Mohlaroyim Nodira g’azallar g’azallari va she’rlar to’plami, ushbu to’plamda eng sara g’azallar o’rin olgan.
Mundarija
- 1 Nodira g’azallari va she’rlar
- 2
- 3 VASL UYIN OBOD QILDIM…
- 4 NODIRA AHVOLIDIN OGOH BO’LING
- 5 MARHABO
- 6 MUHABBATSIZ KISHI ODAM EMASDUR
- 7 YORSIZ NA LAZZAT
- 8 DODIM ESHIT
- 9 DAHRNI IMTIHON ETIB KET
- 10 KO’ZLARIM MUSHTOQDUR DIYDOR UCHUN…
- 11 EHTIYOJ
- 12 TUSHIMDA KO’RSAM EDI
- 13 SOG’INDIM
- 14 MUXAMMAS
- 15 TARJE’BAND FIROQNOMA
Nodira g’azallari va she’rlar
Vasl o‘yin obod qildim, buzdi hijron oqibat
Seli g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat
Qildi choki pirahan dog‘i dilimni oshkor,
Qolmadi ko‘nglimda zaxmi ishq pinhon oqibat.
Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilg‘um deboi,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalg‘on oqibat.
Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin,
Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat.
Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko‘yida na bo‘ldi shayx San’on oqibat.
Baski qon bo‘ldi yurogim gavhari ashk o‘rnig‘a,
Qatra-qatra ko‘zlarimdin tomdi marjon oqibat.
Ohkim bo‘ldi yana subhi nashotim shomi g‘am,
Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat.
Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli xayli mo‘r o‘ldi Sulaymon oqibat.
Nodira, bulbul kabi to nola insho ayladim,
Navbahor o‘tti, xazon o‘ldi guliston oqibat.
* * *
Farhod agar ursa menga lofi muhabbat,
Bir oh ila aylarman uni dog‘i xijolat.
Harchandki bemori g‘ami ishq edi Majnun,
Dardimni ko‘rib tishladi angishti nadomat.
Farhodda bo‘lsaydi mening g‘ayrati ishqim,
Bir oh ila aylar edi ul tog‘ni g‘orat.
Majnunda agar bo‘lsa edi sabru tahammul,
Qilmasmu edi men kabi shahr ichra iqomat.
Gar bo‘lsa Zulayxoda mening zarracha ishqim,
Qolmas edi Yusufni firoqida salomat.
Ishq ofatiga tog‘ tahammul qila olmas,
Man manki qilurman bu g‘amu dardig‘a toqat.
Dardu alamu g‘ussaki hajrida chekarman
Bu mehnatu g‘am kimdadur, ey ahli muhabbat.
Yuzdin biri Majnunda agar bo‘lsa g‘amimni,
Bir oh ila olamg‘a solur sho‘ri qiyomat.
Har holda, ey Nodira, shukr ayla xudog‘a,
Kim berdi senga ishqu muhabbat ila davlat.
* * *
Bahor keldi ko‘zim gulga boqmadi aslo,
Nadinki, gulshan aro gulruxim emas paydo.
Yuzimga bo‘ldi yuzing muqtarin, bihamdilloh,
Ochildi mehru vafo bog‘ida guli ra’no.
Sarig‘ yuzimda qizil ashkimi tarovati bor,
Nuchukki, sog‘ari zarrin aro mayi humro.
Labidin ayru menga boda tutma, ey soqiy,
Xumor kulfatig‘a moni’ o‘lmadi sahbo.
Bu joni xastaki, vaslingni orzu aylar,
Xayol turrasidin boshida uzun savdo.
Firoq lashkari tug‘yonidin maozalloh,
Ki qildi sabru tahammul diyorini yag‘mo.
Yuzing nazorasi ushshoqlarni firdavsi,
Harimi dargohing ahboba jannat-ul-ma’no.
Sening salosili zulfingga mubtalodurman,
Ki bo‘ldi ahli xirad qushlarig‘a domi balo.
Falakdin o‘tdi fig‘onim, quyoshga yetdi unim,
Hanuz, Nodira, kam bo‘lmadi bu ohu navo.
* * *
Ey sarvi sihi bo‘ylug‘im, ey qomati zebo,
Kelkim, ko‘zim oynasi mushtoqi tamosho.
Ul kunki, visoling chamanin sayr etar erdim,
Manzuri nazar erdi menga ul qadi bolo.
Aydimki, qachon bo‘lg‘usi kuyingda makonim,
Oshiqqa, dedi, hojat emas manzilu ma’vo.
Kuydurdi chaman gullarini rashk o‘ti birla
Ul g‘unchai xandon ila ul nargisi shahlo.
Ul zulfi dil oviz muanbar girihidin
Har kimni tushib boshig‘a bir o‘zgacha savdo.
Har sabzai sunbulki, bu gulshanda chekar bosh
Muyi sari Majnunduru, yo turrai Laylo.
Vayronada oqilg‘a iqomat na munosib
Sarmanzili osoyish emas arsai dunyo.
Hijron g‘amidin tashna labu, hasta jigarmen,
Soqiy, karam aylab menga tut sog‘ari sahbo.
Ko‘zgu kabi hayronlaringga arzu xayol et,
Diydoring uchun Nodiradur volai shaydo.
* * *
Ey mehri jamoling olam oro,
Zarroti yuzingga mastu shaydo.
Ey husni riyozida qading sarv,
Ul sarv uza sunbuling sumanso.
Kelkim nazarimg‘a, ey pariro‘,
Devonag‘a bir dam et tamosho.
Sen uyquda masti nozdursen,
Men dard bila g‘aribu tanho.
Tun kecha fig‘onu nolishimdin
Ko‘ying iti ichra tushdi g‘avg‘o.
Sen qaysi diyor azmin etding,
Kelmas xabaring bu yerga aslo.
Ohim o‘qig‘a qadim kamondur
Bu o‘qni, nishonidur surayyo.
Majnun nega Layli tarkin etsun,
Yusufni unutmadi Zulayxo.
Qaydin seni Nodira unutsin,
Bu so‘z ne munosib, ey diloro.
* * *
Ey yuzing qiblai arbobi safo,
Sari ko‘yingda ko‘ngul qiblanumo.
Ka’bai ko‘ying erur tak’yagahim,
Ko‘z yoshim zam-zam o‘shal ka’ba aro.
Bo‘lmasa mehr ko‘ngulda ne osig‘,
Manziling Yasrib o‘la, yo Batho.
Surma oso qadaming tufrog‘i
Xira bo‘lg‘ay ko‘zima berdi ziyo.
To‘tiyodur menga naqshi qadaming
Ki ko‘zim oyinasi topti jilo.
Bo‘lsa to umr hayoti boqiy,
Meni ilkimduru domoni vafo.
Do‘stlar ayshu farog‘at ila xush,
Bo‘ldi dushman hadafi tiyri balo.
Har kim o‘z rutbasidin lof urar,
Bu marotibda maqoming a’lo.
Domani yor ilikdin ketdi.
Nodira, pirahanim bo‘ldi qabo.
* * *
Marhabo, ey payki sulton marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marxabo.
Tal’ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.
Xo‘b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.
Bo‘ldi mavzun qomatingdin munfail
Sarv nozi bog‘i rizvon, marhabo.
Qilg‘asen ul moh mehrin oshkor,
Subh yanglig‘ pok domon, marhabo.
Mujda keltirding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.
Kel beri, to xoki poyingni qilay,
To‘tiyoi chashmi giryon, marhabo.
Ravshan aylarman chirog‘i ohin,
Ko‘zlarimdur gavhar afshon, marhabo.
Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charog‘on, marhabo.
Qo‘y kafi pokingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.
Nodira, har so‘zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron, marhabo.
* * *
Ey xusho, shisha aro obi hayoti hukamo,
Kim oning har kishi aytsa bo‘lur Xizrnamo.
Hukamo ishq marizig‘a buyurmush mayi pob,
Hajr dardig‘a demishlar bu mufarrihni davo.
Bodadin aylama parhez, damo-dam qadah ich,
Keldi mazmumi muhabbat yo‘lida zuhdu riyo.
Bo‘ldi gul mavsimiyu maykadalar jonibidin,
Mujdai ayshu-tarab yetkizadur bodi sabo.
Ey xush ul rind may oshomi siyah mast mudom,
Joma may ilgida, olida sabuvu meyno.
Gʻussa paymonasida xuii dil oshom aylar
Bodadin har kishikim, aylar esa istig‘no.
Zohido, gar desang ishq ahliga rasvo bo‘lmay,
Demog‘il maykada avboshig‘a ko‘p chunu charo.
Boda mushtoqiga lutf ayla, qadah tut, soqiy,
Yo‘qsa Jamshidg‘a ham aylamadi jom vafo.
Nodira, jomi muhabbatni labo-lab ichibon
Mastliq birla, qiday ishq namozini ado.
* * *
Yuzing oftobi mohi olam oro
Jamoling ko‘zgusi mehri mujallo.
Labing yodi ko‘nglimda pinhon emastur,
Erur shishada maaji sahbo huvaydo.
Erur ikki ajdar xamu pech birlan
Qading sarvida iki zulfi sumanso.
Magar husn bog‘ini nargislaridur
Iki chashmi jodui bodom-u shahlo.
* * *
Nazar ahli savdolaridin xating qildi lavhi jamola paydo,
Netong aylasa dudi ohim qamar davrida hola paydo.
Soching sunbulidin girihlar tushubdur ko‘ngul rishtasig‘a,
Ki yuzdin birin zohir etsam qilur ja’d mushkin kulola paydo.
Mening qissai ro‘zg‘orim farovon g‘ami hijroning afsonasidek,
Ki bir nuktasin sharh qilsam bo‘lur necha daftar risola paydo.
Yuzing oyini hayratidin erur badri tobon qaro dog‘liq,
Qoshing nunidin voqif erdi ki ojizlig‘ o‘ldi hilola paydo.
Karam dastgohi ki xon atosi mudom omoda mehmon yuziga
Aning rezai bazm baxshoyishidin bo‘lur har gadog‘a navola paydo.
Sirishkim sahobini imdodidin dilkushodur muhabbatni dashti,
Ko‘ngul dog‘ini aytsam biyobon bo‘lur, ul biyobonda lola paydo.
Solib hijratni mulkina zilzila, dedi qilma davri falakdin gila
Nadur chorai dardim, ey Nodira, firoq o‘ldi nogoh, visola paydo.
* * *
Kel, senga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido,
Diydalarimga qo‘y qadam, har qadamingga jon fido.
La’li labing firoqida xuni jigar g‘izo menga,
Sarv qading havosida jon etaram ravon fido.
Ayshu nishoti ofiyat dardi g‘amingni sadqasi,
Bir nafas ishtiyoqinga ishrati jovidon fido.
Vaqti xirom, ey sanam, diydalarimga qo‘y qadam,
Xoki rahingga aylaram chashmi guharfishon fido.
Garchi mening alimdadur hosili mulki mamlakat,
Etsa visoling aylaram barchai royigon fido.
Yig‘lama endi, ey ko‘zim, to‘kma yurakni qonini,
Dog‘ni toza ayladim, qonig‘a bo‘ldi qon fido.
Nodirai g‘azal saro nazmini ko‘rsa nogahon
Durri javohirin qilur fikrig‘a bag‘ri kon fido.
* * *
Gʻunchadek og‘zi aro ul lutfi guftori ajab,
Sun’i ilgi yo‘qdin izhor aylagay bori ajab.
Oldi ko‘ngul qushlarni har lahza mushkin turrasi,
Bola shohindurki, sayd aylarda tarrori ajab.
