Nimaga biror bir voqea xuddi oldin ham sodir bo’lgandek tuyuladi sababi nima bilasizmi.
— Bu tuyg’u «Dejavyu» deb ataladi. Dejavyu sodir bo’lganda go’yo siz ilgari bu yerda bo’lganingizdek yoki siz allaqachon ushbu suhbatni o’tkazganingizdek tuyuladi … Lekin siz bunday bo’lmaganligiga gumoningiz bo’ladi.
— Yolg’on xotiralar hissi xotira jarayonida ba’zi buzilishlarning natijasida kelib chiqadi. Xotiralarni saqlash sistemasi yaxshi ishlamasligi tufayli, miya hozirni o’tmish bilan chalkashtirib yuboradi.
— Dejavyu mutlaqo sog’lom odamlarda ham kuzatiladi va u xavfli kasalliklar qatoriga kirmaydi. Lekin, agar dejavyu sizni kun davomida tark etmasa, shifokorga ko’rinishingiz shart bo’ladi!