Nimaga ko‘zlarni yumgan holda eslab qolish oson?
— Olimlar ko‘zlarni yumgan holda ma’lumotlarni qabul qilish va ularni eslab qolish oson ekanligini ilmiy jihatdan isbotlashgan.
— Sababi ochiq ko‘zlar bilan ma’lumotni qabul qilayotganimizda biz o‘sha obyektni ko‘ramiz, natijada qabul qilinishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar hajmi ortadi.
— Shuningdek, ko‘z ochiq bo‘lgan paytda diqqatni jamlash qiyinlashadi, e’tibor biz ko‘rib turgan narsalarga chalg‘iydi. Shuning uchun ham ko‘zlarni yumgan holda eslab qolish oson.