. Mineral suvdagi magniy tinchlantiradi, bronx va ichak yo‘llaridagi, qon tomirlardagi  siqilishning oldini oladi, qon aylanishi va nafas olishni yaxshilaydi. Tunda bor-yo‘g‘i bir stakan mineral suv iching va go‘dak kabi miriqib uxlang.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting