Muzqaymoqni siz bilmagan foydalari

Tavsiya etamiz

Hamma birdek sevib istenol qiladigan muzqaymoq qanday foydali xususiyatlari bor.

Sutdan tayyorlangan klassik muzqaymoq tarkibida ko‘p miqdorda minerallar, aminokislotalar, vitaminlar va lipidlar mavjud.

Jumladan: vitaminlar: A, Ye, V1, V2, S, RR; minerallar: kal’siy, natriy, temir, kaliy, fosfor, magniy; lipid: to‘yinmagan yog‘ kislotalari va Omega–3.
Bir dona muzqaymoq organizmni kal’siyga bo‘lgan kunlik ehtiyojini 15% ini qondiradi.
O‘rtacha 100 g muzqaymoq 100 dan 270 gacha kkalga ega.
Tarkibida:
yog‘lar — 10 dan 19 g gacha;
uglevodlar — o‘rtacha 20 g;
oqsil — 3,7 g.

Muzqaymoq sil kasalligida, qon ketishlarda, charchoqlik, anemiya, oshqozon yarasida tavsiya etiladi hamda muzqaymoq samarali gemostatik (qon to‘xtatuvchi) vosita hisoblanadi, masalan, burundan qon ketganda bir necha qoshiq yeyish tavsiya etiladi. Past harorat qon tomirlarni toraytiradi va qon ketishini to‘xtatadi.

Tadqiqotchilar bu mahsulotni yana bir qiziq xususiyati borligini, ya’ni muzqaymoq ayollarning bepushtlik xavfini kamaytirshini aniqlashdi. «Tarkibida sut bo‘lgan ovqatlar ovulyasiyani yaxshilaydi. Muzqaymoqni kunlik menyusiga kiritilgan ishtirokchilarni 60% dan ko‘prog‘ida ovulyasiya yaxshilangani aniqlandi», deydi argentinalik dietolog Bernardo Lafuente.

Tomoq og‘rig‘iga qarshi sovuq muzqaymoqni asta-sekin iste’mol qilish orqali siz tomoqni past haroratga «odatlantirishingiz» mumkin, bu kelajakda tomoq kasalliklariga qarshi turishga yordam beradi. Masalan, bodomsimon bezlarning yallig‘lanishi, tonzillit, laringit kasalliklari. LOR shifokorlari: sovuq desertni oz-ozdan muntazam, asta-sekin iste’mol qilish mahalliy immunitetni mustahkamlashga yordam beradi, deydi.

Antidepressant xususiyati: Ma’lum bo‘lishicha, sutli desert tarkibida antidepressant xususiyatiga ega bo‘lgan juda foydali aminokislota L–triptofan mavjud. Ushbu modda quvonch gormoni — kayfiyatni yaxshilaydigan va stressni yengillashtiradigan neyrotransmitter serotonin hosil bo‘lishida muhim modda hisoblanadi.
Bu aminokislota oziq-ovqatga, ayniqsa uglevodlarga boy bo‘lgan mahsulotlarga talabni kamaytiradi, ozishni kuchaytiradi, bulimiya va anoreksiyani normallashtiradi, shu bilan birga oziq-ovqat mahsulotlarini cheklash bilan bog‘liq depressiv holatlarni yengillashtiradi. L–triptofan semirishni oldini olishga yordam beradigan V3 vitaminining (niasin) manbaidir.
Amerikalik tadqiqotchilar muzqaymoq boshqa sut mahsulotlari singari tarkibida yog‘ bo‘lishiga qaramay, me’yorida bo‘lgan vaznni ko‘payishiga olib kelmasligini aniqladilar.