Baski majnundir aning husnig‘a gulshan gullari,
Gʻunchalardindur chaman bo‘ynida tumori ajab.
Ayladi oshufta tab’imni parishon turrasi,
Qildi baxtimni qaro xoli sitamkori ajab.
Ko‘zidin ozurdameiu, qoshidan ozurdaroq,
Zor ahvolimg‘a ozor uzra ozori ajab.
Har qachon kim noz etib chiqsa mayi gulfom ichib,
Qon to‘kar maydek damo-dam chashmi xummori ajab.
Yor vasli birla odat aylab erdim, Nodira,
Andin ayru menga bir dam sabr izhori ajab.
* * *
Tiyradur subhi nashotim, soqiyo, keltir sharob,
Shomi hijron zulmatida jomi maydur oftob.
Mohi tobon yuzligim, har lahza yod etsam seni,
Dudi bag‘rimdin chiqar o‘t ichra tushgandek kabob.
Band etib zulfing aro ko‘nglimni ozod etganing
Qush uchurgandek erur bog‘lab ayog‘iga tanob.
Koshki ohim nasimidin taharruk aylasa,
Yorkim ruxsorig‘a gul bargidin solmish niqob.
Hajr oshubi balodurkim, ani tashvishidin
Qatrai simob yanglig‘ ko‘nglim aylar iztirob.
Shod edi ul shohi davron vasli birla xotirim,
Aysh davronig‘a soldn davri gardun inqilob.
Bevafolardek seni hargiz faromush aylamas,
Nodira, yodingni aylar to dami yovmulhisob.
* * *
Gulga desam yo‘q kafi poyingga tob,
Diydama qo‘y, ey, buti zarrin, rikob.
Tashqari chiqma kechalar hashr o‘lur,
Chiqsa yarim kechada gar oftob.
Gʻarqai xuni jigar o‘ldi tanim,
Qon yosh ila muyi sar etdim huzob.
Turfa savoli labidin so‘rdi yod,
Jon berayin bo‘lmasa shirin javob.
Surati devor kabi bo‘lmisham,
Hasrati diydor ila bexo‘rdu-xob.
Jonima qasd aylar esang qil, valek
Tishlama la’lingni, qilursan itob.
Moyili zulm etma ko‘zing tarkini,
Yo‘qsa qilur mardum uyini xarob.
Bu kecha mayxonani dargohida
Piri mug‘ondin tilaram fathi bob.
Aylamading, ey buti paymon shikan,
Nodirani vasling ila komyob.
* * *
Gʻazab birla nigorim o‘tdi yonimdin shitob aylab,
Yuzin ko‘rguncha o‘ldurdi meni hajri azob aylab.
Pari yanglig‘ nazardin chehra pinhon etdi ul mahvash,
Firoqu hajr jomidin meni mastu-xarob aylab.
Ko‘ngul shodob erdi jur’ai jomi visolidin,
Solib hijron o‘tig‘a ketti bag‘rimni kabob aylab.
Muruvvat ayla, jono, sendin ayru tiyradir ayshim,
Prut kulbamni bir tun orazingni oftob aylab.
Icharmen may damo-dam yor la’lini xumoridin,
Meni mayxonadin man’ etma zohid ihtisob aylab.
Hnsob etmoqqa charx anjumlarin bor ehtimol anda,
Mening dog‘i dilimni lek bo‘lmaydur hisob aylab.
Labidin ayru qon yutmoq ishimdur borg‘il, ey soqiy,
Menga behuda kulfat berma taklifi sharob aylab.
Darig‘o, ketti oxir gavhari maqsud ilgimdin,
Topib erdim seni mahbublardii intixob aylab.
Vafo sarlavhi uzra Nodira mavzun kalomini
Yozar tahsini she’ri xisravi oliy janob aylab.
* * *
Yor la’lin yod etarmen g‘unchai xandon ko‘rib,
Sabzai xat sog‘inurmen bog‘ aro rayhon ko‘rib.
Sabzai xat la’l nobing uzra ma’vo ayladi,
Xizr qilg‘ondek vatan sarchashmai hayvon ko‘rib.
Dardi jongohu damo-dam, oh, ahvolim taboh,
Rahmi kelmasmu menga bu hol ila sulton ko‘rib.
Sovrulurman hajr vodisi aro Majnun kibi,
Girdubod aylar gumon dasht uzra sargardon ko‘rib.
Qecha la’li hajridin o‘lmoq menga dushvor edi,
Yuz tahayyur birla ilgin tishladi jonon ko‘rib.
Rashkdin yuz fitna barpo ayladi davri falak
Ko‘zlarim oyinasin yor oldida hayron ko‘rib.
Tong emasdir bo‘lsa (bu) muddatda ustodi suxan,
Nodira ash’orig‘a tahsin etar Salmon ko‘rib.
* * *
Beray jon visol ichra, ey no‘shi lab,
Firoqingda tokay qilay tobu-tab.
Jamoling menga muddao subhu shom,
Visoling menga orzu ro‘zu-shab.
Agar kelsa boshimg‘a tig‘i ajal,
Qilurmanmu yo‘lingda tarki talab.
Qading misrai sho‘xu barxastadur,
Bo‘lib husi devonidin muntaxab.
Meni zor Farhodu Majnunnajod,
Erur yor Shirinu Layli nasab.
Na mahfilda shahdu shakar yolading,
Ki bir-birga chaspondur ul ikki lab.
Firoqida sham’i shabi hajrmen,
Emas kuymagim Nodira besabab.
* * *
Ketmadi mendan qadah birla xumori oftob,
Subh yanglig‘ tortadurman intizori oftob.
Sarf qilg‘umdur oni(ng) jomi visoli naqdina
Gar muyassar bo‘lsa la’li obdori oftob.
Mohro‘larni yuzing oyi musaxxar ayladi,
Muncha bo‘lmas anjum ichra iqtidori oftob.
Orazingni (ng) tobidin bo‘ldi nazokat dastgoh,
Turfa gullar zohir etdi navbahori oftob.
To yuzing oyi namoyon bo‘ldi husn aflokida,
Rashk o‘tidin tiyra bo‘ldi ro‘zgori oftob.
Gar ko‘zim husning chirog‘idin munavvar bo‘lmas,
Ravshan etmas partavi nuri sharori oftob.
Nodira, ohim sinonidin tavahhum tortibon
Charx maydonidadur chobuksuvori oftob.
* * *
Sayd etdi meni ul ikki qullob,
Bo‘ynimda kamandi zulfi purtob.
Qoshini qilichig‘a bo‘yin sun,
Oshiqqa budur tariqi odob.
Gulxan kulida farog‘at etgan
Qilmas havasi samuri sanjob.
Tirdoba erur ko‘zimni yoshi,
Oshiqni halok etar bu girdob.
Orom toparmu charx davri,
Doim harakat etar bu do‘lob.
Olam elida vafo topilmas,
Bu gavhar erur jahonda noyob.
Qondur jigarim labidip ayru,
Keltur menga, soqiyo, mayi nob.
Ushshoq misoli korvondur,
Ul qofilada erur vafobob.
Yosh o‘rnida, Nodira, ko‘zimdin
Hajrida oqar mudom xunob.
* * *
Agar gulshang‘a kirsa sarv gulro‘yim xirom aylab,
Yugurgay sarv gul yuz marhabo birla salom aylab.
Xiromon keldi yoru, qomati ta’zimiga bexud
Yiqildim soyadek yerga turarg‘a iltizom aylab.
Qilurga kunduzimni kecha xurshidi jamol uzra
Parishon ayladi gisularin subhimpi shom aylab.
Sihi qadlar panohi gul jabinlar podshohisan,
Chamanda sarvni ozod etar qadding g‘ulom aylab.
Xusho, oqilki, aylab yaxshiliq bunyodini mahkam
O‘tar bu dayr fonidin o‘zini neki nom aylab.
Masih azmi safar aylab quyoshg‘a bo‘ldi hamsoya,
Bo‘lur himmat bila aflok ustida maqom aylab.
Gʻizoli umrkim vahshatdadur payvasta ram birla
Bo‘lurmu yuz ming afsun birla bu vahshini rom aylab.
Ko‘ngul sayd etgani omoda qilmish ishq sayyodi,
Pariro‘lar kamandi halqai zulfini dom aylab.
Qalam tahrir etarda nay shakardin bo‘lsa gong ermas,
Labing vasfini aylar Nodira shirin kalom aylab.
Soqiyo, hajr davosini demish gar mayi nob,
Tuta ko‘r maykadada qayg‘uli oshiqqa sharob.
* * *
Soqiy, menga qadah (tut) bu dayr aro labo-lab,
Zuhd ahlidin o‘sondim, tutdim seningla mashrab.
Husning tajallisidin betob mohro‘lar,
Andoqki zohir o‘lmas xurshid chiqsa kavkab.
Yerimni vasli birla olam munavvar erdi,
Bor erdi mohi tobon xurshidg‘a muqarrab.
Majnuni benavoni taklifi joh qilma,
Kim telbalar boshida yo‘qdur havoyi mansab.
Muhtoji dargohingmen yuz ming umid birla,
Men qulni bu eshikdan navmid qilma, yorab.
Tig‘i zaboning o‘ldi miftohi ganji donish,
Allomai zamondur olingda tifli maktab.
Qil, Nodira, muyassar sho‘ri junun jahonda
Ishqu muhabbat o‘ldi oshiqqa dinu mazhab.
* * *
Chiqdi ul gulgun qabo maydon aro javlon etib,
Gʻamza tig‘i birla oshiqni yurogin qon etib.
Mahvashim maydon aro beparda javlon ayladi
El ko‘zin oyinadek diydorig‘a hayron etib.
Povaki mujgonlari qatlimg‘a tirkish bog‘lamish,
Choklig‘ ko‘nglimni qoshi yosig‘a qurbon etib.
Ul xudovandiki, qildi yeru-ko‘kni oshkor,
Shukrkim, bizni gado qildi, sani sulton etib.
Bo‘ylakim mumtoz erursan barcha sultonlar aro,
Shod qilg‘il bandalarning ko‘nglini ehson etib.
Mubtalomen to asiri zulfi purtobing bo‘lay,
Qil meni ozod boshing uzra sargardon etib.
Boqmading bir lutf ila, ey bemuruvvat sang dil,
Nodira hajringda yig‘lar nolau afg‘on etib.
Men ki qoldim hajr vayronida besomon bo‘lib,
Yer kelmas kulbai ehzonima mehmon bo‘lib.
Dashtu sahrodin so‘rog‘ingni topolmay dard ila
Aylanib keldim yana g‘am uyiga hayron bo‘lib.
Sharbati la’ling xumori birla chandon yig‘ladim,
Qatra-qatra ko‘zlarimdin oqti bag‘rim qon bo‘lib.
Vasl aro mag‘rur edim diydorig‘a, shomi firoq
O‘rtadi jismimni oxir otashi hijron bo‘lib.
Aylasam devonalig‘ ayb etmangizkim, ul pari
Gʻoyib o‘lmishdur nazardin jilvasi pinhon bo‘lib.
Nodira, ul mehri tobon shavqida qildim junun
Oshkoro bo‘ldi ishqim shuhrai davron bo‘lib.
* * *
Chaman riyozila gulgasht murg‘zor qilib,
Ko‘ngulni sayd etar sarv qad shikor qilib.
Gʻizolalarni ko‘zi sayd qildi sahroda,
Qoshi uqobini shohin patiga yor qilib.
Kelurmukin yana ul shahsuvor maydong‘a?
Ki bordi ul kecha ko‘zlarni intizor qilib.
Qilurmen ishqu junun karvonig‘a imdod
Sirishk noqalarin ashki shashqator qilib.
Tanimda hajr o‘qini zaxmi benihoyatdur
Ki bo‘lmag‘ay ani yuzdan birin shumor qilib.
Netayki dahr guzargohida bu telba ko‘ngul
Yo‘luqti hajriga vaslini ixtiyor qilib.
Jahonda, Nodira, yoring pari misol erdi
Bo‘lurmu husnini oyinaga duchor qilib.
* * *
Yuzingdur qiblai ahli munojot,
Jamoling sham’idin ravshan xarobot.
Bugun mayxonada sahbo qilur jush,
Erur piri mug‘ondin bu karomot.
Surohi qul-qulin aylar muqarrar,
Erur bu chor quldin daf’i ofot.
Chu haq mavjud erur, odam adam bil,
Suluk ahliga budur naf’yu isbot.
Ko‘tarmak tog‘ni oson emasdur
Menu hijron g‘ami hayhot-hayhot.
Meni holimg‘a yig‘lar oshinolar,
Erur hayron menga begonadin yot.
Jahonda, Nodira, ishq ixtiyor et
Muhabbatsiz kechurgon hayf avqot.
* * *
Rafiqo, menga bir dam do‘stlig‘ rasmini izhor et,
Ki men bordim o‘zimdii, yor agar kelsa, xabardor et.
Qachon ishq ahlini o‘lturmog‘ini ixtiyor etsang,
Jafo tig‘i bilan avval meni(ng) bag‘rimni afgor et.
Haqorat birla, ey soqiy, boqar mayxona ahlig‘a,
Sunib bir jomi may zohidni anda naqshi devor et.
Mening holimg‘a yig‘lar dashtu sahrolarda vahshilar,
Agar ko‘yiga borsang, ey sabo, yorimg‘a izhor et.
Erur piyri mug‘ondin bu bashorat, turgil ey, soqiy,
Labo-lab jom ila zohidni da’vosini bekor et.
Qading ra’no niholi sarvdur, jono, xirom aylab
Chaman gulgashtida tovusqa sen ta’limi raftor et.
Yumulmas ko‘zlarim, ey mohi toboi, ishtiyoqingdin
Chiqib yer ostidin mushtoqlarg‘a arzi diydor et.
Zulayxo mushtaridur ganj gavhar birla vaslig‘a,
Jahon ahlinn Yusufdek jamolingg‘a xaridor et.
Guli savsan ochildi, benavoliq qilma, ey bulbul,
Chamanda Nodira ash’ori birla nolau zor et.
* * *
Gar ahli vafo istasa koshona salomat,
Bo‘lsun meni maxmurg‘a mayxona salomat.
Ul husn shifoida ko‘ngul kuysa ajab yo‘q,
Qolg‘aymu chirog‘ ustida parvona salomat.
Devona muhabbat yo‘lida bevatan ermish,
Obod agar bo‘lmasa, vayrona salomat.
Gar sinsa surohiyu, sabuh zohid alinda,
Bo‘lsun meiga sog‘ar ila paymona salomat.
O‘lmak zararidin meni bir zarra g‘amim yo‘q,
Gar bor esa jon bergali jonona salomat.
Yaxshi-yu, yomon bir-bnriga mug‘tanam ermish,
Farzona tirik bo‘lsin-u, devona salomat.
Obod o‘la, ey Nodira, iqlimi tajammul,
Jamshidi zamon, xisravi Farg‘ona salomat.
* * *
Na gul sayr ayla, na fikri bahor
Jahondin kech, hayoli vasli yor et.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur
Gar odamsan muhabbat ixtiyor et.
Uzoru qaddu, raftoringni ko‘rsat,
Chaman sarvu gulini sharmsor et.
Labi maxmurdurmen jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i xumor et.
Aialhaq, mojarosin aylading fosh,
Kel, ey, Mansur, istiqboli dor et.
Duri ashku aqiqi, xuni dilni,
Kelu yoring ayog‘iga nisor et.
Kuyib, ey Nodira, olam elig‘a
Muhabbat shevasini oshkor et.
* * *
Kelg‘il, ey yor, vafo rasmini tut,
Sham’i ruxsor ila kulbamni yorut.
Yer la’li labidin ayrilding,
Ey ko‘ngul, emdi damo-dam qon yut.
Ko‘zlarim yig‘ladi zulfingni ko‘rib,
Ki yog‘in boisidur tiyra bulut.
Qil faromush bu olam g‘amini,
Boda ich, may bila ko‘ngulvi ovut.
Kishig‘a himmati mardona kerak,
Yo‘qki, oroyish ila rishu burut.
Xuni dil birla jigar porasidin
Bodadur la’li mufarrix yoqut.
Nodira da’viyi ishqingni qilib,
Qo‘li bu mahkamada topti subut,
* * *
Ey sabo, rozi dilimni bexabar yorimg‘a ayt.
Dardlig‘ ko‘nglimni ahvolini dildorimg‘a ayt.
Hajr dardidin yurakda qoldi dog‘ ustida dog‘,
Sharh etib bu mojaroni lola ruxsorimg‘a ayt.
Furqat ichra tushdi savdoi Zulayxo boshima,
Qimmati Yusuf baho topti xaridorimg‘a ayt.
Lutf etib so‘rsa meni xolimni ul nomehribon,
Uldi hijroningda deb yori vafodorimg‘a ayt.
Sendin ayru talxikom etdi debon zahri firoq
Yoshurun dardimni ul la’li shakarborimg‘a ayt.
Yuz salom aydim, na bo‘lg‘ay bir yo‘li ul ham desa
Bul salomimni o‘shal oshiftai zorimg‘a ayt.
Nodira sensiz tiriklikdin na rohat ko‘rdi deb
Ul humoyun toli’i farxunda atvorimga ayt.
* * *
Sayr etarda naxliston yor qaddini yod et,
Men qachon dedim senga, orzui shamshod et.
Hajr shehnasi oxir o‘ltirar asiringni
Bir qiyo boqib, jono, bandi g‘amdin ozod et.
Bo‘ldi yor savdosi, oshiq ersang, ey ko‘nglum,
Naqd jon muhayyo qil, yor xotirini shod et.
E, ko‘ngul, fig‘oningdin tiyradur falak qasri,
Bu binoni vayron qil, ishq uyini obod et.
Qon to‘karga moyildur qoshlaringni shamshiri,
Elni qatli om etsang, ko‘zlaringni jallod et.
Gulshan ichra, ey bulbul, subhdam navo tortib,
Gul yuzini yod aylab, nola birla faryod et.
Nogoh ul jahon shohi kelsa, ey ko‘ngul, borg‘il,
Shoh inonini ushlab, hajr ilgidin dod et.
Dahr kishtzorida bir sharoru yuz xirmon,
Kuydirurg‘a olamni barqi ishq bunyod et.
Hajr mojarosig‘a, Nodira tahammul qil,
Beqaror ko‘nglingni sabr birla mu’tod et.
* * *
Hajrdin maxmurmen, soqiy, labo-lab jom tut.
Men kabi har kimki bo‘lsa rind dard oshom tut.
Istasangkim, dargohida posbon o‘lmoq mudom,
Berma vahshat hajr ila ko‘nglim g‘izolin rom tut.
Benavolarmiz, falak xurshidi yanglig‘, soqiyo,
Jomi sarshori sabuhi bizga har ayyom tut.
Bo‘lsa gar maqsad ko‘ngullar qushlarin sayd aylamak,
Dona qil xoliigni, zulfing halqasidin dom tut.
Yer kuyi itlarig‘a nogoh o‘lsang hamnishin,
Oshnolardur alarg‘a izzatu ikrom tut.
Gar zamone dahr g‘avg‘osidin istarsen faror,
Sokini mayxona bo‘l, bir go‘shada orom tut.
Bo‘lmag‘il Farhodu Majnundek jahon afsonasi,
Ishq aro, ey Nodira, oyini nangu nom tut.
* * *
Oshiq o‘lding, ey ko‘ngul, emdi rohi mayxona tut,
Mast o‘lib, soqiy ayog‘ini o‘pib paymona tut.
Eyki dersan, oshino, begonadin ko‘rmay zarar,
Olam ahlidin o‘zingni bir yo‘li begona tut.
Husni ishq aylar sening xokistaringni to‘tiyo,
Sham’idan kuymakni kasb et, mazhabi parvona tut.
Gar tilar bo‘lsang havodis shohibozidin omon,
Nug‘z yanglig‘, ey ko‘ngul, bir go‘shada vayrona tut.
Donishu fahmu xirad, sabru sukunu aqlu hush,
Barchani parvonai sham’i ruhi jonona tut.
Bo‘lma giyru dorig‘a mag‘rur gar oqil esang,
Davlati dunsni uyqu farz qil, afsona tut.
Aylagil obod tavfiqu adolat mulkini,
Nodira, mavlo yo‘lida himmati mardoni tut.
* * *
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shahu, men benavo lutf ayla, faryodim eshit.
Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misra’i barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.
Sarvinozim, sendin ayru naxli ohim bo‘ldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.
Har nechakim sabr ta’mirini bun’yod ayladim,
Ashk selobida vayron o‘ldi obodim, eshit.
Barcha yoru oshnodin aylading begonalig‘,
Necha kunlar bo‘ldi hargiz qilmading yodim, eshit.
Kelki, bir soat seni ko‘rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo‘ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.
Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu g‘azalni tab’i noshodim, eshit.
* * *
Meni(ng) jununima Majnunni bermangiz nisbat,
Qilurmu xoru xashak tobi shu’lai g‘ayrat.
Chekarda jov menga taqlid qilmasin Farhod,
Firoq tog‘ida behuda chekmasun kulfat.
Meiga barobar emas ko‘hkan bilan Majnun,
Alarda yuz g‘am edi, lek menda ming hasrat.
Jahonda bo‘ylaki bo‘lmishmen ishq oyinasi,
Menga ziyoda bo‘lur yor husnidin hayrat.
Gʻamimni zarrasini tog‘larga arz etsam,
Tahammul aylamagay, tog‘ keltirib toqat.
Bu dardu g‘amki aning notovon ko‘ngul ko‘tarur,
Muhabbat ahlig‘a yuzdan biri erur ofat.
Gʻamimni sharhini yuz minggidin birini dedim,
Falak ani ko‘tarurda xam ayladi qomat.
Bu g‘amni tog‘ ko‘tarmas edi, valek menga
Berib tahammulini qo‘ydi jonima minnat.
Siyehr martabai ishqni baland ko‘rib,
Dediki Nodirani himmatiga yuz rahmat.
* * *
Necha muddatki ko‘ngul g‘ayr ila tutti ulfat,
Meni sargashtani dog‘ ayladi favti fursat.
Bormog‘im amr ila ul, yerga zarurat erdi,
Yo‘qsa shoyista etmas bandag‘a tarki xizmat.
Surmai chashmi dilimdur eshiking tuprog‘i,
Dargohingdin menga ovvoralig‘ ermas hojat.
Sa’d erur axtari iqbol humoyun toli’,
Saltanat chokaru, quldur senga baxtu davlat.
Xizmating boisi osoyish erur qullarg‘a,
Sendin ayrilsa kishi umrida yo‘qdur lazzat.
Ostoningga qo‘yib farsh qilay boshimni,
O‘zga manzilda topilmas menga sepsiz rohat.
Ko‘kaning bandalig‘in Nodirag‘a arz aylab
Qo‘yg‘il, ey bodi sabo, jonima andin minnat,
* * *
Ramozon oyida har kimda farovon hojat
Elgadur sham’u menga diydai giryon hojat.
Basdurur kavkabi ashkimni chirog‘i kechalar
Menga g‘am shomi emas, sham’i shabiston hojat.
Ro‘za iftorida xuni jigarimdur kofi
Benavolarg‘a emas ne’mati alvon hojat.
Shoh- haqig‘a duo olmoq uchun kulbamg‘a
Shom vaqtida bo‘lur har kecha mehmon hojat.
Bog‘aro dilni etar mashqi xayoli ranggin
Bog‘bon, menga emas sayri guliston hojat.
Har faqiriki qilur xokn harimida maqom
yo‘q anga saltanati qaysaru, xoqon hojat.
Ro‘zaga Nodira boz ayla sahovat eshikin
Bo‘lsa haq rahmatidin ravzai rizvon hojat.
* * *
Soqiyo, maxmurdurmen jom tut,
Bir nafas tarki g‘ami ayyom tut.
Domi g‘amdin istabon ozodlig‘,
Sog‘ari may subhdii to shom tut.
Boda no‘sh et, qilma beoromlig‘,
Aysh vahshidur, zamone rom tut.
Ey pari paykar, ko‘zimni manzari,
Xush nashimandur dami orom tut.
Emdikim, oshiq bo‘libsei, ey ko‘ngul,
Vaslii istab tarki nangu nom tut.
Gar ko‘ngul saydi senga maqsad esa,
Halqa-halqa sunbulini dom tut.
Vasl jomi to sening ilkingdadur,
O‘zni yo Jamshid, yo Bahrom tut.
Sof may gar no‘sh etarsen, durdini,
Bazli jomi rindi durd oshom tut.
Vasl aro kom istabon ey, Nodira,
Endi o‘zni necha kun nokom tut.
* * *
Har kimda agar bor esa osori muhabbat,
Aylar anga mahbublar izhori muhabbat.
Mayxonai ishq ichra xush ul rindnki, tunlar
Bir jur’a uchun bor esa bedori muhabbat.
Xushdur kishi dunyo g‘amini qilsa faromush
Lojur’a chekib sog‘ari sarshori muhabbat.
Tut g‘ayrdan ey xasta ko‘ngul, dog‘ini pinhon,
Gar so‘rsa birov aylag‘il inkori muhabbat.
Rohat tilasang ishq binosini panoh et,
Osuda erur sopi devori muhabbat.
Bolini uza bordi ayodatg‘a Masiho,
Xurshid edi charxida bemori muhabbat.
Gar ta’nai ag‘yordin, ey dil, hazar etsang,
Olam elig‘a bo‘lmag‘il iqrori muhabbat.
Tasbihi riyoi ila mag‘rur edi zohid,
Tavfiq topib bog‘ladi zinnori muhabbat,
Ey Nodira, zuhd ahlini mayxonada ko‘rsang,
Dam urmaki, fosh o‘lmasin asrori muhabbat.
* * *
Kel dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket.
Bedardlaring jafelaridin
Faryod chekib fig‘on etib ket.
Dunyo chamaniii bulbulisen
Gul shoxida oshyon etib ket.
Ey ashk, ko‘zimni maktabidin
Hayrat sabaqin ravop etib ket.
Olam chamaniki bevafodur,
Bir oh bila xazon etib ket.
Ushshoq maqomi bo‘stondur,
Azmi rahi bo‘ston etib ket.
Maqsad na edi jahona kelding?
Kayfiyatini bayon etib ket.
Fosh etma ulusqa ishq sirrin,
Ko‘ngulda ani nihon etib ket.
Kel ishq yo‘lida ko‘zlaringni
Ey Nodira, durfpshon etib ket.
* * *
Jon ko‘rmadi ro‘zadin halovat
Iftorda yorsiz na lazzat!
Yor aylasa yori birla iftor,
Yo‘q ro‘zada mundin o‘zga davlat.
El barcha visol bazmida shod,
To subh chekib surudi ishrat.
Har shom menga navolai g‘am
Iftor qilurga bo‘ldi qismat.
Mohi ramazonki, fayzi cho‘qtur,
Men xastaga yorsiz na rohat.
Har shom ko‘zimni yoshi sham’im,
Xuni jigarim ba joyi sharbat.
Hijron ila ro‘za javr etolmas,
Gar yor esa, Nodira, salomat.
* * *
Kuyma deb aylamadi hech kishi parvonaga bahs,
Oqil ersang na qilursan meni devonaga bahs.
Shisha sarshori mayi nob erur so‘rma sabab,
Labidan nash’a topar aylama paymonaga bahs.
Sho‘xlik birla Xo‘tan dashtida Mochin kiyiki
Bo‘ldi rasvo, qilib ul nargisi mastonaga bahs.
Sirri zulfi girihin ochmoq emasdur oson,
Besabab aylama mashshota bugun shonaga bahs.
Seli sahroda qilur shavq ila javlon, lekin
Chug‘zni dushmanidur aylasa vayronaga bahs.
Dardlig‘ qissai ishqim ne emishdi Farhod,
Telba Majnundek ani qilsa bu afsonaga bahs.
Aylading jahd ila ta’miri muhabbat obod.
Kim qilur, Nodira, bu himmati mardonaga bahs.
* * *
Jonimg‘a jafolar bala jonona qilur bahs
Bir lahza ko‘zim yoshinn to‘fona qilur bahs.
Ul zulfi dil oviyzini ishkolini ochman,
Behuda nadin til tuzatib shona qilur bahs.
Zohid, meni devonaga ko‘rguzma taarruz,
Majnunni qachon oqilu farzona qilur bahs.
Kuymoq erur oshiq ila ma’shuq tariqi,
Bir mahfil aro sham’ ila narvona qilur bahs.
Kimdur to‘lin op bo‘lsa jamolingga barobar,
Xurshida qulog‘ingda(gn) durdona qilur bahs.
Bu marhalada qolmadi xalq ichra tafovut,
Bu turfaki oqil ila devona qilur bahs.
Otashmidur, ey Nodira, bu madrasa ahli,
Har necha ki taslim etaram yona qilur bahs.
* * *
Har qachon kim desa ul la’li shakarbor hadis,
Talx o‘lur to‘tiya guftor ila bis’yor hadis.
Gungu lol o‘lg‘usidur bulbulu to‘ti nogoh
Ul shakarlab nafasi aylasa izhor hadis.
Bildilar chunki jahon ahli hadisini sahih,
Tong emas bo‘lsa ulus og‘zida takror hadis.
Ishq asrorini izhor qilib fosh etma,
Kim bu yanglig‘ demish ul voqifi asror hadis.
Labidin so‘rma hadisiki erur tilga garon,
Yor nozik labig‘a bermasin ozor hadis.
Belini(ng) borlig‘in qildi kamarbandi ayon,
Og‘zi yo‘q erdi, ani qildi padidor hadis.
Sharh etib yozmoq uchun la’l labingni sifatin,
Nodira ayladi chun gavhari shahvor hadis.
* * *
Damiki lablaridip zohnr etsa yor hadis,
Ulusni kotirini aylagay shnkor hadis.
Labing hadisini jon lavhina savod ettim,
Ko‘zim qarosi kabi bo‘ldi mushkbor hadis.
Guhar o‘zini sadaf ichra ayladi pinhon,
Chu zohir ayladi ul la’li obdor hadis.
Biri labingni hadisidek obdor etmas,
Ko‘ngul sahifasina yozmisham hazor hadis.
Kalom chog‘ida har so‘zki zohir etdi labing,
Sadaf guharlariii qildi sharmsor hadis.
Takallum etdi muloqot la’l nobing ila,
Fasohat ahli aro topdi e’tibor hadis.
Labingdin ayru tushib Nodira kitobot ila
Qaro libos kiiib qildi suvguvor hadis.
* * *
Bevafodur bu jahon sudu ziyon barcha abas,
Kim g‘amu ayshu bahor ila xazon barcha abas.
Bo‘lma andishai savdosi bila sargardon,
Yo‘qu bori g‘amidin vahmu gumon barcha abas.
Topmasa yor janobig‘a sharaf birla qabul,
Ohu faryoding ila sho‘ru figon barcha abas.
Bo‘lmasa oshiqa gar yor visoli maqsud,
Orzui havasi jonu jahon barcha abas.
Fuqaro holig‘a gar boqmasa har shoh, anga
Hashmatu saltanatu raf’atu shon Sarcha abas.
Yuoh uldurku, raiyatga tarahhum qilsa,
yo‘q esa qoidai amnu omoi barcha abas.
Nodira, bo‘lmasa gar ishq o‘tini ta’siri,
Alami zohir ila dog‘i nihon barcha abas.
* * *
Ketdi hushum ul parivash jilva og‘oz aylagach,
O‘rtada jon pardasin mutrib navo soz aylagach.
Tong emas qilsa yuzi mashshotani bedastu po,
Ayladi oynnani suv, chehra pardoz aylagach.
Lablari to‘kti tabassum shahdndin obi hayot,
Ko‘zlari yuz fntna barpo apladi, noz aylagach.
Noz birla bog‘boni sun’i bu gulzor aro
Sabz xurram qildi sarvingni sarafroz aylagach.
Fursati umri kiromi etganin rasvo, ko‘ngul
Bildi g‘aflat uyqusidin ko‘zlarin boz aylagach.
Sayd etar bir damda olam ahlinn murg‘i dilin,
Qoshlarin shohin etib, ko‘zlarni shahboz aylagach.
Vomiqu Farhodu Majnundin muqaddam bildi yor,
Nodira ishqini oshiqlikda mumtoz aylagach.
* * *
* * *
Ko‘zlarim mushtoqdur diydor uchun ruxsora och,
Pardani yuzdin ko‘zim qilg‘uncha bir nazzora och.
Pardai nozu hayo xomush la’lingdin ko‘tar,
Ikki gul bargini birdin guhar guftora och.
Besutun tog‘ida ko‘p jon chekmag‘il, ey ko‘hkan,
Ko‘kragimdin juyi shir o‘rnig‘a o‘tlug‘ yora och.
Ey ko‘ngul, dudi fig‘oningdin kavokib tiyradur
Oh ko‘p chekma, hijobi sobiti sayyora och,
Shavq komil bo‘lsa muxlis ko‘chasi masdud emas,
Ey sharar, bir jazba birla rohi sangi xora och.
Muncha pinhon dog‘kim, ey jon, falak qo‘ydi senga,
Yor agar kelsa giriboningni aylab pora, och.
Nodira ohi dilu sho‘ri junun barpoy qil,
Ushbu lashkar birla olam mulkini yakbora och.
* * *
Tiyra dilman shona zulfingni parishon aylagach,
Subhi ayshim shomi g‘amdur chehra pinhon aylagach.
Soldi ishq ahlig‘a rastoxez hijron ofati,
Ohni sarsar qilib, ashkimni to‘fon aylagach.
Bargi gul keltirmadi ul husni anvorig‘a tob,
Qildi gullarni xazon sayri guliston aylagach.
La’lidin dardimga darmon aylar erdi vasl aro,
Chora qilmas mubtaloi dardi hijron aylagach.
Benavoman dayr aro soqiyni istig‘nosidin,-
Jomni yig‘latdi miyno bag‘rini qon aylagach.
Chobukikim, g‘amza tig‘i birla ushshoq ahlini
Qatli om aylar, ko‘zi maydonda javlon aylagach.
Nodira gar vasli davronni g‘animat bilmadi,
O‘rtanur erdi xayoli shohi davron aylagach.
* * *
Ey ko‘ngul, yor uchun jahondin kech,
Havasi bog‘i-bo‘stondin kech.
Anga o‘zluk bila yetib bo‘lmas,
Istasang yor vasli jondin kech.
Olam ahlida chun vafo yo‘qtur,
Bir yo‘li yaxshiyu, yomondin kech.
Bo‘lg‘il anqoi qofi istig‘no,
Ey humo, mushti ustixondin kech.
Bo‘lding, ey jon, asiri shahri fano,
Kim dedi mulki jovidondin kech.
Kech deding yoru oshinolardin,
Menga lekin dema falondin kech.
Nodira sho‘ri ashki daryodur,
Ushbu daryoi begirondin kech.
* * *
Vasli yor istasang jahondin kech,
Harna taqdiring o‘lsa ondin kech.
Tilasang vasl, o‘t jahon g‘amidin,
Na jahon, balki jismu jondin kech.
Bir nazar qomati xiromig‘a boq,
Muddati umri jovidondin kech.
Bordur olam binosi vahmu gumon,
En ko‘ngul, vahm ila gumondin kech.
Bo‘lmagil yaxshiyu, yomong‘a taraf,
Bexud o‘l, yaxshiyu, yomondin kech.
Ko‘yi tufrog‘ini nashiman qil,
Sayri gulzoru bo‘stondin kech.
Yorkim yer tubida pinhondur,
Nodira, mohi osmonidin kech.
* * *
* * *
May ichsang, ey ko‘ngul, eldin nihon ich,
Labi yodi bila may royigon ich.
Agar g‘amdin xalos o‘lmoq tilarsen,
Surohidek sharobi arg‘uvon ich.
Ko‘ngul, shodob eding vasli mayidin,
Labidin ayru tushding emdi qon ich.
Kirib mayxonag‘a g‘amdin omon top,
Damo-dam jom tut, may har zamon ich.
Mayi nob el iyoriga mahaq (dur)
O‘zingni aylamakka imtihon ich.
Budur mazmuni mavji bodai nob
Ki sahbo pirni aylar juvon, ich.
Senga, ey Nodira, jomi muhabbat
Chu sundi soqiyi shirin zabon, ich.
* * *
Qilmag‘il zinhor izhor ehtiyoj,
Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj.
Hech kim olamda forug‘bol emas,
Har kim o‘z miqdoricha bor ehtiyoj.
Ganji husningni zakotin ber menga,
Sen g‘aniysan, menda bisyor ehtiyoj.
Ko‘zlarim aylar yuzingni orzu,
Kim erur ko‘zguya diydor ehtiyoj.
Mustamand etti meni muhtojlik,
Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.
Gar tilarsen obro‘ ahbob aro,
Aylama zinhor izhor ehtiyoj.
Qil ravo albatta oshiq hojatin,
Boqmag‘il arz etsa ag‘yor ehtiyoj.
Bir tarahhum zohir etsang netgusi,
Qildi husningga meni zor ehtiyoj.
Yer vaslini tilarman, Nodira
Ayladi ko‘nglimni afgor ehtiyoj
* * *
Ey jamoling sabohat ichra sabih,
Husn ahli zimrasida sabzi malih.
Bo‘lma mag‘rur muddai so‘zina,
Ani qavli sahimdur, na sahih.
Men kabi lofi ishq urib zohid,
Elga rasvolig‘in qildi sarih.
Lablaringdur Masihu, Xizr labing,
Sendin istar hayot Xizru, Masih.
Kufr islom eliga zulfingdin
Aqlu zinnoru halqau, tasbih.
Tarki ishq et, dedi menga zohid,
Demadi hech telba muncha qabih.
Nodira vozei maoniyi shavq
Anga taslim etar sharifu, vazih.
* * *
Firoqing otashidan ohu avvah,
Ki toqat aylamas bu o‘tqa do‘zax.
Yurak zaxmida paydo bo‘ldi yo‘l-yo‘l
O‘qing paykoni go‘yo erdi rax-rax.
Bali bir-birga oshiq birla zohid,
Muxolifdur nuchukkim o‘t bila yax.
Shah aylar masnadi noz uzra orom,
Meni devonaga bas xoki go‘lax.
Jahon, ey Nodira, ed maqtalidur,
Emastur joyi osoyish bu maslax.
* * *
Agar bo‘lsa kishini yori farrux,
Muborakdur yuzi diydori farrux,
Qani ul yordek shirin shamoyil,
Jamoli dilkashu, atvori farrux.
Mening yorim parilar shohi erdi
Labi shahdu, shakar guftori farrux..
Niholi qomati sarvi xiromon,
Yuzi gul, la’li shakarbori farrux.
Erur mayxona fayzi maymanatlig‘,
Labo-lab sog‘ari sarshori farrux.
Menga zohid yuzidur nomuboran,
Valekin jubbau dastori farrux.
Bo‘lubdur Nodira mumtozi ma’ni,
Kalomi ravshanu ash’ori farrux.
* * *
Riyou, hirsu, tama’ savtidur taronai shayx
Eshitmagum, hama afsun erur fasonai shayx.
Sanamlar ishqina toqat qilolmayin nochor
Yoshundi savmaaga zuhd o‘lib bahonai shayx.
Riyou zarq g‘ariqida tashnakom o‘lur,
Sarobi bahri xayoloti begironai shayx.
Xamush etarman ani bir sharori oh ila,
Agarchi tez erur o‘t kabi zabonai shayx.
Ko‘ngullar o‘ldi sovuq suhbatidan afsurda,
Erur chu bodi xazon ohi oshiqonai shayx.
Berur g‘urur ila oroyishi fashu dastor,
Ki xudnamolig‘ erur zebi korxonai shayx.
Topilsa, Nodira, bir shayxi orifi komil,
Boshim havosin etay nazri ostonai shayx.
* * *
Yor kerak oshiqa, menda sevar yor yo‘x,
Dardu g‘amim beadad so‘rgali g‘amxor yo‘x.
To abad odob o‘la shahri fano ko‘chasi,
Jannat erur oshiqa andaki ozor yo‘x.
BO‘ldi xayoling bila ko‘nglim uyi dilkusho,
Kelki, bu zayronada soyai devor yo‘x.
Mahfili ayyom aro moyai ayshu nashot
Barcha muhayyo menga, hayfki, dildor yo‘x.
Gʻunchau gul teng emas la’ling ila ogzinga,
Gulda shakar xandau g‘unchada guftor yo‘x,
O‘tsa xirom aylabon jilva bila chobuknm
Yetmas aning qaddig‘a sarvda raftor yo‘x.
Elga ne tong aylasa ohu fpg‘onim asar,
Menga bukun, Nodira, yordin osor yo‘x.
* * *
Bog‘ sayr et, karami dovara box,
Gulni boshidagn toji zara box.
Xudi zarrin menga ohim sharari,
Sham’i farqi sarida mag‘fara box.
Qon to‘kar g‘amzasi, mujgonlari ham,
Ko‘zi qatlig‘a chekan xanjara box.
Hajr tig‘i bila bag‘rim yuz chok,
Ani har chokiga yuz ming yara box.
Sham’ yanglig‘ giyah burkin zarrin
Dudi ohimdin etar qarqara box!
Vahshat aylarmu kiyik Majnundin,
Menga, ey ko‘zlari ohu, bara box.
Nodira, dahr elini sarhuga bil,
Soqiyi davr alida sog‘ara box.
* * *
Ul pari paykarki hajridin jahonim bo‘ldi talx,
Sharbati la’lidin ayru komi jonim bo‘ldi talx.
Voykim, jomi visolidin farah topti raqib,
Ishratim, ey soqiyi shirin zabonim, bo‘ldi talx.
Komi jon vaslingda shirin erdi men masti g‘urur,
Emdi hijroningda, ey nomehribonim, bo‘ldi talx.
Ne halovat ko‘rgamen hajringda bu mayxonadin,
Nash’a zahr o‘ldi, sharobi arguvonim bo‘ldi talx.
Siybi g‘abg‘ab birla unnobi labing hijronida,
Mevai alvoni bog‘u bo‘stonim bo‘ldi talx.
Sharbati la’lingdin ayru topmadim jon lazzatin
Komima ishrat mayi, ey dilistonim, bo‘ldi talx.
Vasl davronida ayshu ishratim jovid edi.
Nodira, hijronda ayshi jovidonim bo‘ldi talx.
* * *
Tushti ohimdin bu oqshom charx maydonig‘a dud,
Kim asar qildi falakni mehri tobonig‘a dud.
Bahri ashkimdin rutubat ketti to taxtassara,
Yetti ohimdin falak toqi namoyoniga dud.
Kecha ul gisu tamannosida chektim ohlar,
Tong emas andin tutashsa charx ayvoniga dud.
Sham’i ruxrosshsh atrofida pechitob o‘rar,
Turfa o‘xshar yorning zulfi parishonig‘a dud.
Sham’dek o‘rtab tanimni ehtiyot et dudini,
Kim keraklikdur savodi xatti rayhoniga dud.
Yor ushshoqini sham’i jilva ravshan qilmasun,
Kim tushar andin raqibi ro‘siyah jonig‘a dud.
Kuydi bag‘rim oh misra’ini insho aylagach,
Tushti andin Nodira avroqi devonig‘a dud.
* * *
O‘tdi ko‘ksimdin o‘qing sarviravondin berdi yod,
Zaxmlarkim qoldi andin gulistondin berdi yod.
Mehnati hijron aro nokomlig‘ chekkanlara
Vasl aro o‘lmak hayoti jovidondin berdi yod.
Ogah etdi elni ashkim sobiti sayyorasi,
Dudi ohimdur falakda qahkashondin berdi yod.
Aylagach barbod ayshim hosilin hijron yeli,
Oshinolarg‘a sarig‘ rangim samondin berdi yod.
Voqif o‘ldim dahr bog‘ini guli ra’nosidin,
Kim bahori rang kelturgach xazondin berdi yod.
Yoridan ayrildi deb har kun menga davri falak
Ko‘rguzib mehrini ul nomehribondin berdi yod.
Nodira, qilg‘och muhabbat nash’asidin guftigo‘
Lazzati she’ri Umar sohibqirondin berdi yod.
* * *
Ul sarvki bordur ani mavzun qadi ozod,
Mashshota uchun shona chekar zulfiga shamshod.
Mardumlig‘ ila ayladi ul oy meni rasvo,
Nayrang ila xud telba qilur elni parizod.
Qoshi qalami birla qilur qatl damo-dam,
Ushshoqlarin ikki ko‘zi bo‘lgali jallod.
Ul g‘amza senga javru jasfo ilmin o‘qutti,
Afsuski, ta’limi vafo bermadi ustod.
Sen tarki vafo qildingu badmehrlig‘ etdning,
Yoring(ni) faromush qilib aylamading yod.
Ohim sharari qilmadi ko‘nglingni muloyim,
Harchand muloyim bo‘lur o‘t tobida fo‘lod.
Barpoy tutib qoidai mehru muhabbat
Tark aylamading, Nodira, davlat uyi obod.
* * *
Chun mendin uzdi mehrini ul yor moʻtamad,
Begona bo‘ldi bir-biridin jon ila jasad.
Bo‘lsam firoq lashkaridin munhazim, netong,
Sabru sabot cherikidin yetmadi madad.
Men notavon xastani ul oy jamolidin
Mahrum qildi toli’i bargashta, baxti bad.
Yo‘q og‘zining so‘rog‘ida, ey jon, nishon tilab
Tushding adam tariqina kimdir senga balad.
Yo‘q, sendin o‘zga dodrasi dayru, Ka’bani,
Sen-sen murodi kimki sanam deru, yo samad.
Har kimki topsa ishq adabgohida qabul,
Qilmas ani takallumini hech kimsa rad.
Dardi firoq shiddatidin bildi Nodira
Do‘zax azobidin g‘ami hijron ekan ashad.
* * *
Ajalni dastidin yuz dodu faryod,
Ki umrim hosilini berdi barbod.
Muzayyan qilma tarxi istiqomat,
Jahoni bebaqodur sust bunyod.
Ko‘ngul qasri muhabbat dog‘i birla,
Muabbad to abad ma’muru obod.
Jahon makkora zoli bevafodur,
Vafo birla ko‘ngulni qilmadi shod.
Qani Farhod ila Majnun nishoni.
Qani Shirinu Layli aylag‘il yod.
Aloyiq barcha zanjiri ajaldur,
Qo‘yar andog‘ki domi hiyla sayyod.
* * *
Bording nazarimdin, ey parizod,
Men qulni dubora qilmading yod.
Hajr ichra firoq shiddatidin
Yuz nolau sad hazor faryod.
Qonlig‘ ko‘ngul ichra maddi ohim,
Andog‘ki chamanda sarvi ozod.
Mujgon ila nargisingdin, ey sho‘x,
Kasb ayladi qon to‘karni jallod.
Men oh ila tog‘ni suv qildim,
Tund ayladi teshasini Farhod.
Faryodki hajr tund bodi,
Ayshim chamanini berda barbod.
Din Nodiradin kamol topdi,
Iqbol rafiqu mulki obod.
* * *
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.
Ul parivash vaslidin bo‘ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.
Yor uchun ag‘yor dardin tortaman,
Ko‘rmadim bir yorni ag‘yorsiz.
Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo bo‘lmadi devorsiz.
Berma nisbat qaddiga, ey bog‘bon,
Sarvdur bu bog‘ aro raftorsiz.
Nodira ahvolidin ogoh bo‘ling,
(Ey musohiblarki, qolmish yorsiz).
VASL UYIN OBOD QILDIM…
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat.
Qildi choki piroqan dog’I dilimni oshkor,
Qolmadi ko’nglumda zaxmi ishq pinhon oqibat.
Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilg’um debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalg’on oqibat.
Orzu qildim tutarmen deb visoli domanin,
Pora bo’ldi hajr ilgida giribon oqibat.
Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko’yida na bo’ldi shayx San’on oqibat.
Baski, qon bo’ldi yurogim gavhari ashk o’rnig’a,
Qatra-qatra ko’zlarimdin tomdi marjon oqibat.
Ohkim, bo’ldi yana subhi nishotim shomi g’am,
Chehra pinhon etti ul xurshidi tobon oqibat.
Garchi bor erdi musaxxar devlar farmonida,
Poymoli hayli mo’r o’ldi Sulaymon oqibat.
Nodira, bulbul kibi to nola insho ayladim,
Navbahor o’tti, xazon o’ldi guliston oqibat.
NODIRA AHVOLIDIN OGOH BO’LING
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.
Ul parivash vaslidin bo’ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.
Yor uchun ag’yor dardin tortaman,
Ko’rmadim bir yorni ag’yorsiz.
Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo bo’lmadi devorsiz.
Berma nisbat qaddiga, ey bog’bon,
Sarvdur bu bog’ aro raftorsiz.
Nodira ahvolidin ogoh bo’ling,
(Ey musohiblarki, qolmish yorsiz).
Nodira g’azallari va she’rlar to’plami:
MARHABO
Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.
Tal’ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.
Xo’b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.
Bo’ldi mavzun qomatingdin munfail,
Sarvi nozi bog’i rizvon, marhabo.
Qilg’asen ul moh mehrin oshkor,
Subh yanglig’ pokdomon, marhabo.
Mujda keltirding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.
Kel beri, to xoki poyingni qilay
To’tiyoyi chashmi giryon, marhabo.
Ravshan aylarman chirog’i ohni,
Ko’zlarimdur gavharafshon, marhabo.
Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charog’on, marhabo.
Qo’y kafi poyingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.
Nodira, har so’zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: “Marhabo!”
MUHABBATSIZ KISHI ODAM EMASDUR
Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.
Uzoru qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.
Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i humor et.
“Analhaq” mojarosin aylading fosh,
kel, ey Mansur, istiqboli dor et.
Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayog’ig’a nisor et.
Kuyib, ey Nodira, olam elig’a
Muhabbat shevasini oshkor et.
YORSIZ NA LAZZAT
Jon ko’rmadi ro’zadin halovat
Iftorda yorsiz na lazzat?
Yor aylasa yori birla iftor,
Yo’q ro’zada mundin o’zga davlat.
El barcha visol bazmida shod,
To subh chekib surudi ishrat.
Har shom menga navolayi g’am
Iftor qilurg’a bo’ldi qismat.
Mohi ramazonki, fayzi cho’qtur,
Men xastag’a yorsiz na rohat.
Har shom ko’zimni yoshi sham’im,
Xuni jigarim ba joyi sharbat.
Hijron ila ro’za javr etolmas,
Gar yor esa, Nodira, salomat.
DODIM ESHIT
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shohu, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misra’i barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.
Sarvinozim, sendin ayru naxli ohim bo’ldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.
Har nechakim, sabr ta’mirini bunyod ayladim,
Ashk selobida vayron o’ldi obodim, eshit.
Barcha yoru oshnodin aylading begonalig’,
Necha kunlar bo’ldi hargiz qilmading yodim, eshit.
Kelki, bir soat seni ko’rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo’ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.
Nodira bodi sabodin senga irsol etgali
Qildi insho bu g’azalni tab’i noshodim, eshit.
DAHRNI IMTIHON ETIB KET
Kel, dahrni imtihon etib ket,
Sayri chamani jahon etib ket.
Bedardlaring jafolaridin
Faryod etib, fig’on etib ket.
Dunyo chamanini bulbulisen,
Gul shoxida oshyon etib ket.
Ey ashk, ko’zimni maktabidin
Hayrat sabaqin ravon etib ket.
Olam chamaniki bevafodur,
Bir oh bila xazon etib ket.
Ushshoq maqomi bo’stondur,
Azmi rahi bo’ston etib ket.
Maqsad na edi, jahona kelding?
Kayfiyatini bayon etib ket.
Fosh etma ulusqa ishq sirrin,
Ko’ngulda ani nihon etib ket.
Kel, ishq yo’lida ko’zlaringni
Ey Nodira, durfishon etib ket.
KO’ZLARIM MUSHTOQDUR DIYDOR UCHUN…
Ko’zlarim mushtoqdur diydor uchun, ruxsora och,
Pardani yuzdin, ko’zim qilg’uncha bir nazzora, och.
Pardayi nozu hayo xomush la’lingdin ko’tar,
Ikki gul bargini birdin guhar guftora och.
Besutun tog’ida ko’p jon chekmag’il, ey ko’hkan,
Ko’kragimdin jo’yi shir o’rnig’a o’tlig’ yora och.
Ey ko’ngul, dudi fig’oningdin kavokib tiyradur
Oh ko’p chekma, hijobi sobiti sayyora och.
Shavq komil bo’lsa, muxlis ko’chasi masdud emas,
Ey sharar, bir jazba birla rohi sangi xora och.
Muncha pinhon dog’kim, ey jon, falak qo’ydi senga,
Yor agar kelsa, giriboningni aylab pora, och.
Nodira, ohu dilu sho’ri junun barpoy qil,
Ushbu lashkar birla olam mulkini yakbora och.
EHTIYOJ
Qilmag’il zinhor izhor ehtiyoj
Kim, aziz elni qilur xor ehtiyoj.
Hech kim olamda forug’bol emas,
Har kima o’z miqdoricha bor ehtiyoj.
Ganji husningni zakoti ber menga,
Sen g’anisan, menda bisyor ehtiyoj.
Ko’zlarim aylar yuzingni orzu
Kim erur ko’zguya diydor ehtiyoj.
Mustamand etti meni muhtojlik,
Qildi hojatmanding, ey yor, ehtiyoj.
Gar tilarsen obro’ ahbob aro,
Aylama zinhor izhor ehtiyoj.
Qil ravo, albatta, oshiq hojatin,
Boqmag’il arz etsa ag’yor ehtiyoj.
Bir tarahhum zohir etsang, netgusi,
Qildi husningg’a meni zor ehtiyoj.
Yor vaslini tilarmen, Nodira,
Ayladi ko’nglimni afgor ehtiyoj.
TUSHIMDA KO’RSAM EDI
Nigori gulbadanimni tushumda ko’rsam edi,
Labi shakarshikanimni tushumda ko’rsam edi.
Ko’z ochmayin g’amida ro’zg’orim o’tquchidur,
Ki yori siymtanimni tushumda ko’rsam edi.
Chu davri rohatim o’tti zihi saodat edi,
Murodi jonu tanimni tushumda ko’rsam edi.
G’amida shona kabi chok-chokdur ko’nglim,
Ki, kokili Xo’tanimni tushumda ko’rsam edi.
Yuzi gulu qadi shamshod, ko’zlari nargis,
Bahori yosumanimni tushumda ko’rsam edi.
Jafoi hajr bila ko’ksumi nigor qilay,
Nigohi sehr fanimni tushumda ko’rsam edi.
Labimg’a keldi aning vaslini tilab jonim,
Balo o’ti figanimni tushumda ko’rsam edi.
Hamisha bulbuli tab’im fig’onu zor etar,
Ki,orazi chamanimni tushumda ko’rsam edi.
Firoqi Nodira ko’nglumg’a dog’lar qo’ydi,
Amiri safshikanimni tushumda ko’rsam edi.
SOG’INDIM
Qolib furqat diyori ichra jononimni sog’indim,
Charog’i ro’zg’ori munisi jonimni sog’indim.
Gulistondur visoli mahfili,men andalib anda,
Guli ayshim xazon o’ldi,gulistonimni sog’indim.
Ko’rub ko’nglumda yuz ozor,ey bedard,ta’n etma,
Muruvvat ko’rguzib rahm etki,sultonimni sog’indim.
Chamanda jilva qildi sarvu gul ham sabza bosh egdi,
Qadi sarvu yuzi gul xatti rayhonimni sog’indim.
Havoyi ishq sargardoniman,oromu sabrim yo’q,
Parishon zarradek xurshedi tobonimni sog’indim.
Ko’zimdin yosh to’kub,giryon bo’lib,qon yig’lamay naylay,
Ki,hangomi takallum la’li xandonimni sog’indim.
Menga davri falaldin bo’lmadi bir lahza osoyish,
Parishonholman, sultoni davronimni sog’indim.
Arabdin to Ajam mashhur edi ul shohlar shohi,
Skandar saltanatlig’ shohi Turonimni sog’indim.
Qizil qondur ko’zim yoshi, sabo yetkur salomimni,
Guli sadbarg yanglig’ pok domonimni sog’indim.
Tikarman,Nodira,g’am yo’lida ko’zni Zulayhodek,
Kim, ul Yusufliqo sulton Umarxonimni sog’indim.
SHUKUR AYLA XUDOGA
Farhod agar ursa menga lofi muhabbat,
Bor oh ila aylaram ani dog`i xijolat,
Harchandki bemori g`ami ishq edi Majnun,
dardimni ko`rib tishladi angushti nadomat.
Farhodda bo`lsaydi mening g`ayrati ishqim,
Bir oh ila aylar edi ul tog`ni g`orat.
Majnunda agar bo`lsa edi sabru tahammul,
Qilmasmu edi men kabi shahr ichra iqomat.
Gar bo`lsa zulayhoda mening zarracha ishqim,
Qolmas edi Yusufni firoqida salomat.
Ishq ofatig` tog` tahammul qila olmas,
Men menki qilurmanbu g`amu dardga toqat.
Dardu alamu g`ussaki h`jrida chekarman,
Bu mennatu g`am kimdadur, ey ahli muhabbat.
Yuzdin biri Majnunda agar bo`lsa g`amimni,
Bir oh ila olamg` solur sh`ri qiyomat.
Har holda, ey Nodira, shukr ayla xudog`a,
Ki berdi senga ishqu muhabbat ila davlat.
* * *
Bahor keldi ko‘zim gulga boqmadi aslo,
Nadinki, gulshan aro gulruxim emas paydo.
Yuzimga bo‘ldi yuzing muqtarin, bihamdilloh,
Ochildi mehru vafo bog‘ida guli ra’no.
Sarig‘ yuzimda qizil ashkimi tarovati bor,
Nuchukki, sog‘ari zarrin aro mayi humro.
Labidin ayru menga boda tutma, ey soqiy,
Xumor kulfatig‘a moni’ o‘lmadi sahbo.
Bu joni xastaki, vaslingni orzu aylar,
Xayol turrasidin boshida uzun savdo.
Firoq lashkari tug‘yonidin maozalloh,
Ki qildi sabru tahammul diyorini yag‘mo.
Yuzing nazorasi ushshoqlarni firdavsi,
Harimi dargohing ahboba jannat-ul-ma’no.
Sening salosili zulfingga mubtalodurman,
Ki bo‘ldi ahli xirad qushlarig‘a domi balo.
Falakdin o‘tdi fig‘onim, quyoshga yetdi unim,
Hanuz, Nodira, kam bo‘lmadi bu ohu navo.
* * *
Ey sarvi sihi bo‘ylug‘im, ey qomati zebo,
Kelkim, ko‘zim oynasi mushtoqi tamosho.
Ul kunki, visoling chamanin sayr etar erdim,
Manzuri nazar erdi menga ul qadi bolo.
Aydimki, qachon bo‘lg‘usi kuyingda makonim,
Oshiqqa, dedi, hojat emas manzilu ma’vo.
Kuydurdi chaman gullarini rashk o‘ti birla
Ul g‘unchai xandon ila ul nargisi shahlo.
Ul zulfi dil oviz muanbar girihidin
Har kimni tushib boshig‘a bir o‘zgacha savdo.
Har sabzai sunbulki, bu gulshanda chekar bosh
Muyi sari Majnunduru, yo turrai Laylo.
Vayronada oqilg‘a iqomat na munosib
Sarmanzili osoyish emas arsai dunyo.
Hijron g‘amidin tashna labu, hasta jigarmen,
Soqiy, karam aylab menga tut sog‘ari sahbo.
Ko‘zgu kabi hayronlaringga arzu xayol et,
Diydoring uchun Nodiradur volai shaydo.
* * *
Zarroti yuzingga mastu shaydo.
Ey husni riyozida qading sarv,
Ul sarv uza sunbuling sumanso.
Kelkim nazarimg‘a, ey pariro‘,
Devonag‘a bir dam et tamosho.
Sen uyquda masti nozdursen,
Men dard bila g‘aribu tanho.
Tun kecha fig‘onu nolishimdin
Ko‘ying iti ichra tushdi g‘avg‘o.
Sen qaysi diyor azmin etding,
Kelmas xabaring bu yerga aslo.
Ohim o‘qig‘a qadim kamondur
Bu o‘qni, nishonidur surayyo.
Majnun nega Layli tarkin etsun,
Yusufni unutmadi Zulayxo.
Qaydin seni Nodira unutsin,
Bu so‘z ne munosib, ey diloro.
* * *
Sari ko‘yingda ko‘ngul qiblanumo.
Ka’bai ko‘ying erur tak’yagahim,
Ko‘z yoshim zam-zam o‘shal ka’ba aro.
Bo‘lmasa mehr ko‘ngulda ne osig‘,
Manziling Yasrib o‘la, yo Batho.
Surma oso qadaming tufrog‘i
Xira bo‘lg‘ay ko‘zima berdi ziyo.
To‘tiyodur menga naqshi qadaming
Ki ko‘zim oyinasi topti jilo.
Bo‘lsa to umr hayoti boqiy,
Meni ilkimduru domoni vafo.
Do‘stlar ayshu farog‘at ila xush,
Bo‘ldi dushman hadafi tiyri balo.
Har kim o‘z rutbasidin lof urar,
Bu marotibda maqoming a’lo.
Domani yor ilikdin ketdi.
Nodira, pirahanim bo‘ldi qabo.
* * *
Netong aylasa dudi ohim qamar davrida hola paydo.
Soching sunbulidin girihlar tushubdur ko‘ngul rishtasig‘a,
Ki yuzdin birin zohir etsam qilur ja’d mushkin kulola paydo.
Mening qissai ro‘zg‘orim farovon g‘ami hijroning afsonasidek,
Ki bir nuktasin sharh qilsam bo‘lur necha daftar risola paydo.
Yuzing oyini hayratidin erur badri tobon qaro dog‘liq,
Qoshing nunidin voqif erdi ki ojizlig‘ o‘ldi hilola paydo.
Aning rezai bazm baxshoyishidin bo‘lur har gadog‘a navola paydo.
Sirishkim sahobini imdodidin dilkushodur muhabbatni dashti,
Ko‘ngul dog‘ini aytsam biyobon bo‘lur, ul biyobonda lola paydo.
Solib hijratni mulkina zilzila, dedi qilma davri falakdin gila
Nadur chorai dardim, ey Nodira, firoq o‘ldi nogoh, visola paydo.
* * *
Kel, senga, ey shahi jahon, mamlakati jahon fido,
Diydalarimga qo‘y qadam, har qadamingga jon fido.
La’li labing firoqida xuni jigar g‘izo menga,
Sarv qading havosida jon etaram ravon fido.
Bir nafas ishtiyoqinga ishrati jovidon fido.
Vaqti xirom, ey sanam, diydalarimga qo‘y qadam,
Xoki rahingga aylaram chashmi guharfishon fido.
Garchi mening alimdadur hosili mulki mamlakat,
Etsa visoling aylaram barchai royigon fido.
Yig‘lama endi, ey ko‘zim, to‘kma yurakni qonini,
Dog‘ni toza ayladim, qonig‘a bo‘ldi qon fido.
Nodirai g‘azal saro nazmini ko‘rsa nogahon
Durri javohirin qilur fikrig‘a bag‘ri kon fido.
* * *
Sun’i ilgi yo‘qdin izhor aylagay bori ajab.
Oldi ko‘ngul qushlarni har lahza mushkin turrasi,
Bola shohindurki, sayd aylarda tarrori ajab.
Baski majnundir aning husnig‘a gulshan gullari,
G’unchalardindur chaman bo‘ynida tumori ajab.
Ayladi oshufta tab’imni parishon turrasi,
Qildi baxtimni qaro xoli sitamkori ajab.
Ko‘zidin ozurdameiu, qoshidan ozurdaroq,
Zor ahvolimg‘a ozor uzra ozori ajab.
Har qachon kim noz etib chiqsa mayi gulfom ichib,
Qon to‘kar maydek damo-dam chashmi xummori ajab.
Yor vasli birla odat aylab erdim, Nodira,
Andin ayru menga bir dam sabr izhori ajab.
Jilva ko‘rsatdi chu ul sarvi diloro bog‘ aro,
Chashmi qumri bo‘ldi bir chashmi tamosho bog‘ aro.
Hasratidin qoldi nargis ko‘zi shahlo bog‘ aro.
Orazi gulgun ila qildi chaman sori xirom,
Gul yaqosin chok aylab bo‘ldi rasvo bog‘ aro.
Sarvi gulruxsorim ila bazmi ishrat deb bahor,
Sarvi birla guldin etdi jomi miyno bog‘ aro.
Lola yanglig‘ dog‘ bo‘ldi gul jamoli rashkdin,
Dog‘liq gullardin o‘ldi sayri sahro bog‘ aro.
Naxli qaddi xijlatidin bo‘ldi suv sarvi ravon.
Ayladi favvoralar joriy saropo bog‘ aro.
Sayr uchun qo‘yg‘ay qadam deb sabzai xobidadin,
Har taraf bir farshi mahmaldur muhayyo bog‘ aro
Ko‘rdi ul sarvi diloro qomati mavzunini,
Sarv qaddin qildi qumrilar tamanno bog‘ aro.
Sen bu kun xandonsan, ey gul, Nodira dildorsiz,
yig‘lamoqdindur bulutlardek muhayyo bog‘ aro.
Sunma may, ey soqii davron, mango
Kim, nasib o‘lmish azaldin qon mango.
Yor javridin shikoyat qilmazam-
Kim, erur bir vajhi istihson mango.
Nola bir dilso‘z yorimdur mening,
Hamnishindur diydai giryon mango.
Mushkil ishdur dardi hijron kulfati,
YO rab, ul mushkilni qil oson mango.
Dashtu sahrolarni qildim ixtiyor,
Bo‘ldi Majnun qissasi burhon mango.
Oh, naylay o‘tti davroni visol,
Bevafoliq ayladi davron mango.
Muntazirdurman hamisha Nodira,
Bir qiyo boqqaymu deb jonon mango.
Soqiyo, hajr davosini demishlar mayi nob,
Tutako‘r maykadada qayg‘uluq oshiqqa sharob.
Ishq dardig‘a giriftor bo‘lubman, na qilay,
Zohido, maiga nasihat bila yetkurma azob.
Yor la’lini firoqida xumorim g‘olib,
Bo‘lmadi nash’ai sahbo bila ko‘nglum shodob.
Bo‘lg‘ay erdi qadaming tuprog‘i birla ravshap,
Gar ko‘zum halqalari bo‘lsa samandingg‘a rikob.
Egma qoshingni xami bo‘lg‘oli el sajdagahi,
Ka’ba devorida hayrat ila qolmish mehrob.
Sarxush o‘lg‘on kabi xunobi jigardin oshiq,
Nash’ai boda qilur husn elidin raf’i hijob
Ashki gulgunim erur bodai la’ling asari,
Ruxparvardur aning royihasi misli gulob.
Bukun ul mohliqo sho‘xi dilorom qani,
Yuzidin ravshan edi diydai joni ahbob.
Mastlig‘ birla g‘ami yor faromush o‘lmas,
Nodira, bo‘lmadi dardimni davosi mayi nob.
Tahammul haddin oshti, emdi afg‘on etmasam bo‘lmas,
Ulusni xotiri jam’in parishon etmasam bo‘lmas.
Giribon chok, bag‘rim poradur, boshimda yuz savdo,
Bu holat birla azmi ko‘yi jonon etmasam bo‘lmas.
Muhabbat ko‘yida nochordur oshiqqa hayronlig‘,
Tahayyur kul qilib oyina osmon etmasam bo‘lmas.
G‘araz iydi visolingdur ko‘ngulg‘a, ey hilol abro‘,
Yuzingni oyig‘a jonimni qurbon etmasam bo‘lmas.
Bu oqshom soldi zulmat olami hijron qaro shomi,
Qilib yodingni ashkimdin charog‘on etmasam bo‘lmas.
Meni oshiq debon tiyri malomat yog‘di boshimga,
Ulusdin, Nodira, dardimni pinhon etmasam bo‘lmas.
Nodira g’azallari va she’rlar to’plami:
* * *
Ko‘zlarim mushtoqdur diydor uchun ruxsora och,
Pardani yuzdin, ko‘zim qilg‘uncha bir nazzora och.
Pardai nozu hayo xomush la’lingdin ko‘tar,
Ikki gul bargini bir-birdan gahi guftora och.
Besutun tog‘ida ko‘p jon chekmag‘il, ey Ko‘hkan,
Ko‘kragimdin jo‘e shir o‘rnig‘a o‘tlug‘ yora och.
