Olis cho‘l hududlari aholisi va harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar natijalari e’lon qilindi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlarida yashovchi va harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega  bo‘lgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining “Imtiyozli” bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.

Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting