Nimaga Ramazon oyi muqaddas oy hisoblanadi?

Tavsiya etamiz

Nimaga Ramazon oyi muqaddas oy hisoblanadi?

Ramazon — hijriy yil hisobining toʻqqizinchi oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad Alayhisalomga Qur’onni vahiy qilgan. Shu sababli, Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlar ro’za tutadilar.

Roʻza (fors.) — islomdagi 5 ta rukn (majburiyat)dan biri. Ro’za tutish vaqti tong yorishmasdan avval boshlanib, kun botishiga qadar davom etadi. Bu vaqtda yeyish, ichish, nomaʼqul ishlardan tiyilish zarur. Qurʼonda Alloh Muhammad Alayhisalomga Qurʼonni ramazon oyida vahiy qilib yuborgani, har yili shu oyda Ro’za tutish farzligi qayd etilgan.

P.s: Bilmaganlarga eslating! Zero, eslatma moʻminlarga manfaat yetkazur (Zariyat surasi 55)

Manba: