Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi, fanlar majmuasi

Tavsiya etamiz

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi va harbiy yo‘nalishlarga mos fanlar majmuasi bilan tanishing.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq:

  • Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.
  • Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.
  • Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdoridagi to‘lov undiriladi.

Harbiy yo‘nalishlarga mos fanlar majmuasi

Oliy harbiy ta’lim muassasalarining harbiy yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Fanlar majmuasi bilan bu yerdan yuklab olish tanishish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun batafsil tushuncha va yo’riqnoma: >> O’TISH.

Tavsiya etamiz: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga qo’shimchalar kiritildi tanishib oling