Ey ko‘ngul, dudi fig‘oningdin kavokib tiyradur,
Oh ko‘p chekma, hijobi sobitu sayyora och.
Shavq komil bo‘lsa, maxlas ko‘chasi masdud emas,
Ey sharar, bir jazba birla rohi sangi xora och.
Muncha pinhon dog‘kim, ey jon, falak qo‘ydi sanga,
Yor agar kelsa giriboningni aylab pora, och.
Nodira, ohi dilu sho‘ri junun barpoy qil,
Ushbu lashkar birla olam mulkini yakbora och.
* * *
Agar bo‘lsa kishini yori farrux,
Muborakdur yuzi, diydori farrux.
Qani ul yordek shirin shamoyil,
Jamoli dilkashu atvori farrux.
Mening yorim parilar shohi erdi,
Labi shahdu shakar, guftori farrux.
Niholi qomati sarvi xiromon,
Yuzi gul, la’li shakkarbori furrux.
Erur mayxona fayzi maymanatlig‘,
Labo-lab sog‘ari sarshori farrux.
Manga zohid yuzidur nomuborak,
Va lekin jubbau dastori farrux.
Bo‘lubdur Nodira mumtozi ma’niy,
Kalomi ravshanu ash’ori farrux.
* * *
Manga ul sarv qad payg‘omin, ey bodi sabo, keltur,
G‘ubori maqdamidin ko‘zlarimg‘a to‘tiyo keltur.
Vafo qonunidin savtu tarannum ayla, ey mutrib,
Ba yodi do‘ston ushshoq bazmida navo keltur.
Sabo sorig‘a gar tushsa guzoring nogah, ey hudhud,
Sulaymon sori Bilqis ko‘yidin bir marhabo keltur.
Bo‘lubdur ro‘zgorim shomi g‘am dayjuridek tiyra,
Manga, ey mehri tobon, mujdai subhi safo keltur.
Erur toji murassa’ boisi dardi sar, ey Majnun,
Parishon mo‘yi sardin shonai boli humo keltur.
Ko‘ngul ko‘zgusini, ey Nodira, ishq ichra ravshan qil,
Muhabbat dog‘idin oyinai getinamo keltur.
* * *
Xijildur qomatingdin sarvu shamshod.
Tag‘oful birla qon to‘kmak fanida,
Ko‘zing shogirdi sho‘xu g‘amza ustod.
Xiromon kelgil, ey sarvi ravonim,
Qading naxlini bisyor ayladim yod.
Meni ul oy visolidin ayirding,
Alingdin, ey falak, yuz dodu faryod.
Manga hajr ichra, ey gardun, jafo qil-
Ki, bo‘ldim dardu g‘am chekmakka mo‘‘tod.
Riyozat birla ko‘ngilga safo ber,
Bo‘lur oyina sayqal birla fo‘lod.
Tilar nrlon ko‘ngul tandin farog‘at,
Bu bulbulni qafasdin ayla ozod.
Gar ersa Ka’ba ta’miri muroding,
Ko‘ngul vayronasini ayla obod.
Falak javri bila ul oy firoqi,
Manga, ey Nodira, bas muncha bedod.
* * *
Gulu lola mavsumida qani yori dilnavozim,
Nazarimdin o‘ldi g‘oyib sanami suxan tirozim.
Hama saydi orzudur bu jahon shikorgohe,
Netayin qo‘limdin uchti bu mahalda shohbozim.
Manga sham’ anjumandek na junun erur, na savdo,
Ki yorutti hajr shomi kecha so‘z ila gudozim.
Sanga ko‘p edi muhabbat, kam edi g‘amingga toqat,
Ki tamom bo‘ldi g‘orat talabingda ko‘pu ozim.
Manga orzu visoling, manga muddao xayoling,
Nazarimdadur jamoling hama nozdur niyozim.
Madad etsa baxt shoyad, yana bir yuzingni ko‘rsam,
Qadamingni ko‘zga sursam, karam etsa korsozim.
Kima aytayin g‘amimni na iloj etay, na chora,
Sanga yetmadi, darig‘o, ko‘p edi ko‘ngulda rozim.
Dedim ishq jazbasidin sanga Nodira kalome,
Ki, haqiqat iqtizodur hama nuktai majozim.
* * *
Fig‘onkim, gardishi davron ayirdi shahsuvorimdin,
G‘amim ko‘p, ey ko‘ngul, sen bexabarsen holi zorimdin.
G‘uborim ishq vodiysida barbod o‘ldi andog‘kim,
Biyobonlarda Majnun to‘tiyo izlar g‘uborimdin.
Qizil qondur sirishkim, za’farondur chehrai zardim,
Meni kim ko‘rsa farq etmas, xazon birla bahorimdin,
Buzuldi ro‘zgorim, xonai ayshim xarob o‘ldi,
Na rohat ko‘rgamen emdi buzulg‘on ro‘zgorimdin.
Biyobonlarni izlab topmadim yorim so‘rog‘ini,
Berurman jon, sabo nogah xabar keltursa yorimdin.
Diyorim ahli mendin yorsiz begona bo‘lmishlar,
Ki men ham yorsiz ozurdamen yoru diyorimdin.
Gahi yirtib yaqo, gah qon yutub, gohi fig‘on ettim,
Nalar o‘tdi bu axshom, Nodira, joni figorimdin.
Nodira g’azallari va she’rlar to’plami:
MUXAMMAS
Kelg‘il, ey nola, sanga oh ila imdod qilay,
Ofiyat xirmanini bir yo‘li barbod qilay,
Men etib nolani, tarki rahi faryod qilay,
Tobakay hajru firoq ofatidin dod qilay,
Emdi o‘zni necha kun sabr ila mo‘‘tod qilay.
Manga gohe xabari mohi tamomimni desang,
Yorg‘a dardu g‘ami subh ila shomimni desang,
Ul parivashqa duo birla salomimni desang,
Yor ko‘yida bashartiki payomimni desang,
Bu qafasdin seni, ey jon qushi, ozod qilay.
Adlu insofda Jamshid najodim sen eding,
Fikru andisha, xayolim bila yodim sen eding,
Rost aytay sababi rushdu rashodim sen eding,
Ey dilorom, bu olamda murodim sen eding,
Aylab olamni faromush, seni yod qilay.
Yana bir martaba g‘am. shomida mohimni ko‘rub,
Hajr dardini desam pushtu panohimni ko‘rub,
Rahmi kelgaymu bu ahvoli tabohimni ko‘rub,
Javrlarki manga charx ayladi, shohimni ko‘rub,
Bosh yalang aylab, inonini tutub dod qilay.
Soqiyo, ranji xumor o‘rtadi, keltur manga may,
To‘ldurub necha qadahni tutako‘r paydar-pay,
Hajr dardi bila hikmat yo‘lini qildim tay,
Sabrdur dardi dilim chorasi, yo‘qsa, tokay,
Notavon jonima bedod uza bedod qilay.
* * *
Necha kunlarki manga bor edi lutfu karaming,
Surmai chashmi jahonbin edi gardi qadaming.
Farzdur emdi manga tavfi dari muhtaraming,
Bog‘lab ixlos ila ehromi harimi haraming,
Ashkdin rohilau xuni jigarzod qilay…
Sarvu gul piyrahani sen kabi paydo ermas,
Sen kabi sarv ila gul dilkashu zebo ermas.
Bu chaman gullari manzuri tamesho ermas,
Ko‘zuma qaddu gozingdek chamanoro ermas,
Necha andishai sarvu gulu shamshod qilay.
Vasl bazmi aro jomi mayi sarshor qani,
Zulm ila mendin ayirdi falaki sifla sani,
Poradur gul kabi egnimda junun pirahani,
Otashi dardu firoqu sharari hajr mani
O‘rtadi, qaysi birini sanga bunyod qilay?
Koshki uyquda bir ko‘rsam edi yorimni,
Yig‘lasam bilgay edi holi dili zorimni,
Dard ahli o‘qusun, Nodira, guftorimni,
Yozibon ko‘kda quyosh lavhina ash’orimni
Nasxi mashqi qalami Moniyu Behzod qilay.
TARJE’BAND FIROQNOMA
Oh kim, behad manga javru jafo aylar falak,
Furqat ichra qismatim dardu balo aylar falak,
Yordin ayru mango ko‘p mojaro aylar falak,
G‘am bila guldek yuzumni kahrabo aylar falak,
Bevafodur oqibat kimga vafo aylar falak,
Hasratu dardu alamga mubtalo aylar falak,
Yorning albatta yoridin judo aylar falak,
Gul bila bulbulni bebargu navo aylar falak,
Hech kim, yo rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq mehribon dildoridin ayrilmasun.
Sabr qilsam ishq dardi beqaror aylar meni,
Kasbi hush etsam, junun beixtiyor aylar meni,
Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni,
Hajr dog‘i dardmandu dilfigor aylar meni,
O‘ylakim, javri falak zoru nizor aylar meni,
Yorsiz hijron balosig‘a duchor aylar meni,
Charxi dun tokay firoq ilgida zor aylar meni,
Oqibat bu dardu g‘am majnun shior aylar meni,
Hech kim, yo rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq mehribon dildoridin ayrilmasun.
Yordin ayru ko‘nguldur tiyrau oshufta hol,
Oftobim necha kun bo‘ldiki ko‘rguzmas jamol,
Furqat ichra badri tobon za’fidin bo‘ldi hilol,
G‘am yuki oxir alifdek qomatimni qildi dol,
Ey xush ul soatki erdim mahrami bazmi visol,
Dardi hijron ibtilosin aylamas erdim xayol,
Ul zamon erdi bu nuqsonlar manga ayni kamol,
Bordi ul sarvi ravon, myon qblmiSham behushu lol,
Hechkim, yo rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq mehribon dildoridin ayrilmasun.
Qaydasen, yorim, so‘rog‘ingda ko‘ngul ovoradur,
Qechalar to subh ashkim kavkabi sayyoradur,
Sarvi qaddingga ko‘zum mushtoqi bir nazzarodur,
Pira zoli charxkim oshiqkushu makkoradur,
Javri zulmidin yurakda benihoyat yoradur,
Emdikim sabr aylamakdin jaybi toqat poradur,
Yig‘lamay naylayki, g‘am jonimni o‘rtab boradur,
Chora topmay dardig‘a bu notavon bechoradur,
Hechkim, yo rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortiq mehribon dildoridin ayrilmasun.
Nola qildim, yorning vasli muyassar bo‘lmadi,
Toleim rahbarlig‘ aylab, baxt yovar bo‘lmadi.
Vasl sori davlatu iqbol rahbar bo‘lmadi,
Ko‘zlarim mehri jamolidin munavvar bo‘lmadi,
Manga hamdam bir kun ul xurshid manzar bo‘lmadi,
Bir nafas diydordin jon bahraparvar bo‘lmadi,
Kimdir ul kim keldi dunyog‘a mukaddar bo‘lmadi,
Hajr dardidin parishonholu abtar bo‘lmadi,
Hechkim, yo rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortiq mehribon dildoridin ayrilmasun.
Kim, kelur bo‘yi vafo ushshoq aro ash’oridin,
Rishtai jenimg‘a payvand ayla sozing toridin,
Qilmasunmu nola, ayrildi vafolig‘ yoridin,
Toshni suv qildi ta’siri fig‘onu zoridin,
Nogahon bir oh agar cheksa dili afgoridin,
Charx bunyodini xokistar qilur osoridin,
Bo‘lmasun mahrum oshiq yorning diydoridin,
Hechkim, yo rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortiq mehribon dildoridin ayrilmasun.