Tavsiya etamiz
E’tiboringizga oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishni niyat qilgan abituriyentlarimiz uchun my.dtm.uz saytidan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo’riqnomani havola qilamiz.
Ro‘yxatdan o‘tish yo’riqnomasi
Xabar qilganimizdek joriy yilda ro’yxatdan o’tish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda bravzerdan my.dtm.uz saytiga kiriladi va quyidagi oyna chiqadi.
Yuqoridagi oynadan ro’yxatdan o’tish tugmasi bosiladi
Hosil bo’lgan oynadan quyidagi bandlari to’ldiriladi, birinchi bo’lib telefon nomer, shaxsiy kabinet uchun parol, parolni tasdiqlash uchun ikki marta kiritiladi, keyingi band arifmetik amal hisoblanib kiritiladi va shundan so’ng ro’yxatdan o’tish tugmasi bosiladi.
keyingi qadamda telefon raqamingizga 5 xonali sms kod keladi va shu kod kiritiladi va tasdiqlash tugmasi bosiladi
keyingi qadamda esa pasport ma’lumotlari kiritish oynasi ochiladi, abituriyentning shaxsiy identifikatsiya raqami pasport yoki ID seriyasi va raqami kiritiladi va so’ngra shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanishga rozilik bildirilib saqlash tugmasi bosiladi.
keyingi oynada doimiy yashash manzili kiritiladi va saqlash tugmasi bosiladi
keyingi oynaga tugatgan ta’lim muassasasi to’liq yozildi, unda muassasa turi, davlat, viloyati, muassasa, tamomlagan yili va seriyasi va raqami kiritiladi saqlash tugmasi bosiladi
keyingi oynada agarda abituriyentda chet tili milliy va xalqaro sertifikasi bor bo’lsa kiritiladi va saqlash tugmasi bosiladi
Abituriyentda boshqa turdagi imtiyozi bor bo’lsa bunda imtiyozlar bo’limi avtomatik ravishda chiqadi, agar chiqmasa imtiyoz taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat etishi lozim.
Ta’lim yo’nalishlarini tanlash tartibi
Oliy ta’lim muassasalariga ta’lim yo’nalishlarini tanlash uchun birinchi QABUL 2021 bandini tanlaymiz.
Keyingi qadanda test sinovlariga qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida oferta shartnomasi rozilik bildiramiz buning uchun shartnoma shartlarini qabul qilish tugmasini bosamiz.
Agarda abituriyentda umumta’lim fanlarida milliy sertifikar bor bo’lsa, sertifikat ma’lumotlari ask etadi bunda abituriyent sertifikatdan foydalanishi yoki rad etishi mumkin.
ochilgan oynadan abituriyent test toshirish hududi, ta’lim shakli, ta’lim tili, test topshirish alifbosi belgilanadi. shundan so’ng ustivorlik sifatida davlat granti yoki davlat granti va to’lov kontrakti belgilaydi va tasdiqlaydi.
Shundan so’ng birinchi Oliy ta’lim muassasasi va yo’nalishi tanlanadi, Shundan so’ng fanlar majmuasi bir xil bo’lgan 5 tagacha ta’lim yo’nalishi tanlash imkoniyati beriladi. Kerakli yo’nalishlarni tanlab saqlash tugmasini bosamiz.
Shundan so’ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga sms yuboriladi, shu kod kiritiladi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so’ng abituriyentning qayd varaqasi shakllanadi. Abituriyentning qayd varaqasining quyi qismida test sinovi uchun to’lovni amalga oshirish uchun invoys raqam hosil va shu invoys raqamga to’lovni amalga oshirish bilan ro’yxatdan o’tish yakunlanadi.
Barcha abituriyentlarga Omad tilaymiz!!!
Videoqo‘llanma
Eslatib o’tamiz: 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) hamda Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 22-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu ma’lumotlar dtm.uz saytida tayanib tayyorlandi.