Tavsiya etamiz
Nyutoning ikkinchi qonuni.
Jismga ta’sir qilayotgan kuchlar yig`indisi 0 dan farqli bo`lsa va kuch yo`nalishi harakat
yo`nalishi bilan mos tushsa tezligi oshadi.
Agar teskari yo`nalishda bo`lsa tezligi kamayadi. Umuman aytganda jismga ta’sir qilayotgan kuch unga tezlanish beradi.
Tezlanish va kuch orasidagi munosabat nimadan iborat? Bunga javoban kundalik hayotimizda ko`radiganlarimizni misol keltirish mumkin. Aravachani itarish uchun kerak bo`ladigan kuchni tasavvur qiling, bunda ishqalanish kuchi juda kichkina. Agar siz aravachani gorizantal yo`nalishda birorta kichkina, o`zgarmas kuch bilan tortsangiz unga ma’lum miqdordagi tezlik (masalan 3 km/soat) va tezlanishni berasiz.
[wpfa icon=»download» color=»#336699″ size»14px»] Yuklab olish