Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi.

Prezident qarori (PQ–275-son, 09.06.2022 y.) bilan Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tashkil etildi

Qarorga muvofiq, Institut yuridik shaxs maqomiga ega davlat OTM hisoblanadi.

Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

2023/2024 o‘quv yilidan Institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta ko‘nikmani (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi. Bunda:

▫️chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon DTM tomonidan amalga oshiriladi;
▫️chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega abiturientlarga ushbu fandan o‘qishga kirish sinovlarida kasbiy (ijodiy) imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Tavsiya etamiz: OTM o’qishga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari

Institutda talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikasiya berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Institutning xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan C1 darajadan kam bo‘lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilariga ularning bazaviy lavozim maoshiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.

2023/2024 o‘quv yilidan Institutning xorijiy tillar o‘qituvchilari C1 darajadan kam bo‘lmagan, 2024/2025 o‘quv yilidan esa mutaxassislik fanlari (xorijiy tildan tashqari) o‘qituvchilarining B2 darajadan kam bo‘lmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lishi ta’minlanadi.

Institutga boshqa hududlardan jalb etilgan professor-o‘qituvchilar uchun uy-joy ijarasi to‘lovini kompensasiya qilishga ruxsat etiladi.

Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan tanishing.

Xabar berganimizdek 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga o‘qishga kirish uchun ajoyib imkoniyat yaratildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting