Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek sara She’rlari to’plami

Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek She’rlari — Ushbu to’plamdan o’zbek va jahon she’riyatining eng sara namunalari o’rin olgan bo’lib, ular sizni dunyo tashvishlarini bir on bo’lsa-da unutib, tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Mundarija

Na’matak

Nafis chayqaladi bir tup na’matak

Yuksakda, shamolning belanchagida.

Quyoshga ko‘tarib bir savat oq gul,

Viqor-la o‘shshaygan qoya labida

Nafis chayqaladi bir tup na’matak…

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko‘ngil,

Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.

So‘nmaydi yuzida yorqin tabassum,

Yanoqlarni tutib oltin bo‘sa-chun

Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig‘laydi kumush qor yum-yum.

Nafis chayqaladi bir tup na’matak…

Shamol injularni separ chashmadak,

Boshida bir savat oq yulduz — chechak,

Nozik salomlari naqadar ma’sum!

Tog‘lar havosining feruzasidan

Mayin tovlanadi butun niholi.

Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:

Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,

Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

Sendadir ko’zlarim

Sendadir ko’zlarim, sendadir ko’ngil,
Uzoqlarga hasrat bilan boqamen.
Na quyosh, na bahor,
na gulshanda gul Yurakni yupatmas – men sog’inamen.

Tavsiya etamiz  Askarlar haqida sara sherlar to‘plami

Seni sog’inganmen, ruhda yo’q qaror,
Oshib kel tog’, dovon! Bu qadar hijron!
Dardim bor, gulim bor, qo’shiqlarim bor…
Sen yo’qsen! Nahotki bu mangu armon?!

Sendadir ko’zlarim, sendadir ko’ngil,
Uzoqlarga hasrat bilan boqamen.
Na quyosh, na bahor,
na gulshanda gul Yurakni yupatmas – men sog’inamen.

Seni sog’inganmen, ruhda yo’q qaror,
Oshib kel tog’, dovon! Bu qadar hijron!
Dardim bor, gulim bor, qo’shiqlarim bor…
Sen yo’qsen! Nahotki bu mangu armon?!

Uzoqdan turib

Ko‘zlari cho‘lpondek nozli sevgilim!
Ko‘zingga bir boqib, men sevdim seni.
Xayoling eslarkan qonaydi dilim,
Yolboray, go‘zalim, unutma meni!

Daryolar singari ko‘nglim jo‘shqindi,
Bir tola soching-la bog‘lanib qoldi.
Vaslingga yetganim na go‘zal kundi,
Ayriliq siynamga yong‘inlar soldi.

Xayoldek yo‘qoldi yayragan chog‘lar…
Darding-la so‘narkan, qora sho‘x ko‘zim.
Seni erkalaydi dengiz, qirg‘oqlar,
Ko‘zlari cho‘lpondek nozli sevgilim!

Mavzuga doir: Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek Hayoti va Ijodi

Orqangdan yig‘lab qoldim

Orqangdan yig‘lab qoldim,
Ko‘ksimni tig‘lab qoldim.
Qiz, daryodan osharsan,
Bilmam, qayda yasharsan.
Orqangdan yig‘lab qoldim.

Tavsiya etamiz  Otamiz tug‘ilgan kunlari uchun tabriklar matni

Sir aralash hayoting…
Gavharlardan marjoning.
Hazin kuylar chalasan,
So‘yla, qayon borasan?
Sir aralash hayoting…

Tushimda ko‘rdim seni,
Birga olib ket meni.
Dengiz, tog‘lar oshaylik, C
ho‘pon kabi yashaylik.
Birga olib ket meni.

Sen g‘urubning oltin qo‘llaridasen

Sen g‘urubning oltin qo‘llaridasen,
Tabassuming quyosh, so‘nar ohista.
Dala va qirlardan tiniqlik uchar,
Suvlar oynasiga shom qora surkar,
Xayolning men sokin cho‘llaridamen.

Quyosh, oltining cho‘kkanday cho‘kar sevinchim,
Sinadi ichimda umidning tosi,
Qalbimni yirtadi uning sadosi,
Yupatmas na xayol, sevgi ro‘yosi,
Yuramen, oqshomga singadi izim.

Manba: Tafakkur.net

Прокрутить вверх