Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ma’lumotlarini real vaqt rejimida olish uchun Davlat test markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida hamkorlik bitimi tuzilgan.

Unga ko‘ra, my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda nogironligi bo‘lgan abituriyentning ma’lumotlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bazasi – “TMEK” dasturiga real vaqt rejimida so‘rov yuborish orqali olinadi.

Hozirga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 9 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida olingan.

Lekin ayrim nogironligi bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida kelmayotganligi sababli my.dtm.uz saytida nogironlik bo‘yicha imtiyoz ma’lumotlarini kiritish imkoniyati yaratildi.

Agar Sizning nogironlik bo‘yicha ma’lumotlaringiz “Imtiyozlar” bo‘limida chiqmayotgan bo‘lsa, mazkur bo‘limdagi “Nogironlik imtiyozini qo‘shish” funksiyasi orqali o‘z nogironlik ma’lumotlaringizni kiritishingiz mumkin.

Agar Sizda ko‘zi ojiz toifasidagi nogironlik mavjud bo‘lsa, nogironlik ma’lumotlarini kiritish bilan birga “Ko‘zi ojiz” belgisini belgilashni unutmang.

Kiritilgan ma’lumotlar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yuboriladi va ma’lumotlari tasdiqlangan abituriyentlarning imtiyozi inobatga olinadi.

Eslatma: OTMlarga o’qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

Tavsiya etamiz: my.dtm.uz dan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil yo’riqnoma O’TISh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting